Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

Mashg‟ulot usuliyati
atamasi mashg‟ulotning muayyan vazi-falarini hal 
etish hamda eng yuksak mashg‟ulot samarasiga erishishga yo‟naltirilgan vositalar, 
usullar va usuliy yo‟llar birligini ifodalaydi. 
Adabiyotlarda ko‟pincha «usuliy yondashuv» va «usuliy yo‟nalish» kabi 
tushunchalar uchraydi. 
Usuliy yondashuv 
– trenerning sport-chiga ta‟sir ko‟rsatish 
yo‟llari birligini bildirib, bu yo‟llarning tanlanishi muayyan ilmiy konstepstiya, 
tashkil etish mantiqi hamda o‟rgatish, tarbiya va rivojlantirish jarayonining amalga 
oshi-rilishi bilan bog‟liq. 
Usuliy yo‟nalish (uslubiyat)
– qo‟yilgan vazifani biror ustuvor omil-ning 
ta‟siri hisobiga hal etish imkonini beradigan bir turli, bir tipdagi topshiriqlar, usul 
va usuliy yo‟llardan foydalanishga yo‟naltiradi. 
Harakat faoliyatini aniq maqsadga yo‟naltirib o‟rgatish trenerdan o‟rgatish 
usullari tavsiflarini bilishni talab etadi. Barcha usullar shartli ravishda uch asosiy 
guruhga bo‟linadi: so‟zdan foydalanish usullari (og‟zaki), ko‟rgazmali tarbiya 
usullari (ko‟r-gazmali) va amaliy usullar. O‟z navbatida, uch guruhning har biri 
tarkibiga yana bir necha usul kiradi.
Jismoniy mashqlarni qo‟llash usullari sport mashq uslublari sifatida 


252 
tushuniladi. 
Masalan: Yugurishdagi mashqlar sport mashg‟ulotlari vositasi sifatida 
bajarilishi lozim bo‟lgan vazifalarga ko‟ra turli ko‟rinishlarida qo‟llaniladi. 
- yugurish qadamlari texnikasi ustida ishlayotganda qomatni tik tutib 
yugurish mashqi (variant sifatida) tavsiya etiladi
- chidamlilikni rivojlantirish uchun kamroq tezlik bilan uzoq masofalarga 
yuguriladi; 
- tezlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qisqa masofaga katta tezlikda 
yuguriladi. 
Shunday qilib u yoki bu usulni qo‟llash mashg‟ulot oldiga qo‟yiladigan 
vazifalar bilan belgilanadi. 
Sport mashg‟ulotida qo‟llaniladigan usullar didaktik (umumpedagogik) va 
an‟anaviy (sport pedagogikasida qo‟llani-ladigan) kabilarga bo‟linadi. 
- sport mashg‟ulotining didaktik metodlari. 
Og‟zaki tushuntirish metodlari uch guruxga bo‟linadi: 
1-guruh - hikoya, tasvir, tadbir metodlari. Bunda so‟z bilim-larini singdirish 
vositasi sifatida qo‟llaniladi. 
2-guruh - buyruq, ko‟rsatma, yo‟riqlar uslublari. Bunda so‟z sportchi 
faoliyatini boshqarish vositasi bo‟lib xizmat qiladi. 
3-guruh - tahlil, tavsiya, baholash uslublari. Bunda so‟z sport-chi faoliyatini 
tahlil qilish va baho berish vositasi hisoblanadi. 
Ko‟rgazmali ta‟sir uslublari to‟rt guruhga bo‟linadi: 
1-guruh - ko‟rgazmali qurol usullari. Bunda bevosita ko‟rsa-tish, ko‟z bilan 
ko‟riladigan qo‟llanmalardan foydalaniladi. 
2-guruh - eshitish (tovush) qurollari usullari 
3-guruh - harakat ko‟rgazmasi usullari 
4-guruh - tez axborot uslublari. 
Harakatni ko‟rsatish (namoyish etish) metodlari. 
Ko‟z mo‟ljali
. Bu usullar harakatni masofa va vaqt nuqtai nazaridan to‟g‟ri 
bajarishga yordam beradi. Mo‟ljal uchun maxsus belgi va ashyolardan 


253 
foydalaniladi. 
Masalan: Uzunlikka sakrashda tezlanish chiziq belgisi. 
- Tegishli balandlikka osilgan bayroqcha snaryadni uloqti-rish yo‟nalishini 
belgilashga yordamlashadi. 
- Mashq devoridagi futbol darvozasi tasvirini ko‟rsatuvchi chiziqlar va h.k. 
Bulardan (eng soddalaridan) tashqari svetolider (yuguruvchi yo‟lak 
ko‟rinishidagi) turidagi murakkab qurilmalar qo‟llanilishi mumkin, bunda elektr 
chiroqlarini ketma-ket yoqilishi sportchi uchun harakat (yugurish, suzish) tezligini 
belgilaydi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish