4
Bunchalik katta merosga ega bo„lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning
uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha
olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to„plagan hayotiy tajribalari, diniy,
ahloqiy, ilmiy qarashlarini o„zida mujassam etgan bu nodir qo„lyozmalarni
jiddiy o„rganish davri keldi. CHunki o„zingizga ma‟lum, Sovetlar davrida
tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag„batlantirilmas edi,
hukmron mafkura
manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko„zidan iloji boricha yiroq
saqlanardi
1
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan
biri-o„zbek xalqining ma‟naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi
uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi.
O„zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo„yganidan buyon o„tgan yillar
davomida ma‟naviy sohada yuz bergan o„zgarishlarning eng muhimi, xalqning
uzoq yillar mobaynida to„plagan boy tarixiy-ma‟naviy merosiga e‟tiborning
kuchayishi bo„ldi.
Mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor
bo„lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan bo„lsa-da, xalq o„zligini yo„qotmadi,
o„zining boy ma‟naviy merosini avaylab saqlab va boyitib keldi. Ayniqsa,
so„nggi mustamlakachilik davrida ma‟naviy merosga sinfiy nuqtai nazardan
yondashish oqibatida
milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz progressiv va
reaksion bloklarga bo„lindi. Reaksion deb baholangan milliy qadriyatlarimiz,
odatlarimiz va an‟analarimiz qoralandi, tanqid ostiga olindi. Ko„pgina tarixiy
yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi, kitoblar va qo„lyozmalarni
nashr etish,
o„rganish man etildi yoki e‟tiborsiz qoldirildi.
Biron-bir jamiyat ma‟naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma‟naviy va
ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o„z
istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
1
И.А.Каримов. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ» Тошкент., «Шарқ». 1998 й. Б.3-4.
5
Xalqimizning madaniy qadriyatlari, ma‟naviy merosi ming yillar
mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma‟naviyat manbai bo„lib xizmat
qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay,
O„zbekiston xalqi avloddan-avlodga o„tib kelgan o„z
tarixiy va madaniy
qadriyatlarini hamda o„ziga xos an‟analarini saqlab qolishga muvaffaq bo„ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko„p
asrlar mobaynida yaratib kelingan g„oyat ulkan, bebaho ma‟naviy va madaniy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko„tarilgan nihoyatda muhim vazifa
bo„lib qoldi»
1
Ma‟naviy meros qadimiy zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-
bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma‟naviy boyliklar, siyosiy-falsafiy
huquqiy
va diniy qarashlar, ahloq-odob me‟yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy,
badiiy va san‟at asarlari majmuidir. Ma‟naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy
yo„l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o„sha davr hayotini aks
ettiradi, u hayot o„zgarishi bilan yo„qolib
ketmaydi, keyingi avlodlari uchun
ma‟naviy meros bo„lib qoladi. Har bir avlod madaniyatini yangidan yaratmaydi,
ma‟naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo„lsa, shundayligicha, ko„r-
ko„rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik,
insonparvarlik, adolat nuqtai
nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini biz asosan rivojlangan o„rta asrlarda ya‟ni
xonliklar davri tarixini o„rganishda muxim manbalarga tayanib, fors-tojik tilidagi
manbalarga tarixiy-jug„rofiy va adabiy asarlar asosida yozishga xarakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: