Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asaridagi ma’lumotlar ham hozirgacha o’z qimmatini yo’qotmagan



Download 44,06 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi44,06 Kb.
#199257
  1   2
Bog'liq
psix

O’tgan ajdodlarimiz Yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g'risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to’rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o’git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to’rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.

Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “SHarhlardan”, “Xikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to’g’risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “o’tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning uzun-qisqaligi to’g’risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog’laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.

Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir.

Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asaridagi ma’lumotlar ham hozirgacha o’z qimmatini yo’qotmagan.

AQSHlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.

SHu tariqa Yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga o‘rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. YUqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Yosh davrlarining tabaqalash nazariyalari.

Psixologiya fanida Yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritiladi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin. Quyidagi mazkur nzariyalar va ularning ayrim namoyandalar ifodalagan Yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko’rib chiqamiz.
Biogenetik nazariyada insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirish bosh maqsadi biologik determinantlrga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.

Rivojlanish jarayonining o‘zi, dastavval biologik universal bosqichich sifatida talqin qilinadi.

Biogenetik qonun F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun organning rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga i kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq unda organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonunlarga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.

YOshdavrlar psixologiyasida qo‘llaniladigan metodlar.

2. Qiyoslash va longityud metod.

3. Biografiya metodi va boshqa yordamchi metodlar.

Yosh davrlar psixologiyasi o‘rganadigan faktlarni muayyan psixologik usullar, metodlar hamda qoidalar yordamida tadqiq etadi. SHaxsning ontogenetik taraqqiyotida ro‘y beradigan psixik o‘zgarishlar, yangilanishlar, ularning kechishi, shart-sharoitlarini tadqiq etishda umumiy psixologiya metodlaridan keng foydadanadi. SHuningdek Yosh davrlar psixologiyasi o‘zining maxsus metodlariga ham egaki, ular orqali psixik o‘sish jarayonini uzluksiz, kompleks o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yosh davrlar psixologiyasida umumiy psixologiyaning kuzatish, eksperiment, anketa, test, so‘rov kabi metodlari hamda kompleks, biografik metod, longityud metod, egizaklar metodi, faoliyat maxsullarini tahlil qilish kabi maxsus metodlari qo‘llaniladi. Fan va texnika taraqqiyoti shaxs psixikasi taraqqiyotining xususiyatlarini eksperimental ravishda o‘rganish uchun murakkab va nozik asboblarni yaratish imkonini berdi. Eksperimental materiallar asosida asta-sekinlik bilan turli yoshdagi bolalar psixikasi taraqqiyotining qonuniyatlari aniqlana boshlandi.

Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasida psixologik qonuniyatlarni tekshirish qanday bosqichlarda olib boriladi?

Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa soxalari singari o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:



  1. Muammoning qo‘yilshi. Xar qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi.

  2. . Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar {bu metodlar xaqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jixatdan metodni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq bo‘ladi.

  3. . Ma’lumotlarni to‘plash. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoga mos bo‘lishi yoki ularni to‘plash maqsadga muvofiq ravishda olib borilishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo‘lgan asosiy talablar - bu ularning xolisona, to‘la va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoni har jixatdan tavsiflab berishi kerak,

  4. Ma’lumotlarni qayta ishlash. To‘plangan ma’lumotlarni matematik va mantiqiy jixatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va ularni tasodifiy ma’lumotlardan ajratash imkonini beradi. Bunda to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va xokazo), protsentlari aniqlanadi, sonlarga oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma va chizmalarda o‘z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qo‘llaniladi.



  1. Qonuniyatlarning ifodalanishi. Bu tadqiqotning bir muncha murakkab va masxuliyatli bosqichi xisobanadi. CHunki, bu bosqichda ma’lumotlarning moxiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o‘zaro bog‘liqligini xisobga olib, olingan ma’lumotdan xar turli xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar ta’miniy xarakterga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar uchun asos bo‘ladi.

  2. Qonuniyatni amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma’lum bir amaliyot sohasida qo‘llaniladi. Amalda qo‘llash aniqlangan qonuniyatning to‘g‘riligiga batamom ishonch xosil qilish imkonini beradi. Ko‘pincha o‘qituvchilar o‘z amaliy faoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo‘lmaydi, ya’ni, muammo aniqligi va teranligi bilan ajralib turmaydi.

Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasining maxsus metodlari qaysilar?

Psixolog B.G.Anan’ev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik, (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki natijalarni sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruxlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlarga bo‘linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifini keltiramiz.

Tadqiqot metodlarining birinchi-tashkiliy guruxi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz) kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruxlarni hamda ularning xar bir toifalarini) meditsina psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini) sport psixologiyasi (sportchilarning xolati, kuchliligi va ishchanligini) o‘zaro taqqoslash kabilarda unumli foydalaniladi.

Yosh davrlar psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligi kabilarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Yosh davrlar psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir vaqtda longityud (uzluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, xatto o‘n yillab tekshirishidir. Longityud metodidan foydalanib, nemis olimi V.SHtern, fransuz tadqiqotchisi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar tadqiqotlar olib borganlar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuxra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. SHuning uchun qator tadqiqotlarning «Ona kundaligi» (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejziz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni kuzatish, unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarining ichki bog‘lanish qonuniyati hamda mexanizmi to‘g‘risida mukammal ishonchli barqaror ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.

Xozirgi fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida) kompleks dastur asosida boshqa fanlar ( meditsina, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, filosofiya, logika va xakazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqazo etmoqda. Amaliy yo‘sindagi ilmiy tadqiqot ana shu ko‘p qirrali yondoshishni talab qiladi.

Psixologiya soxalarida (psixofiziologiya, kosmik psixologiya, meditsina psixologiyasi, injenerlik yoki aviatsiya psixologiyasi) tadqiqot ob’ektiga sistemali yondoshish prinsipi amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o‘rganilayotgan ob’ektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai-nazardan taxlil qilinadi yoki ularga turlicha yondoshiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jixatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, kompleks yondoshish ta’sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik keksayishning biologik omillarini o‘rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jixatlarini yoritishda xizmat qiladi.

Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam beradi.

Ilmiy tadqiqot metodikalarining ikkinchi guruxi empirik metodlaridan iborat bo‘lib, bu guruxga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat, intervg‘yu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tahlil qilish, tarjimai xol kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz va prognoz vazifalarni bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va ob’ektivroq tadqiq etish uchun kerak.



L.S.Vigotskiy,  P.P.Blonskiy,  S.L.Rubinshteyn,  A.N.Leontev,  B.G.Ananev, 
L.I.Bojovich  singari  yirik  psixologlarning  asarlarida  o’z  aksini  topa  boshlagan. 
Keyinchalik ushbu masala bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu  
boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy  manbai,  rivojlanishning  o’ziga  xosligi bo’yicha 
yondashuvda,  muayyan  darajada  tafovutga  ega.  Hozirgi  davrda  shaxsning 
rivojlanishi  yuzasidan  mulohaza  yuritilganda  olimlarning  ilmiy  qarashlarini 
muayyan  guruhga  ajratish  va  undan  so’ng  ularning  moshiyatini  ochish  maqsadga 
muvofiq.  Bizningcha,  ontogenezda  shaxs  taraqqiyotini  bir  necha  bosqichlarga 
ajratish  va  ularning  har  biriga  aloshida  ilmiy  psixologik  ta'rif  berish  nuqtai 
nazaridan yondashish quyidagi nazariya va yo’nalishlarni tashkil qiladi. Jumladan, 
rivojlanishdagi  inqirozga  binoan  (L.S.Vigotskiy),  motivasion  yondashish 
(L.I.Bojovich), faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin), shaxsning ijtimoiylasvi xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy), shaxsni tutgan 
pozisiyasini shisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. 
L.S.Vigotskiy  jahon  psixologlari  shaxsning  tuzilishi  va  rivojlanishiga  oid 
nazariyalarni  tanqidiy  tashlil  qilib,  kamolotni  vujudga  keltiruvchi  ruhiy 
yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi. 
1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi). 
2. Go’daklik davri - 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yaharlik inqiroz. 
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yaharlik inqiroz. 
4. Maktabgacha yoshdagi davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yaharlik inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yaharlik inqiroz. 
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yaharlik inqiroz. 
L.S.Vigotskiy  o’z  asarlarida  rivojlanishning  har  bir  davrining  o’ziga  xos 
xususiyatlariga chuqur ilmiy ta'rif bera olgan. Tadqiqotchi shaxsning rivojlanishida 
eng muhim ruhiy yangilanishlar yuzasidan  ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb 
etuvchi  mulohazalar  bildirgan.  Biroq  uning  fikrlari  ichida  o’ta  munozarali, 
bashsbob  o’rinlar  talaygina.  Hozirgi  zamon  psixologiya  fanida  L.S.Vigotskiyning 
shaxsning  rivojlanishi  nazariyasi  ilmiy,  tarixiy,  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etadi, 
taraqqiyotni  keltirib  chiqaruvchi  inqirozlarning  roli  to’g’risidagi  mulohazalari  va 
olg’a surgan g’oyalari shu kunning talabi bilan hamoshangdir. 
Sobiq  Sovet  psixologiyasining  yirik  namoyandasi,  L.S.Vigotskiyning 
shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo’lishda motivlarga  
asoslanadi,  shuning  uchun  bu  yondashuvni  motivasion  deb  yuritish  mumkin. 
L.I.Bojovich  mulohazasiga  binoan,  shaxsning  shakllanishi  ushbu  darajalardan 
iborat:  birinchi  bosqich  -  chaqaloqlik  -  tug’ilgandan  to  1  yoshgacha,  ikkinchi 
bosqich - motivasion tasavvur - 1 yoshdan 3 yoshgacha, uchinchi bosqich - "Men" 
ni  anglash  davri  -  3  yoshdan  7  yoshgacha,  to’rtinchi  bosqich  -  ijtimoiy  jonzod 
ekanligini  anglash  davri  -  7  yoshdan  11  yoshgacha,  beshinchi  bosqich:  a)  o’z-
o’zini  anglash  davri  -  12  yoshdan  14  yoshgacha,  b)  o’z  o’rnini  belgilab  olish 
(topish) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
L.I.Bojovich  shaxs  shakllanishining  har  bir  bosqichini  psixologik  tavsifini 
berib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, manbalar, turtkilar, mexanizmlar negizini 

ochib berishga harakat qilgan. Olima fikrining yo’nalishi shaxs psixologiyasi bilan 


uzviy  bog’liq  bo’lib  motivasion  yondashuvga  bevosita  tashlil  va  harsh 
bo’ysundirilgan. 
D.B.Elkoninning  shaxs  shakllanishi  klassifikasiyasi  yetakchi  faoliyat 
nazariyasiga  (A.N.Leontev  ta'limotiga)  asoslanib,  har  bir  taraqqiyot  pallasida  u yoki  bu  ko’rinishdagi  faoliyat  ustunlik  qilish  eshtimoliga  suyanadi.  Insonnig shaxs sifatida kamol topishi jarayonidagi yetakchi faoliyat roli ushbu nazariyaning asosini  tashkil  qiladi.  D.B.Elkonin  shaxs  shakllanishining  quyidagi  bosqichlga ajratadi: 
1)  go’daklik  davri  -  tug’ilgandan  to  1  yoshgacha;  asosiy  faoliyat  -  bevosita 
emosional muloqot, 
2)  ilk  bolalik  davri  -  1  yoshdan  to  3  yoshgacha;  asosiy  faoliyat  -  predmet  bilan 
manipulyasiya (nozik harakat) qilish, 
3) maktabgacha davri  - 3 yoshdan to 7 yoshgacha; asosiy faoliyat  - rolli o’yinlar, 
asosiy faoliyat - o’qish, 
4) kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan to 15 yoshgacha; asosiy faoliyati - shaxsiy 
ichki (intim) muloqot, 
5)  katta  o’smirlik  yoki  ilk  o’spirinlik  yosh  davri  -  16  yoshdan  to  17  yoshgacha; 
asosiy faoliyat - o’qish-kasb tanlash. 
D.B.Elkoninning  shaxs  shakllanishi  bosqichlari  muayyan  ko’lamdagi 
psixologlar  tomonidan  iliq  qarshi  olinishiga  qaramasdan,  ma'lum  darajada 
munazarabob  o’rinlar  yo’q  emasligini  e'tirof  qilindi. Bizningcha,  har bir davrning o’ziga  xos  xususiyatlari  faqat  aloshida  olingan  faoliyat  doirasi  ta'siri  bilan 
chegaralanib  qolmasligi,  balki  oraliq  bosqichlari  ham  mavjudligi  va  undan  kelib chiqqan  holda  ruhiy  yangilanishlarda  ham  o’zgarish  bo’lishi  eshtimoldan  sholi 
emas. Shunga qaramasdan, D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida eng ommaboplardan biri bo’lib qolmoqda. 
Bolalar  psixologiyasi  fanining  yirik  namoyandasi  A.A.Lyublinskaya  shaxs taraqqiyotini muayyan bosqichlarga ajratishda pedagogik psixologiya 
pozisiyasidan  turgan  holda  faoliyat  nuqtai  nazardan  unga  yondashadi,  ma'lum 
davrlarga ajratadi va ularni atroflicha harshlab berishga intiladi. 
1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan to bir oylikgacha. 
2. Kichik maktabgacha davri 1 oydan to 1 yoshgacha. 
3. Maktabgacha yoshidan oldingi davr - 1 yoshdan to 3 yoshgacha. 
4. Maktabgacha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 
5. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri - 7 yoshdan to 11 (12) yoshgacha. 
6. O’rta sinf o’quvchisi davri (o’smirlik) - 13 yoshdan to 15 yoshgacha. 
7. Yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 18 yoshgacha. 
Pedagogik  psixologiyaning  taniqli  namoyandasi  V.A.Kruteskiy  insonning 
ontogenetik  taraqqiyotini  mana  bunday  bosqichlardan  tarkib  topish  eshtimoli 
mavjudligini asoslab berishga harakat qiladi. 
1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan to 10 kunlikgacha). 
2. Go’daklik davri (10 kunlikdan to 1 yoshgacha). 
3. Ilk bolalik davri (1 yoshdan to 3 yoshgacha). 
4. Bog’chagacha bo’lgan yosh davr (3 yoshdan to 5 yoshgacha). 

5. Bog’cha yosh davri (5 yoshdan to 7 yoshgacha). 


6. Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan to 11 yoshgacha). 
7. o’smirlik yosh davri (11 yoshdan to 15 yoshgacha). 
Negadir  mualliflarning  aksariyati  ontogenezda  shaxsning  rivojlanishini 
qolgan bosqichlarini shisobga olmaydilar. Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli 
vakili  A.V.Petrovskiy  inson  taraqqiyotiga  shaxsni  tarkib  toptirishning  sosial-
psixologik  nuqtai  nazardan  yondashib,  o’ziga  xos  original  klassifikasiyasini 
yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish  g’oyasi yotganligi 
sababli  bolalik,  o’smirlik,  o’spirinlik  davrlari  yotadi,  xolos.  A.V.Petrovskiygacha 
psixologlar  taraqqiyotning  bir  tekis  jishatini  olib  o’rgangan  bo’lsalar,  bundan 
o’laroq  u  shaxs  shakllanishining  prososial  (ijtimoiy  qoidalarga  rioya  qilib)  va asosial  (aksijtimoiy)  bosqichlari  mavjud  bo’lishi  mumkinligini  dalillab  berishga harakat  qiladi.  Shuning  uchun  taraqqiyot  uchta  makrofazadan  iborat  ekanligini harshlab,  uning  birinchi  turi  bolalik  davriga  to’g’ri  kelib,  ijtimoiy  mushitga moslashish,  ko’nikish  (adaptasiya),  ikkinchisi  o’smirlarga  xos  individuallashish (individualizasiya),  uchinchichi   o’spirinlik,  ya'ni  etuklikka  intilish  davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan 
tavsiflanadi.  A.V.Petrovskiy  shaxsning  shakllanishini  quyidagi  bosqichlardan 
iborat bo’lishini ta'kidlab o’tadi. 
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgacha. 
2. Bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha. 
4. o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
A.V.Petrovskiyning  klassifikasiyasi  qanchalik  takomil  darajada  bo’lmasin, 
taraqqiyotning  oraliq  bosqichlari,  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlari  mavjudligini 
e'tirof  etishga  moyildir.  Chunki  ijtimoiy  qoidalarga  binoan  o’sishmi  yoki 
aksilijtimoiymi  unga  qaramasdan,  har  ikki  yo’nalishning  ham  oraliq  jabshalari 
bo’lishi eshtimoldan xoli emas, lekin bu g’oyani chuqurroq harshlab berish joiz. 
D.I.Feldshteyn  klassifikasiyasi  ham  shaxsga  ijtimoiy  yondashuvga 
asoslangan  bo’lsa  ham,  lekin  u  A.V.Petrovskiynikidan  keskin  farq  qiladi. 
D.I.Feldshteynning  fikricha,  insonni  shaxs  sifatida  shakllanish  jarayonida  ikkita 
katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - "Men jamiyat ichida" degan 
pozisiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi: 
1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha, 
2) kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha, 
3) yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
Shaxs  taraqqiyotidagi  ikkinchi  pozisiya  "Men  va  jamiyat"  deb  nomlanib,  u 
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:  
1) go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha, 
2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha, 
3) o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha. 
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o’laroq, o’smirlik davrini uch 
bosqichga  ajratadi.  Uning  mulohazasiga  ko’ra,  birinchi  bosqich  (10-11  yosh) 
o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida shis qilish va 


qat'iy  qarorga  kelish  bilan  yakunlanadi.  Ikkinchi  bosqich  12-13  yoshdagi 


o’smirlarni o’z ichiga olib, bir tomondan,  o’zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi 
tomondan, o’ziga salbiy munosabatda bo’lish xususiyatiga ega.  
Uchinchi  bosqich  14-15  yoshli  katta  yoshdagi  katta  o’smirlardan  iborat 
bo’lib, tezkorlikda o’z-o’zini basholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi. 
Bolalarda  "Men  jamiyat  ichida"  pozisiyasi  ilk  bolalik,  kichik  maktab 
yoshidagi, yuqori sinf o’quvchilik davrlarida faollik keng ko’lamda quloch yoyadi,  
chunki mazkur taraqqiyot bosqichida faoliyatning amaliy predmetli jishatlari jadal 
o’sishda bo’ladi. Ularda "Men va jamiyat" pozisiyasi vujudga kelishi maktabgacha 
tarbiya  yoshi,  o’smirlik  davrlariga  to’g’ri  kelib,  ular  tomonidan  ijtimoiy  xatti-
harakatlarning  normalari  va  qoidalarini  o’zlashtirish,  shaxslararo  munosabat 
o’rnatish,  o’zaro  muloqotga  kirishish  xususiyati  bilan  tavsiflanadi.  Ana  shu 
murakkab  sosial-psixologik  holatlarga  asoslangan  holda  D.I.Feldshteyn  bolaning 
ijtimoiy  taraqqiyotida  uning  jamiyatga  nisbatan  munosabatining  asosiy  (bosh)  va 
oraliq toifalarga ajratadi.  
Bolada jamiyatga nisbatan oraliq munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, 
individuallashuvning  tarkibiy  qismlarini  egallash  va  bir  davrdan  ikkinchisiga 
o’tishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Asosiy  (bosh)  munosabat  -  shaxsning 
rivojlanishida  keskin siljish nuqtalarining paydo bo’lishi,  ichki  sifat 
o’zgarishlarining  vujudga  kelishi  va  unda  yangi  xislatlarni  tarkib  topishining 
mashsulidir. 
Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi 
nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izoshlab berish  imkoniyatiga  ega  emas.  Lekin  u  ta'lim-tarbiya  sifatini  oshirishga  va 
takomillashtirish  jarayoni  (faoliyati)  ga  ijobiy  ta'sir  o’tkazish  xususiyati  bilan 
amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Shunday  qilib,  hamdo’stlik  mamlakatlari  psixologlari  tomonidan  bir  qator 
puxta  ilmiy-metodologik  negizga  ega  bo’lgan  shaxsning  rivojlanishi  nazariyalari 
ishlab  chiqilgan.  Ularning  aksariyati  ontogenezda  shaxsning  shakllanishi 
qonuniyatlarini  ochishga  muayyan  hissa  bo’lib  xizmat  qiladi,  amaliy  va  nazariy muammolarni  yechishda  keng  ko’lamda  qo’llaniladi.  Ammo  ontogenezda 
shaxsning  shakllanishi  va  rivojlanishi  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi  nazariya 
yaratish mavrudi yetib keldi. 
 
Download 44,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish