Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Mashg‟ulot yuklamalarining to‟lqinsimon o‟zgarishi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

 
14.5. Mashg‟ulot yuklamalarining to‟lqinsimon o‟zgarishi 
Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish to‟g‟ri chiziqli, bosqichli yoki 
to‟lqinsimon bo‟lishi mumkin. Sport mashg‟uloti uchun ko‟proq to‟lqinsimon 
dinamika xarakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining 
funkstional va adaptastion imkoniyatlariga qo‟yiladigan talablarning nihoyat 
darajada yuksakligidir. 
Sport mashg‟ulotining mazkur xususiyatiga faqat keyingi o‟n yilliklardagina 
jiddiy e‟tibor beriladigan bo‟ldi (V.M.Dyachkov, L.P.Matveev, L.Prokop, 
V.D.Shaposhnikov va boshqalar). Shunga qaramay, hozirning o‟zida 
yuklamalarning mashg‟ulot jarayoni turli bo‟laklaridagi umumiy tendenstiyasiga 
xos taxminiy sxemani tasavvur etish mumkin. Mazkur sxemaga muvofiq 
quyidagicha masshtablardagi «to‟lqinlar» ajralib turadi: 
a) turli hollarda ikki kundan etti kungacha va undan ko‟proq vaqtni o‟z 
ichiga oladigan mikrotsikllardagi yuklamalar dinamikasini ifodalovchi kichik 
«to‟lqin»lar: 
b) mashg‟ulot bosqichlari doirasida bir nechta kichik «to‟lqin»lar (masalan, 
3-6) yuklamasining umumiy tendenstiyasini ifoda etuvi o‟rtacha «to‟lqin»lar. 
v) mashg‟ulot davrlaridagi o‟rta «to‟lqin»larning umumiy tendeniyasini 
xarakterlovchi katta «to‟lqin»lar. 
Sport mashg‟ulotini tashkil etish san‟ati ko‟p jihatdan ana shu 
«to‟lqin»larning barchasini bir-biriga mutanosib qila bilishga bog‟liq, ya‟ni 
mikrotsikllardagi yuklamalar dinamikasi bilan u yoki bu bosqichlar va davrlar 


271 
uchun xarakterli bo‟lgan mashg‟ulot jarayonining eng umumiy tendenstiyalari 
o‟rtasidagi zarur muvofiqlikni ta‟minlashdan iborat, 
To‟lqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamikasiga ham, 
intensivligi dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinamikasi tebranishlari bilan 
intensivlik tebranishlari parametrlarining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos 
kelmaydi. O‟rtacha va ayniqsa, katta «to‟lqin»larda dastlab hajm ko‟rsatkichlari 
(bir hafta va bir oy ichidagi mashg‟ulot ishlarining umumiy miqdori) apogeyga 
etadi, keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi, ana shu fondda esa, 
intensivlikning har xil ko‟rsatkichlari (mashg‟ulot-larning xarakterli zichligi, 
harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat xarakteristikasi va boshqalar) eng yuqori 
qiymatga etadi. 
Kichik «to‟lqin»larda odatda buning aksini ko‟ramiz: dastlab tezkorlik - 
kuch xarakteridagi (ya‟ni intensivrok) mashg‟ulotlar, ke-yinroq esa hajmi ko‟proq 
mashg‟ulotlar o‟tkaziladi. Bu umumiy tendentsiyalar mashg‟ulot jarayonidagi u 
yoki bu mashqlarning o‟rni va roliga qarab turlicha namoyon bo‟ladi. 
Sport mashg‟ulotidagi yuklamaning to‟lqinsimon o‟zgarishi-ning sabablari 
ilgari jismoniy tarbiyaning umumiy printsip-larining bayon etilishi munosabati 
bilan qisman tushuntirib o‟tilgan edi. Bunda kichik «to‟lqin» lar avvalo charchash 
va kuch-quvvatni tiklash jarayonlarining o‟zaro aloqasi natijasida paydo bo‟lishini 
hisobga olish kerak. Bu jarayonlar sportchi organizmida mashg‟ulot ta‟siri ostida 
hosil bo‟ladi va mikrotsikllarda yuklama hamda dam olishni almashtirib turish, 
shuningdek, yuklama miqdori va xarakterini o‟zgartira borish zaruratini ko‟rsatadi. 
Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy rejimi, fiziologik 
jarayonlarning tabiiy ritmi tufayli organizm funkstional holati vaqti-vaqti bilan 
o‟zgarib turishi ham muhim rol o‟ynaydi. 
Katta va kichik «to‟lqin»lar avvalo kechikib sodir bo‟ladigan 
transformastiya qonuniyatlari tufayli paydo bo‟ladi. Organizmdagi turli organlar va 
sistemalarning moslashuv o‟zgarishlari mashg‟ulot yuklamalari dinamikasidan 
orqada qolib ketayotgandek yuz beradi. Shuning uchun organizm funkstional 
imkoniyatlarini mutanosib orttirish maqsidada yuklamalarni sistematik o‟zgartirib 


272 
turish zarur bo‟lib qoladi. Kechikib sodir bo‟ladigan transformastiyani, jumladan, 
yuklamaning oylik hajmlari dinamikasi bilan sport natijalari dinamikasini 
solishtirib, rasmda keltirilgandek tashqi ko‟rinishda kuzatish mumkin. 
Natijalarning eng ko‟p yuksala borishi yuklama hajmining eng ko‟paygan davriga 
mos kelmaydi - qilingan ish hajmi sport natijalarini yuksaltirishga o‟tishga qadar 
anchagina vaqt o‟tishi talab etiladi. Shu misolning o‟zida yuklamalar 
intensivligining dinamikasi sport natijalari dinamikasi bilan ko‟proq bevosita 
aloqador ekani ham ko‟rinib turibdi: natijaning o‟zgarishi deyarli shu zahoti 
intensivlikning xuddi shu yo‟nalishda o‟zgarishini aks ettiradi. Biroq bundan 
yuklama hajmi kamroq rol o‟ynaydi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Sport natijasi 
pirovardida hajmga ham, intensivlikka ham birdek, lekin turlicha nisbatda 
bog‟liqdir. Yuklamalar hajmining o‟sib borishi keyingi yutuqlar uchun poydevor 
yaratishda ko‟proq rol o‟ynaydi, intensivlikning o‟sib borishi esa, o‟zlashtirilgan 
hajmlar bazasida spot yutuqlarini amalga oshirish ishida etakchi rol o‟ynaydi. 
Mashg‟ulot yuklamalarining to‟lqinsimon o‟zgarishi ular hajmi bilan 
intensivligi o‟rtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi. 
Bunday dinamika hajmi «to‟lqini» apogeyi bilan intensivlik «to‟lqini» apogeyini 
vaqt jihatidan bir-biridan ajratib, yuklama barcha predmetlarining qiymati eng 
katta bo‟lishiga erishish imkonini beradi. Shu bilan birga bunday dinamika 
mashg‟ulot talablarini haddan tashqari jamlab yuborishga monelik qiladi, chunki 
yuklamani nisbatan kamaytirib turishni sistematik o‟z ichiga oladi va shu bilan ish 
qobiliyatini to‟liq tiklab olish uchun hamda mashq ko‟rganlik to‟xtovsiz o‟sa 
borishi uchun zarur shart-sharoitni ta‟min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «to‟lqin» larning «tushib 
qolish» xodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashg‟ulot 
qonuniyatlaridan chekinish, deb bo‟lmaydi. Mashg‟ulot jarayonining ba‟zi bir 
bo‟laklarida kichik va o‟rta «to‟lqin»larni yuklamalar dinamikasining boshqa 
shakllari «bosqichli», «to‟g‟ri chiziqli» bilan almashtirilishi ham mumkin. Biroq 
bunga faqat ay-rim hol sifatida yo‟l qo‟yiladi. Umumiy tendenstiyada esa, yukla-
malar dinamikasi, albatta, to‟lqinsimon yoki shunga o‟xshash shaklga kiradi, 


273 
«to‟lqin» larning turli elementlari orasidagi nisbat esa, mashg‟ulotning bosqich va 
davrlariga qarab o‟zgarib turadi. 
Mashg‟ulot yuklamalari dinamikasining to‟lqinsimon xarak-teri sport trener 
mashg‟ulotining yuqorida ko‟rib chiqilgan boshqa qonuniyatlari bilan, ularning 
oliy ko‟rsatkichlarga yo‟naltirilganligi, mashg‟ulot talablarining asta-sekin va 
ayni vaqt-da maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olish 
bilan rastional suratda almashinib turishi bilan bevosita aloqadordir. Mana shu 
qonuniyatlarning barchasi sport mashg‟ulotini tashkil etishning eng muhim 
asosi sifatida, ayniqsa, sistematiklik hamda rivojlana borish tamoyillari 
munosabati bilan doimo xisobga olib turilishi turilishi ke rak. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish