1. 7. GAZ SARFINING MAVSUMIY O‘ZGARISHLARINI
ROSTLASH
Gazning sarfi soat, kun va yil davomida o‘zgarib turadi. Magistral gaz
quvurlaridan o‘tayotgan gazning miqdori o‘zgarmas. Shuning uchun
iste’mol kamaygan vaqtda ortiqcha gazni biror joyda saqlab, iste’mol
ko‘paygan vaqtda yig‘ilgan gazni gaz quvuridan kelayotgan gazga
qo‘shib, iste’molchilarning maksimal ehtiyojini qoplashga yuboriladi.
Gaz ishlatish notekisliklari soatlik, sutkalik va mavsumiy bo‘ladi. Sut-
kalik notekislikda kechasi sarf kamayadi, kunduzi oshadi. Buni qoplash
uchun magistral gaz quvurlarining shaharga yaqin joydagi geometrik
hajmidan foydalaniladi, ya’ni kechasi shaharda sarf kamayganda ma-
gistral quvurdan kelayotgan gaz unda yig‘ilib, quvurdagi bosim oshib
boradi, ya’ni gaz yig‘iladi. Kunduzi esa sarf oshganda, yig‘ilgan gaz
iste’molchilarga berilib, magistral gaz quvurlaridagi ortiqcha bosim
pasayadi.
Mavsumiy notekislikni qoplash uchun esa yer osti gaz omborlaridan
foydalaniladi. Gaz omborlari sifatida yirik shaharlar yaqinidagi gaz-neft
konlaridan foydalanish mumkin. Agarda bunday eski konlar bo‘lmasa,
geologik qidiruv ishlari bilan shahar yaqinidan g‘ovak, suvli yer osti
strukturalari aniqlanib, ular yer osti gaz ombori (podzemnoye xranilishe
gaza PXG) sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda g‘ovak qatlamlari-
ning tepa qismi mustahkam, zich qatlamdan iborat bo‘lishi kerak. Bu
omborlarga yoz paytida ortiqcha gaz qamalib, kuz va qish paytida gaz
iste’moli oshganda, yig‘ilgan gaz magistral gaz quvuridan kelayotgan
gaz bilan birga iste’molchilarga beriladi. Bundan tashqari, o‘tgan
asrning elliginchi-oltmishinchi yillarida gaz saqlash uchun gazgolder
stansiyalari qurilgan. Ularda 0,8 – 1,1 MPa bosimga mo‘ljallangan
silindirsimon yoki sharsimon po‘lat sisternalardan foydalanilgan. Gaz-
golder stansiyalari ham faqat sutkalik va soatlik notekislikni qoplashga
ishlatilgan. Hozirgi paytda bunday stansiyalar ishlatilmaydi, chunki ular
xavfli, ko‘p metall sarflanadi. Hozirgi davrda yirik shaharlar oldida,
asosan, yer osti gaz omborlari qurilgan.
Yer osti gaz omborlari nisbatan xavfsiz va ko‘p miqdorda gaz saq-
lashga xizmat qiladi. Ularni qurish va jihozlash uchun ko‘p mablag‘
sarf qilinadi. Yer osti gaz ombori qurish uchun yer osti strukturasining
20
g‘ovakligi 15 % dan kam bo‘lmasligi kerak hamda g‘ovak qatlam
ustidagi zich qatlamning qalinligi 15 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Gaz iste’moli mavsumiy notekisligini qoplash uchun gazda mav-
sumiy ishlaydigan sanoat korxonalari va issiqlik elektr stansiyalaridan
foydalaniladi. Bunday korxonalar yoz faslida gazda ishlaydi, lekin
isitish davri boshlanishi bilan rezerv yoqilg‘i (ko‘mir yoki mazut)
yoqishga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |