257
gimnastika, konkida figurali uchish, akrobatika va boshqalar) ayniqsa samarasi
hisoblanadi.
Uslubning turlari:
- harakat qismlarini ketma-ket o‟rganish va ularni bir butunga qo‟shib
o‟rgatish (suzish usullariga o‟rgatish),
- harakat qismlarini ketma-ket o‟rganish va ularni
bir-birini asta-sekin
bog‟lash (sport gimnastikasi-snaryadda mashqlar)
- aniqlik kiritish maqsadida harakat qismlarini qisqa muddatga ajratish,
- harakat qismlarini “o‟rganish mashqlari” shaklida ishlash.
- asosan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan usullar (rivojlanish
usullari).
Tashqi yuklama va dam olishning turli shakllarini aql bilan biriktirish
(qo‟yilgan vazifaga muvofiq ravishda) uslubning asosini tashkil etadi.
Yuklamaning turlari:
Standart yuklama - mashq davomida mushaklar
ishining jadalligi va
yuklamaning tashqi tomoni doimiy kattaligi saqlanadi. Yuklamaning ichki tomoni
(fiziologik, ruhiy) ham doimiy bo‟ladi va ishning davomiyligi proporstional
ravishda o‟zgaradi.
Masalan: aynan bir xildagi og‟irlikni ko‟tarish (ko‟p marta),
- aytilgan tezlikda yugurish.
O‟zgaruvchan yuklamalar - mashq jarayonida yuklamaning jadalligi
o‟zgaradi. Agar u ko‟payish tomonga bo‟lsa, o‟suvchi hisoblanadi. Agar
kamayuvchi tomonga bo‟lsa pasayuvchi hisoblanadi.
Agar har ikki tomonga
bo‟lsa, o‟zgaruvchan yuklama hisoblanadi.
O‟suvchan yuklama organizmning funkstional holatini oshi-radi. Pasayuvchi
yuklama mushaklar ish hajmini oshirishga imkon beradi. O‟zgaruvchan yuklama
tanani uning faoliyati turli daraja-larini oson qo‟shilishiga moslaydi.
Standart yuklama bilan mashq usullari.
Standart yuklamaning ma‟nosi shundaki,
mashq jarayonida mushak
ishlarining doimiy jadalligi, boshqacha aytganda yuklama-ning tashqi tomonining
258
doimiy kengligi saqlanadi.
Yuklamaning ichki tomoni (fiziologik, ruhiy) doimiy bo‟lib qolib, ish
davomiyligiga mos ravishda ortadi.
Standart yuklama mashqlar usullari tanani ana shu yukka moslashtirishga va
erishilgan qayta qurishni mustahkamlashga qaratiladi.
Ularga bir tekisdagi bajarish uslubi mansub.
Yuklama dam olish oraligi bilan uzilmaydi va tashqi kattaliklar (uzoq bir
xildagi yugurish, eshkak eshish, suzish) bo‟yicha o‟zgarmaydi.
Masalan: bir
xildagi tezlikda yugurish, tortilish, arqon bilan sakrash va h.k.
O‟zgaruvchan yuklamaning mashqlar uslublari o‟zgaruvchan yukla-malar -
mushak ishlarining jadal o‟zgarishi bilan bog‟liq. Ular quyidagicha bo‟lishi
mumkin:
- tana vazifaviy imkoniyatlarini oshishiga olib keluvchi o‟suvchan yuklama.
Asta-sekin tezlikni oshirib boruvchi yugurish, borgan sari og‟irroq yuk ko‟tarish,
snaryadni uloqtirish masofasini uzaytirib borish.
- mushaklar ishi hajmini ko‟paytirish imkonini beruvchi kama-yuvchan
yuklama. Tezlikni
kamaytiruvchi yugurish, kamroq og‟irlik-dagi yukni ko‟tarish,
snaryad otiladigan masofani kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: