14.5. Mashg‟ulot yuklamalarining to‟lqinsimon o‟zgarishi
Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish to‟g‟ri chiziqli, bosqichli yoki
to‟lqinsimon bo‟lishi mumkin. Sport mashg‟uloti uchun ko‟proq to‟lqinsimon
dinamika xarakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining
funkstional va adaptastion imkoniyatlariga qo‟yiladigan talablarning nihoyat
darajada yuksakligidir.
Sport mashg‟ulotining mazkur xususiyatiga faqat keyingi o‟n yilliklardagina
jiddiy e‟tibor beriladigan bo‟ldi (V.M.Dyachkov, L.P.Matveev, L.Prokop,
V.D.Shaposhnikov va boshqalar). Shunga qaramay, hozirning o‟zida
yuklamalarning mashg‟ulot jarayoni turli bo‟laklaridagi umumiy tendenstiyasiga
xos taxminiy sxemani tasavvur etish mumkin. Mazkur sxemaga muvofiq
quyidagicha masshtablardagi «to‟lqinlar» ajralib turadi:
a) turli hollarda ikki kundan etti kungacha va undan ko‟proq vaqtni o‟z
ichiga oladigan mikrotsikllardagi yuklamalar dinamikasini ifodalovchi kichik
«to‟lqin»lar:
b) mashg‟ulot bosqichlari doirasida bir nechta kichik «to‟lqin»lar (masalan,
3-6) yuklamasining umumiy tendenstiyasini ifoda etuvi o‟rtacha «to‟lqin»lar.
v) mashg‟ulot davrlaridagi o‟rta «to‟lqin»larning umumiy tendeniyasini
xarakterlovchi katta «to‟lqin»lar.
Sport mashg‟ulotini tashkil etish san‟ati ko‟p jihatdan ana shu
«to‟lqin»larning barchasini bir-biriga mutanosib qila bilishga bog‟liq, ya‟ni
mikrotsikllardagi yuklamalar dinamikasi bilan u yoki bu bosqichlar va davrlar
271
uchun xarakterli bo‟lgan mashg‟ulot jarayonining eng umumiy tendenstiyalari
o‟rtasidagi zarur muvofiqlikni ta‟minlashdan iborat,
To‟lqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamikasiga ham,
intensivligi dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinamikasi tebranishlari bilan
intensivlik tebranishlari parametrlarining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos
kelmaydi. O‟rtacha va ayniqsa, katta «to‟lqin»larda dastlab hajm ko‟rsatkichlari
(bir hafta va bir oy ichidagi mashg‟ulot ishlarining umumiy miqdori) apogeyga
etadi, keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi, ana shu fondda esa,
intensivlikning har xil ko‟rsatkichlari (mashg‟ulot-larning xarakterli zichligi,
harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat xarakteristikasi va boshqalar) eng yuqori
qiymatga etadi.
Kichik «to‟lqin»larda odatda buning aksini ko‟ramiz: dastlab tezkorlik -
kuch xarakteridagi (ya‟ni intensivrok) mashg‟ulotlar, ke-yinroq esa hajmi ko‟proq
mashg‟ulotlar o‟tkaziladi. Bu umumiy tendentsiyalar mashg‟ulot jarayonidagi u
yoki bu mashqlarning o‟rni va roliga qarab turlicha namoyon bo‟ladi.
Sport mashg‟ulotidagi yuklamaning to‟lqinsimon o‟zgarishi-ning sabablari
ilgari jismoniy tarbiyaning umumiy printsip-larining bayon etilishi munosabati
bilan qisman tushuntirib o‟tilgan edi. Bunda kichik «to‟lqin» lar avvalo charchash
va kuch-quvvatni tiklash jarayonlarining o‟zaro aloqasi natijasida paydo bo‟lishini
hisobga olish kerak. Bu jarayonlar sportchi organizmida mashg‟ulot ta‟siri ostida
hosil bo‟ladi va mikrotsikllarda yuklama hamda dam olishni almashtirib turish,
shuningdek, yuklama miqdori va xarakterini o‟zgartira borish zaruratini ko‟rsatadi.
Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy rejimi, fiziologik
jarayonlarning tabiiy ritmi tufayli organizm funkstional holati vaqti-vaqti bilan
o‟zgarib turishi ham muhim rol o‟ynaydi.
Katta va kichik «to‟lqin»lar avvalo kechikib sodir bo‟ladigan
transformastiya qonuniyatlari tufayli paydo bo‟ladi. Organizmdagi turli organlar va
sistemalarning moslashuv o‟zgarishlari mashg‟ulot yuklamalari dinamikasidan
orqada qolib ketayotgandek yuz beradi. Shuning uchun organizm funkstional
imkoniyatlarini mutanosib orttirish maqsidada yuklamalarni sistematik o‟zgartirib
272
turish zarur bo‟lib qoladi. Kechikib sodir bo‟ladigan transformastiyani, jumladan,
yuklamaning oylik hajmlari dinamikasi bilan sport natijalari dinamikasini
solishtirib, rasmda keltirilgandek tashqi ko‟rinishda kuzatish mumkin.
Natijalarning eng ko‟p yuksala borishi yuklama hajmining eng ko‟paygan davriga
mos kelmaydi - qilingan ish hajmi sport natijalarini yuksaltirishga o‟tishga qadar
anchagina vaqt o‟tishi talab etiladi. Shu misolning o‟zida yuklamalar
intensivligining dinamikasi sport natijalari dinamikasi bilan ko‟proq bevosita
aloqador ekani ham ko‟rinib turibdi: natijaning o‟zgarishi deyarli shu zahoti
intensivlikning xuddi shu yo‟nalishda o‟zgarishini aks ettiradi. Biroq bundan
yuklama hajmi kamroq rol o‟ynaydi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Sport natijasi
pirovardida hajmga ham, intensivlikka ham birdek, lekin turlicha nisbatda
bog‟liqdir. Yuklamalar hajmining o‟sib borishi keyingi yutuqlar uchun poydevor
yaratishda ko‟proq rol o‟ynaydi, intensivlikning o‟sib borishi esa, o‟zlashtirilgan
hajmlar bazasida spot yutuqlarini amalga oshirish ishida etakchi rol o‟ynaydi.
Mashg‟ulot yuklamalarining to‟lqinsimon o‟zgarishi ular hajmi bilan
intensivligi o‟rtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi.
Bunday dinamika hajmi «to‟lqini» apogeyi bilan intensivlik «to‟lqini» apogeyini
vaqt jihatidan bir-biridan ajratib, yuklama barcha predmetlarining qiymati eng
katta bo‟lishiga erishish imkonini beradi. Shu bilan birga bunday dinamika
mashg‟ulot talablarini haddan tashqari jamlab yuborishga monelik qiladi, chunki
yuklamani nisbatan kamaytirib turishni sistematik o‟z ichiga oladi va shu bilan ish
qobiliyatini to‟liq tiklab olish uchun hamda mashq ko‟rganlik to‟xtovsiz o‟sa
borishi uchun zarur shart-sharoitni ta‟min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «to‟lqin» larning «tushib
qolish» xodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashg‟ulot
qonuniyatlaridan chekinish, deb bo‟lmaydi. Mashg‟ulot jarayonining ba‟zi bir
bo‟laklarida kichik va o‟rta «to‟lqin»larni yuklamalar dinamikasining boshqa
shakllari «bosqichli», «to‟g‟ri chiziqli» bilan almashtirilishi ham mumkin. Biroq
bunga faqat ay-rim hol sifatida yo‟l qo‟yiladi. Umumiy tendenstiyada esa, yukla-
malar dinamikasi, albatta, to‟lqinsimon yoki shunga o‟xshash shaklga kiradi,
273
«to‟lqin» larning turli elementlari orasidagi nisbat esa, mashg‟ulotning bosqich va
davrlariga qarab o‟zgarib turadi.
Mashg‟ulot yuklamalari dinamikasining to‟lqinsimon xarak-teri sport trener
mashg‟ulotining yuqorida ko‟rib chiqilgan boshqa qonuniyatlari bilan, ularning
oliy ko‟rsatkichlarga yo‟naltirilganligi, mashg‟ulot talablarining asta-sekin va
ayni vaqt-da maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olish
bilan rastional suratda almashinib turishi bilan bevosita aloqadordir. Mana shu
qonuniyatlarning barchasi sport mashg‟ulotini tashkil etishning eng muhim
asosi sifatida, ayniqsa, sistematiklik hamda rivojlana borish tamoyillari
munosabati bilan doimo xisobga olib turilishi turilishi ke rak.
Do'stlaringiz bilan baham: |