13.4.1. Eshitish (tovush) ko‟rgazmasi usuli
Tovush signallari yordamida harakatning masofa - vaqt va vaqt holatini
aniqlashga yordam beradi.
Avvaldan berilgan tovush signali yordamida murakkab harakat faoliyatini
bajarishga asosiy kuchni sarflash vaqtini aytib beradi.
Masalan: suvga sakrashga guruhlanish, qo‟llarni tushirish, gimnastikada
egilish yoki rostlanish vaqtlari.
Tovush signali yordamida harakat maromi yaxshi egallanadi.
Masalan: harakatning murakkab ritmini chertish mumkin, bu sportchi ongi
maqomni saqlanishiga yordam beradi, unga amal qilib sportchi ma‟lum sharoitda
harakatlarni yaxshi bajaradi.
Ovoz etakchilari (ayniqsa tsiklik turlarda) harakatning tegishli jadalligini
(butun masofa davomida) saqlashga yordam beradi.
13.4.2. Ko‟rgazmalilik uslublari
Ko‟rgazmalilik uslubi harakatni namoyish qilish usuli yoki boshqacha
aytganda ko‟rgazmali usul bilan aralashtirib yuborish mumkin emas.
Gap shundaki, harakat ko‟rgazmaliligi metodlari harakatni ko‟rish orqali
idrok etishni tashkil qilishga asoslangan.
Buning ma‟nosi shundaki, murabbiy sportchiga harakatni uning o‟zida
254
«etaklab” his qilishga yordam beradi. Texnikaning asosiy holatlariga e‟tibor
bergan holda majburan “etaklab” harakat qildirish uning texnik xususiyatini tezroq
egallashga imkon yaratadi.
Masalan: nayza uloqtiruvchi qo‟lini dastlabki holatidan snaryadni
uloqtirguncha bo‟lgan xolatlari.
Gimnastikada (snaryaddagi mashqlar) sportchini (maxsus trenajerda yoki
past o‟rnatilgan snaryad) butun o‟rganayotgan harakati davomida kuzatib boriladi.
13.4.3. Tez axborot uslublari
Bajarilgan harakat, uning sifati, mushaklar tarangligi kuchi, aniqligi,
uzoqligi va h.k. xaqidagi axborot.
Masalan: videoyozuv, boksda, tennisda zarb kuchi, to‟p, snaryadning uchish
tezligi, yugurish, suzish va h.k. tezligi, tiranish kuchi haqidagi axborot.
Bu yo‟nalishdagi uslublardan foydalanish quyidagi imko-niyatlarni beradi.
1) har qanday murakkab harakatlarga o‟rgatish;
2) tananing har qanday qismiga tanlab ta‟sir etish;
3) yuklamaning oz-ozdan eng yuqorisigacha qat‟iy qismlarga bo‟lib olib
borish;
4) ayrim harakat sifatlarini tanlov asosida takomil-lashguncha rivojlantirish.
Ba‟zan bu guruhdagi usullarni mashq yoki amaliy uslublar deb yuritiladi.
Amaliy usullarni (jismoniy mashqlardan foydalanish usul-lari) shartli
ravishda ikki guruxga bo‟lish mumkin.
a) o‟rgatish usullari (harakat faoliyatiga)
b) rivojlantirish usullari (jismoniy sifatlarni)
Bu borada «uslubiy yondashish”, “uslubiy yo‟nalish”, “uslubiy usul”
atamalarini farqlash zarur.
Quyida harakat reakstiyasini takomillshatirishda uslubiy yondashishlar
berilgan.
255
Do'stlaringiz bilan baham: |