G’alvirs imon suyak. a) pastdan ko’rinishi; b) oldindan ko’rinishi; c) orqadan ko’rinishi; d) yuqoridan ko’rinishi. 1-perpidikulyar plastinka, 2- burun o’rta chig’anog’i, 3-ilgaksimon o’simta, 4- g’alvirsimon plastinka, 5- hujayralar, 6- xo’roz toji, 7- g’alvirsimon suyak, 8- gorizantal plastinka, 9,10- orbital plastinka, 11- yuqori burun chig’anog’i Ponasimon (asosiy) bo’shliq (sinus sphenoidalis) ponasimon suyak asosida joylashdi Bu suyak g’alvirsimon labirintdan uzoqroqda, xoanalar va burun-halqum gumbazi ustida joylashgan. Sagittal kesma o’tqazilganda, bo’shliqlar bir- biri bilan to’siq orqali ajralib turadi. Asosiy s uyak (oldindan va pas tdan ko’rinis hi.) 1- toj, 2- oldingi qirg’oq, 3- yuqori qirg;or, 4- orbital yuza,5- chakka yuzasi, 6-tangasimon qirg’og’i, 7- oval teshik, 9- qanotsimon o’siqning medial plastinkasi, 10- qanotsimon ilgak, 11- tanasi, 12- qanotsimon o’siqning lateral plastinkasi, 13- asosiy suyakning uchi, 14- qanotsimon o’siq, 15- o’rtasi( ko’kragi), 16- chig’anoq, 17- chakka osti qirrasi, 18- dumaloq teshik, 19- yonoq qirg’og’i, 20- kichik qanot, 21- asosiy bo’shliqni teshigi 1. Oldingi devori 2 qismdan iborat: g’alvirsimon va burun. G’alvirsimon, yoki yuqori qismi g’alvirsimon orqa hujayralariga to’g’ri keladi. Gohida oxirgi hujayra asosiy bo’shliq ichida joylashishi mumkin. Bunday joylashish asosiy bo’shliqda jarrohlik amaliyoti kerak bo’lsa g’alvirsimon bo’shliq orqali amalga oshirish mimkin. Asosiy bo’shliqni oldingi devorini burun qismi oldingi rinoskopiyada qiyinchiliksiz ko’rish mumkin. Oldingi devori birmuncha nozik bo’lib, burun qismida burun- halqum bilan bog’laydigan tabiiy shiqarish teshiklari joylashgan. 2. Orqa devori birmuncha qalin bo’lib ensa suyagining bazilyar qismiga to’g’ri kelib, orqa miya chuqurchasinig oldingi devori hisoblanadi. 3. Yuqori devori qalinligi 0,5 dan 6-7 mm gacha bo’lgan zich suyak to’qimasidan tuzilgan bo’lib, gipofiz bezi joylashgan turk egarini tubini hosil qiladi. U yerda yana egatcha bo’lib, unda ko’ruv nervining kesishmasi yotadi. Bu devor orqali asosiy bo’shliqda yiringli yallig’linish jarayonlari bo’lsa miyyaga o’tish ehtimoli bo’ladi, bu esa og’ir miyya ichi asoratlariga olib kelishi mumkin. 4. Pastki devori qalin (12mm) bo’lib burun- halqum gumbaziga to’g’ri keladi. 5. Lateral (yon) devorlari nozik bo’lib (1-2 mm), u bilan ichki uyqu arteriyasi va g’ovak sinus chegaradosh bo’lishi mumkin. Shu yerdan yana V juft bosh miya nerv tolasining I shoxi, III, IV, VI juft bosh miya nerv tolalari joylashgan. 6. Medial ( to’siq) devori bo’shliqni ikkiga bo’lib turadi. Ularda alohida chiqarish teshiklari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |