9.7.3. Chidamlilik kuchini rivojlantirish.
Chidamlilik kuchi ya‟ni mushak kuchlanishining uzoq vaqt ko‟rsatish
qobiliyati - bu jismoniy qobiliyatlarning muxim ahamiyatga ega bo‟lgan tomonidir.
Uning rivojlanish darajasi kasbiy, maishiy, harbiy va sport harakatlari
faoliyati bilan bog‟liq. Chidamlilik kuchi bajariladigan harakat ta‟sirining
xususiyatidan qat‟iy nazar, nimoyon bo‟lishning turli shakllariga ega. Uning
xususiyatlari tezlik qobiliyatlarining xususiyatlariga nisbatan oz darajada. Shuning
uchun turli mashqlarda chidamlilik kuchida «ko‟chish» bo‟lishi mumkin.
Mushak kuchlanish tartibiga ko‟ra quyidagilarga bo‟linadi:
♦ chidamlilikning dinamik kuchi;
♦ chidamlilikning statistik kuchi;
Ishlashda qatnashadigan mushak guruhlari xajmiga ko‟ra bo‟linadi;
♦ chidamlilikning mahalliy kuchlari, ya‟ni harakatda gavda mushaklari
umumiy xajmining 1/3 qismi qatnashadi;
♦ chidamlilikning regional kuchlari, ya‟ni harakatda mushak hajmining 1/3
dan 2/3 gacha qismini qatnashadi;
♦ chidamlilikning global kuchlari, ya‟ni harakatda gavda mushaklarining 2/3
dan ko‟proq qismi qatnashadi.
Ish kuchining turli xususiyatlari anaerob yoki aerob energiya manbalarini
ta‟daqlaydi.
Chidamlilikning dinamik kuchi uncha yuqori harakatda bo‟lmagan
takrorlash va mushak kuchlanishi oz bo‟lgan mashqlar uchun xosdir, shuningdek,
«tez» kuch kerak bo‟ladigan davriy mashqlar uchun ham xosdir.
Dinamik kuch tavsifiga ega bo‟lgan mashqlar kuchning turli kattaligida
(jadallik) va bir necha marta takrorlanish (xajmi) bilan bajariladi.
Chidamlilik dinamik kuchining ko‟rsatkichlari oz o‟lchamda maksimal
kuchlarning (tejalgan kuch) rivojlanish darajasiga bog‟liq.
Qoidaga ko‟ra, katta kuchga ega bo‟lgan odamlar kuch mashqlarini bir
190
necha marta bajaradilar.
Insonning maksimal kuch imkoniyatlari engib o‟tish kerak bo‟lgan
qarshilikning kattaligi 20-30% bo‟lgandagina namoyon bo‟ladi.
Yuk oz bo‟lganda takrorlash imkoniyatlari tez o‟sadi va mak-simal
kuchlarga bog‟liq bo‟lmaydi. Shuning uchun kuch qobiliyatlari ozgina miqdorda
qarshilik ishlatish yo‟li bilan rivojlansa, (taxminan maksimal kuchdan 75-80%
ko‟p, ya‟ni submaksimal quvvat zonasida) chidamlilik maxsus rivojlanmasligi
mumkin. Qarshilik kam bo‟lganda maksimumdan (30-70%, ya‟ni oz va katta
quvvat zonasida), bir xil vaqtda kuch ham, chidamlilik ham oshadi. Agar engib
o‟tiladigan qarshilik maksimal kuch darajasidan 20-30% kam bo‟lsa, chidamlilik
amalda rivojlanmaydi. Kuch yuki og‟irligining 20% (shunga yaqin) maksimalda
qo‟llanilishi chidamlilikning amalga oshishiga olib keladi.
Chidamlilik dinamik kuchini rivojlantirish uchun, asosan, takrorlash, oraliq
va aylanma usullaridan foydalaniladi.
Chidamlilikning statistik kuchi – asosan tanani ma‟lum holatda ushlab turish
uchun zarur bo‟lgan chegaraviy, chegaraga yaqin va o‟rtacha kuchlanishlarni uzoq
vaqt saqlab turish bilan bog‟liq bo‟lgan faoliyat bo‟lib, ko‟p jihatdan
mushaklarning kuchlanishiga bog‟liq.
Mushak maksimal kuchga qanchalik kam ta‟sir ko‟rsatsa, chidamlilik
shuncha katta bo‟ladi (rasm) 50% maksimal kuchga ega bo‟lgan yuk bilan
bajariladigan mashqni 1 daqiqa davomida bajarish mumkin. Agar oshirilgan kuch
maksimaldan 15 % kam bo‟lsa, ish davomiy bo‟lishi mumkin. Mushakning
maksimal kuchi bilan statistik chidamlilik o‟rtasida bog‟liqlik yo‟q. Maksimal
kuchlarni oshirishda, masalan: orqa mushaklarning statistik chidamliligi, qoidaga
ko‟ra, juda oz o‟zgaradi. Statistik mashqlarni «oxirigacha» bajarishdagi ish
qobiliyatini 3 bosqichga bo‟lish mumkin:
1.
Eng muvofiq ish qobiliyati.
2.
Kompensastiyalangan charchoq.
3.
Dekompensastiyalangan charchoq.
Mashqlar xususiyatidan qat‟i nazar, statistik kuchlanishni bajarish
191
davomiyligi inson oganizdaqing holati vazifalarining birinchi bosqichi davomiyligi
41,1-43,6%, ikkinchisi 41,6-42,4% ni, uchinchisi 13,6-16,5% umumiy
dvomiyligini tashkil qiladi.
Shunday ekan, statistik vazifaga vaqtning eng qulay ta‟siri (eng muvofiq ish
qobiliyati plyus charchoqni kompensastiyalash) maksimumda 82 dan 86% gacha
tashkil qiladi.
Bu qonunchilik, statistik vazifalardagi charchoqni paydo bo‟lishiga e‟tibor
bergan holda, statistik chidamlilikka erishishning ishlash usulini qabul qiladi.
Yosh o‟tgan sari chidamlilik kuchi statistik kuchayishda doimo ko‟payib
boradi. Chidamlilikni o‟sishi statistik kuchda 13-16 yosh bosqichida kuzatiladi,
ya‟ni jinsiy rivojlaniish davrida, qizlarda 32% o‟g‟il bolalarda 29% ni tashkil
qiladi.
Chidamlilik kuchi statistikasini rivojlantirish uchun turli izometrik mashqlar
qo‟llanadi. Bu mashqlarni bajarish charchoqni kompensastiyalash bosqichlarini
chegaralab qo‟yadi, ya‟ni statistik vazifalarga ko‟ra maksimaldan 82 -86%
(to‟xtatguncha)
Ular yordamida hamma mushak guruhlariga ta‟sir o‟tkazish mumkin.
Izometrik mashqlar to‟plamiga asosan 6-9 mashqlar kiradi. Mushakning
statistik kuchlanish davomiyligi 12-20 s bo‟lishi kerak. Tabiyki, har bir insonning
maksimal statistik kuchlanish davomiyligi u yoki bu mashqlarda har xil bo‟ladi.
Statistik mashqlar bir ohangda bajarilib, ruhiy zo‟riqish hosil qiladi.,
zerikarli bo‟lib, tez charchashga olib keladi. U bilan mashg‟ulotlar davomida
uzluksiz ravishda shug‟ullanish tavsiya etilmaydi. Kuch xususiyatiga ega bo‟lgan
izometrik mashqlar organizmni qattiq kuchantirish orqali bajariladi. Shuning
uchun 7-14 yoshdagi o‟smirlarda qo‟llashda ehtiyot bo‟lish kerak va juda kichik
hajmda ham quyidagi metodologik usuliy holatga rioya qilish kerak:
♦ izometrik kuchlanishda bajariladigan mashqlar qon aylanishni
yaxshilovchi (lo‟killab yugurish, har xil rivojlantiruvchi mashqlar) mushaklarni
dinamik ishlashi bilan birgalikda bajarish statistik chidamlikni tezroq oshiradi;
♦ mashg‟ulotlarda qo‟shimcha yuk bilan bajariladigan mashqlarni
192
qo‟llamasligi aytiladi, qo‟llansa ham 1-2 kg dan oshmasligi karak;
♦ statistik mashqlarni mushak cho‟ziltirish mashqlari bilan almashtirgan
holda bajarish kerak, shundagina mushaklarning asossiz cho‟zilishiga sabab
bo‟lmaydi;
♦ statistik vazifa qanchalik ko‟p bo‟lsa, dam olish ham shunchalik ko‟p
bo‟lishi kerak;
♦ statistik mashqlarni darsning asosiy qismi oxirida bijarish tavsiya etiladi
lekin, bir shart bilan, ya‟ni tugatilayotgan qism davomiy va dinamikali bo‟lish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |