155
boshqariluvchi jarayonga aylantirishdir.
Bu ta‟rif, oradan ancha vaqt o‟tgan bo‟lishiga qaramasdan, ho-zirgi kunda
ham eng ko‟p tarqalgan va tan olinganlardandir. N.A.Brenshteynning (1991)
fikricha harakat apparatini boshqarishida eng qiyini bu
erkinlik darajalarini engib
o‟tishdir. Ma‟lumki, O.Fisherning (1906) hisoblari bo‟yicha gavda, bosh va oyoq -
qo‟llar o‟rtasida bo‟lishi mumkin bo‟lgan 107 dan ortiq erkinlik darajasi mavjud.
Masalan, faqat oyoq - qo‟llarning o‟zi 30 tadan erkinlik darajasiga ega. Shuning
uchun, harakatlar muvofiqligida inson echishi lozim bo‟lgan asosiy masala-
ortiqcha erkinlik darajalarini kamaytirishdir.
Harakat apparatini boshqarishdagi qiyinchiliklarning asosiylari quyidagilar:
1. Diqqatni inson tanasining ko‟plab bo‟g‟imlari va qismlari harakatlariga
teng taqsimlash, ularni o‟zaro muvofiqlashtirish.
2. Inson tanasiga xos bo‟lgan ko‟plab erkinlik darajalarini engib o‟tish.
3. Mushaklarning egiluvchanligi (N.A.Brenshteyn, 1991).
Keyingi vaqtda bir butun harakat amallarini tuzishning murakkabligini
harakat dasturlarining o‟zgarishi (bir a‟zoning
harakatini boshlanishining
ikkinchisi bilan usma-ust tushishi) bilan bog‟lashmoqda. Harakat dasturlari
yig‟ilgan tajribalar ta‟siri ostida shakllanadi. Harakat dasturi - o‟tgan, hozirgi va
kelajakni «birlashtiruvchi» harakatni uning ma‟nosi bilan muvofiqlashtiruvchi.
Harakat dasturlarining bir vaqtli va ketma-ket ta‟siri o‟tish jarayonlari bilan
bog‟langan. Ular orasida o‟tish holatlari mavjud, unda harakatlarni boshqarishning
markaziy tuzilmalarida bir emas, ikkita yoki bir nechta dasturlar mavjud bo‟ladi.
O‟tish mexanizmlari harakatlarning biomexanik tuzilmasining paydo bo‟lishida
asosiy mexanizm hisoblanadi.
Fiziologik jihatdan «ortiqcha erkinlik darajasi»
tushunchasini kiritish
muvofiqlikni ta‟riflash uchun etarli, biroq pedagogik tomondan noto‟g‟ri,, chunki
tushunchada muvofiqlikning amaliy tomoni uchun muhim bo‟lgan - vazifani
muvaffaqiyatli echish tomonidan mahrum bo‟lgan (D.Donskoy, 1971). U harakat
amallarini bajarishda muvofiqlikning uch turga ajratishni
taklif qilgan - asab,
mushak va harakat muvofiqliligi.
156
Asab muvofiqliligi - harakatlarni mushaklarning torayishi hisobiga
boshqaruvchi, asab jarayonlarini muvofiqlashtirish. Bu ma‟lum sharoitlarda (ichki
va tashqi) harakat vazifasini echishga olib keladigan asab jarayonlarining
uyg‟unligi.
Mushak muvofiqliligi - ham asab tizimi, ham boshqa omil-lardan tana
qismlariga buyruqlar etkazib beruvchi mushaklar torayishini muvofiqlashtirish.
Harakat muvofiqliligi - tana qismlarining fazo va vaqt bo‟yicha, bir vaqtlik
va ketma-ket, xarakt vazifasiga, atrof muhit va inson holatiga mos harakatlarining
muvofiqlashtirilgan uyg‟unligi. U mushak muvofiqliligi bilan, garchi belgilansada
(D.Donskoy, 1971) u bilan bir xil emas.
Bir xil vazifalar qo‟yilsada,
lekin turli tashqi sharoit, insonning har xil
holatlarida harakatlar yig‟indisi masalani muvaffaqiyatli echish uchun o‟zgaradi.
Bunda harakatlar muvofiqliligi avvalo harakatlar tizimi sifatini, uning maqsadga
muvofiqligini, masalaga va sharoitga mosligini belgilovchi mezo-nni o‟z ichiga
oladi. Sifat, muvofiqlashuv
jarayonidan keyin emas, ungacha ham emas,
jarayonning o‟zida, harakat amalining borishida aniq-lanadi.
Harakat muvofiqligi haqila so‟z ketganda, yuqorida ko‟rsatilgan
muvofiqliklardan tashqari, uning sensor-motor va motor-vegetativ turlarini ajratish
lozim, vazifaning bajarilish sifati ularga bog‟liq. Birinchisi tayanch - harakat
apparatining va xususan sensor tizimlarining (ko‟rish, eshitish, vestibulyar, harakat
va boshq.) faoliyatini moslashtirish bilan bog‟liq.
Insondagi sezishgi organlarining ahamiyati ulkan. Ular orqali biz dunyoni
taniymiz, unda yuz berayotgan o‟zgarishlarni va o‟zimizning
tanamizda yuz
berayotgan jarayonlarni sezamiz. Muvofiqlikning sensor-motor turi tashqi
signallarni tez va aniq tahlil qilishni talab etadi.
Insonning harakat amallari, faoliyatning boshqa barcha turlari kabi
organizmning bir butunligini namoyon qiladi. Ihtiyoriy mushak harakatlari
qandaydir ma‟noda mushak faoliyatini (nafas olish, yurak-qon tomir va h.k.)
ta‟daqlovchi vegetativ tizimning faoliyati bilan bog‟liq.
Shuning uchun jismoniy
harakatlarni bajarishda harakat masalalarini echishga vegetativ vazifalarning ta‟siri
157
ham katta. Ko‟plab tajribalarning natijalari buning to‟g‟riligini ko‟rsatmoqda.
Charchash, kasallanish, kuchli emostional ta‟sir, uzoq vaqt tizimli mashq qilmaslik
oqibatida organizmning turli vazifalari birinchi navbatda harakat apparati va
mushaklarning ishlashini ta‟daqlovchi alohida tizimlar orasida muvofiqlik buzilishi
yuz beradi. Oxir oqibat, bularning hammasi harakatning turli ko‟rsatkich-larini
boshqarish sifatida aks etadi.
Demak, harakatlar muvofiqliligiga organizmning turli organlari va tizimlari
funkstional faoliyatining muvofiqlashgan yig‟indisi, ya‟ni bir butun sifatida
(tizimli safiya) yoki organizmdagi bir yoki bir necha tizimlarining muvofiqlashgan
holda ishlashi natijasi sifatida qarash mumkin.
Harakatlar muvofiqligi harakat faoliyatining sifat ko‟rsatkichi sifatida bir
hollarda yaxshiroq, boshqa hollarda yomon-roq takomillashgan bo‟lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: