14.4. Mashg‟ulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi
Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funkstional yuklamalarni doimiy
suratda yuksaltirib borish zaruriyati tug‟ilishi yuqorida ko‟rsatib o‟tildi. Bu sport
mashg‟uloti uchun nihoyatda to‟g‟ridir, chunki sport yutuqlarining darajasi
(boshqa sharoitlar teng bo‟lganda) mashg‟ulot talablari darajasiga mutano-sibdir.
Sport mashg‟ulotlari jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va iroda
tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora
mukammalroq va murakkabroq malaka va ko‟nikmalarni egallab borishga,
jismoniy va ma‟naviy kuch-quvvatini tobora ko‟proq namoyon qilishga safarbar
etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarishi ana shundan dalolat beradi.
Sport mashg‟ulotlarida, jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli
o‟laroq, yuklamalar asta-sekingina emas, balki maksimal suratda ham o‟sib boradi.
«Maksimum» so‟zini bu erda sport bilan ko‟p yillar davomida shug‟ullanilganda
yuklamaning perspektiv ko‟paya borishi ma‟nosida ham, sport taraqqiyotining har
bir yangi bosqichida eng ko‟p yuklamalardan sistemali ravishda foydalanib borish
ma‟nosida ham tushunmoq kerak. Sport mashg‟u-lotlarining mazkur xususiyati
267
uning ilmiy printsipi sifatida birinchi marta A.N.Krestovnikov tomonidan
ta‟riflangan. Mashg‟u-lot yuklamalarining ta‟siri ostida organizmda sodir
bo‟ladigan o‟zgarishlarning miqdori ish qobiliyati «o‟ta tiklanishi»ga bog‟liq
ekanining topilishi bu printsipni tasdiqlagan eng muhim faqat bo‟ldi (G.F.Folbort,
M.Ya.Gorkin, D.Matveevlar hamkorliklari bilan, N.N.Yakovlev, L.I.Yampolskaya
va boshqalar).
«
Maksimal yuklama
» deganda ko‟pincha «
haddan tashqari ko‟p
»,
batamom charchatib tashlaydigan yuklama tushuniladi. Uni organizmning
funkstional qobiliyatlari chegarasidagi,
hech
qachon uning
moslashuv
imkoniyatlaridan tashqari chiqmaydigan yuklama deyish to‟g‟riroq bo‟ladi. Agar
sportchi mashq qila turib o‟zining moslashuv imkoniyatlari me‟yoridan chiqib,
«haddan tashqari charchab qolsa» va buning natijasida o‟ta mashq bilan
chiniqqanlik holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal emas, balki
haddan tashqari yuklama bo‟ladi. Maksimal yuklama esa organizmga uning
fiziologik normalariga to‟la mos tushadigan talablar qo‟yib, mashq bilan
chiniqqanlik eng yuqori darajaga ko‟taruvchi omil hisob-lanadi.
Maksimal yuklamaning aniq miqdor o‟lchami, tabiiyki, sportchining
oldindan qay darajada mashq bilan chiniqqanligiga, uning individual
xususiyatlariga hamda sport turining xususiyatlariga bog‟liq. Masalan, yugurishga
endi o‟rganayotgan stayer uchun bir mashg‟ulotda 10-15 kilometr atrofida
yugurish maksimal hisoblansa, yuksak malakali stayerlar bir mashg‟ulotda 60
kilometr va undan ortiq masofani bemalol bosib o‟tadilar, kichik razryadli
shtangachilarning mashg‟ulotlari vaqtida maksimal yuklama kamdan-kam 10
tonnaga boradi, eng kuchli og‟ir atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnaga va
undan ortiq darajaga (og‟irlik kategor-iyasiga qarab) etkazadilar. Bunda
shtanganing o‟rtacha og‟irligi 130-180 kilogramm va undan ortiq bo‟ladi. Hozirgi
zamon sport amaliyoti mashg‟ulot yuklamalarining rastional miqdori haqi-dagi
ilgarigi tasavvurlarni ancha o‟zgartirib yubordi. Insonning imkoniyatlari va
ularning taraqqiy etish darajasi eng dadil taxminlardan ham yuksakroq bo‟lib
chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan mashg‟ulot yuklamalari amalda tobora
268
kengroq va dadil qo‟llanilmoqda. Yuklamalar miqdori ayrim mashg‟ulotlarda ham,
haftalik, oylik va yillik jami mashg‟ulotar ma‟nosida ham ortib bormoqda.
Yaqindagina faqat etakchi sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi
endilikda o‟rta malakali sportchilar uchun me‟yor bo‟lib qolmokda.
Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qo‟llash, garchi
ular o‟rtasida qarama-qarshiliklar bo‟lishi mumkin bo‟lsada, bir-birini inkor
etmaydi. Maksimal yuklamalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida
ularning asta-sekin yuksala borishining natijasi bo‟lmog‟i kerak. Aks holda
maksimal yuklamalar salomatlikni mustahkamlash va sport yutuqlarini o‟stirish
ishiga qarama-qarshi bo‟lib chiqadi. Yuklamaning chegarasi har doim
organizmning mazkur taraqqiyot bosqichidagi imkoni-yatlariga muvofiq ravishda
belgilanishi kerak. Mashg‟ulot nati-jasida funkstional va moslashuv
imkoniyatlarining osha borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-sekin ortib
boradi: oldingi bosqichda maksimal bo‟lgan ko‟rsatkich undan keyingi bosqichda
oddiy yuklama bo‟lib qoladi.
Mashg‟ulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib
o‟tilganidek, ularning hajmi va intensivligi o‟zga-radi. Lekin ularning o‟sa borishi
barcha boskiqlarda birdek parallel ravishda bo‟lmaydi. Ma‟lum bosqichlarda hajm
ko‟proq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta
bo‟lmagan mashg‟ulot jarayonlari uchun ham, ko‟p yillik sport faoliyat uchun ham
xarakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz ort-tirib bora
olmaydi. Sportchining asosiy faoliyati - yaratuvchi mehnat. Ana shu mehnat bilan
sport mashg‟uloti muvofiqlashmog‟i kerak. Yosh o‟tishi bilan organizm
funkstional imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq
kerak. Bularning hammasi mashg‟ulot yuklamalarini ma‟lum qolipga solib
qo‟yadi. Lekin amalda ana shu qolip doirasidagi barcha imkoniyat-larni to‟la
ishlatib bo‟lgan bironta ham sportchi topilmasa kerak. Aslida eng avval
yuklamalarning umumiy hajmi chegarasiga etishi kerak, chunki u eng ko‟p vaqt
sarflash bilan bog‟liq. Intensivlik esa (juda bo‟lmaganda ayrim ko‟rsatkichlari
269
bo‟yicha) yosh ulg‟ayishi natijasida cheklovchi faktorlar paydo bo‟lguncha o‟sib
boraveradi. Bunday faktorlar paydo bo‟lgandan keyin yuklamalarni faqat
mashg‟ulot bosqichlari chegarasidagina orttira borish mumkin.
Sport mashg‟ulotining ko‟zdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik
va individuallashtirish printsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo
etadi. Organizm funkstional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar
qo‟yilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida,
shuningdek, salomatligi bir muncha zaif bo‟lgan shaxslar uchun yohud etarli
darajada tayyorgarlik ko‟rmagan kishilar uchun sport mashg‟u-loti jismoniy
tarbiyaning yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi
sportga
tadbiq
etilganda,
jismoniy
tarbiyaning
boshqa
vositalaridan
foydalanilgandagiga qaraganda ko‟proq qat‟iy cheklashlar shart ekanini hisobga
olgan holda hal qilinishi zarur. Shuningdek, sport mashg‟ulotlariga kirishishdan
avval dastlabki umumiy jismoniy tayyorgarlik va chuqur vrach-pedagog
nazoratidan o‟tish asosiy shart ekanligi o‟z-o‟zidan ko‟rinib turibdi.
Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining o‟sishi bilan
birga yuksala boradi. Sportchi o‟z imkoniyatlarining absolyut maksimumiga
qanchalik yaqinlashsa, mashg‟ulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda
bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat‟iy
individuallashtirishning roli shunchalik katta bo‟ladi. Murabbiy, olim, vrach, va
sportchining doimiy hamkorligi hozirgi kunda ilg‟or sport amaliyotining tipik
hodisasiga aylanib qolayotgani bejiz emas.
Asta-sekin yuklamani oshirish uchun:
- yillik ish hajmini 10-200 dan 1300-1500 soatga ko‟paytirish kerak:
- mikrotsikllar ichida mashg‟ulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan ko‟pga
ko‟paytirish:
- mashg‟ulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga ko‟paytirish:
- katta yuklamali mashg‟ulotlarni xafta mikrotsikli ichida 5-7 taga oshirish:
- tanlangan yo‟nalishda mashg‟ulotlar sonini ko‟paytirish sportchi
organizmini funkstional imkoniyatlarini jalb qiladi:
270
- «qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi maxsus chidamlilikni oshishiga
yordam beradi.
Maksimal yuklamadan foydalanish faqat sistemalilik printsipiga qat‟iy amal
qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashg‟ulotlar davomiyligining chuqur
o‟ylangan tizimnigina, mashg‟ulot jarayonining uzluksizligi hamda yuklama bilan
dam olishning rastional suratda almashlab turilishigina bunday yuklamalarning
ijobiy samara berishini ta‟minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |