Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


♦  tanlangan sport turi bo‟yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga  erishishga yo‟naltirilganligi;  ♦



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

♦ 
tanlangan sport turi bo‟yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga 
erishishga yo‟naltirilganligi; 
♦ 
mashg‟ulotlarning qa‟tiy chegaralangan muddati va muntazamligi; 
♦ 
ma‟lum qonuniyatlarga muvofiq ko‟p yillik rejalashtirish; 
♦ 
mashg‟ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirib borilishi;
♦ s
portchining etarlicha mustaqilligi hamda mashg‟ulot jara-yoniga ijodiy 
yondashuvi sharoitida trenerning rahbarlik roli; 
♦ s
portchining butun hayot yo‟liga faol ta‟sir ko‟rsatish (kun tartibi; shaxsiy 
hayotga, kasb tanlanishiga ta‟sir). 
 
13.2. Sport mashg‟uloti vositalari 
Sport mashg‟uloti vositalari
– bu tanlangan sport turi-ning xususiyatlarini 
hisobga olgan holda shakllanadigan har xil jismoniy mashqlar bo‟lib, ular to‟rt 
asosiy guruhga bo‟linadi: umumtayyorlovchi, yordamchi, maxsus tayyorlovchi va 
musobaqa mashq-lari. Ular yordamida sportchilarning sport mahorati darajasini 
ko‟tarish mumkin. 
Jismoniy mashqlar
jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanib, ular 
yordamida sportchi organizmiga aniq maqsadli ta‟sir ko‟rsatiladi, shuningdek, ular 
yordamida o‟quv-mashq darslarini samarali tashkil etish hamda o‟tkazish uchun 
sharoit yaratiladi, bu jarayonda sog‟lomlashtiruvchi, ta‟lim va tarbiyaga oid 
vazifalar hal etiladi. Sport mashg‟ulotlarining yordamchi vositalariga: tabiiy 
muhitga bog‟liq, tibbiy – biologik, ruhiy va moddiy – texnik vositalar kiradi. 
Umumtayyorlovchi mashqlar s
portchi organizdaqing har tomonlama 
funkstional rivojlanishiga yordam beradi. Ular tan-langan sport turi xususiyatlariga 
mos bo‟lishi va ayni vaqtda u bilan muayyan ziddiyatda bo‟lib, har tomonlama, 
uyg‟un jismoniy rivojlanish muammolarinigina hal qilishi mumkin. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar tarkibiga:
sport gimnastikasidan (qo‟l, 


242 
oyoqlarning turli harakatlari, predmet bilan, predmetsiz, sherik bilan va sheriksiz, 
turgan joyda va harakatda), engil atletikadan, sport o‟yinlaridan, akrobatikadan 
olingan mashqlar kirishi mumkin. Bular sportchiga turli yo‟na-lishda ta‟sir 
ko‟rsatuvchi, jismoniy sifatlar majmuasining rivojiga yordam beruvchi, 
shuningdek, turli malaka va ko‟nikma-larni shakllantiruvchi harakatlardir. Ular 
qatoriga quyidagilar kiradi: 
1. O‟z sport turiga xos bo‟lgan, lekin undan organizm faoliyati rejimi, 
harakatlarni bajarish yo‟llari hamda sharoitlari bilan farq qiluvchi mashqlar. 
Masalan: suzuvchida – musobaqa usulini va musobaqa rejimini qo‟llamagan holda 
suzish, sakrovchida har xil yo‟llar bilan bajariladigan sakrashlar. 
2. Boshqa sport turlariga xos mashqlar.
Umumtayyorlovchi mashqlar doirasi ancha keng va xilma-xil. Ularni 
tanlashda ushbu talablarga rioya qilish kerak: a) mashqlar sportchining har 
tomonlama rivojlanishini ta‟minlashi; b) shu bilan birga, ular sport ixtisosligi 
xususiyatlarini aks ettirishi lozim. 
Shu bilan bog‟liq holda umumtayyorlovchi mashqlar sport-chining maxsus 
xususiyatlarini shakllantirishga bilvosita ta‟sir ko‟rsatadigan sifat hamda 
ko‟nikmalarning rivojlanishiga ijobiy ta‟sir qilishi kerak. Boshqacha aytganda, ular 
yordamida u yoki bu sport faoliyatini takomillashtirish uchun poydevor yaratilishi 
zarur.
Sport amaliyotida umumtayyorlovchi mashqlar: 
1)sportchining sport nuqtai nazaridan takomillashuvida yor-damchi 
ahamiyatga ega bo‟lgan malaka va ko‟nikmalarni shakllan-tirish, mustahkamlash 
yoki tiklash uchun; 
2) sportchining ishchanlik qobiliyati umumiy darajasini ko‟tarish yoki bir 
me‟yorda saqlab turish uchun; 
3) jismoniy sifatlarni ixtisoslashtirib rivojlantirish maqsadida funkstional 
poydevor yaratish uchun; 
4) faol dam olish, harakat yuklamalarida sportchining orga-nizmidagi 
tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, mashg‟ulotning bir me‟yordaligini bartaraf 


243 
etish uchun qo‟llaniladi. 
Umumtayyorlovchi mashqlar sportchini umumiy tayyorlash vositasidir. Bu 
yordamchi vositalari kam bo‟lgan, mashg‟ulotlari ma‟lum ma‟noda bu me‟yorli 
(gimnastika, og‟ir atletika, yugurish), ya‟ni musobaqa mashqlari asosiy mashg‟ulot 
vositalari hisoblangan sport turlarida alohida ahamiyatga ega.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish