Kurs ishi tuzilishi.Kirish,2bob,xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat.
I bob. Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashning nazariy asoslari
1.1. Ta’lim jarayonidagi integratsiyalashning ilmiy-nazariy jihatlari
So'nggi o'n yilliklar ichida ta'lim falsafasi shunday ilmiy yo'nalishga aylandiki, u insonning ta'lim olish jarayonida yaxlit in-tellektual rivojlanishi borasidagi savolga javob taklif etmoqda. Ta'lim olayotgan yosh insonning rivojlanish sharoitidagi qarama-qarshilikni amaliyotdagi pedagoglar aniqlashgan. Fan o'qitishdagi integratsiya bo'yicha ularning taklifi tashqi birikish xarakteriga ega, aslida esa fanlarni integratsiyalashni chu-qur metodologiya asosida o'tkazish zarur.
Yangi rivojlanayotgan fan mazmunida turli falsafiy oqimlarda paydo bo'lgan g'oya va metodlar birlashuvi ehtimoli bor. Ta'lim falsafasi tomonidan nafaqat tabiiy moslashuv, balki kontinental moslashuv ham o'zlashtirilmoqda.
Olimlardan T. Kun va V.S. Stopin bu boradagi ishlari nati-jasida falsafa tabiat va madaniyat haqidagi fanlarni birlashtirdi. Shunday qilib, fizika modellariga zamonaviy inson ongi murojaat etuvchi ilg'or fanga aylandi. XX asr o'rtalarida ilg'or fanlar orasida kibernetika yuqori o'rin egalladi. Kibernetikada o'zlashtirilgan prinsiplar o'z qo'llanishini anorganik olamdagi hodisalarni tu-shuntirishda biologiya, texnikada topdi.
Noklassik fizikadagi N. Borning qo'shimchalilik prinsipi awal olimlar tomonidan umumiy tabiat qonuniyatlarini ifodalovchi falsafiy prinsip, deb aniqlangan edi. Bu esa kelgusida boshqa fanlar rivojlanishiga asos soldi. Qonuniyatlar majmuasi shakllanish vaq-tiga kelib, fan ko'p qirrali bo'la boslilaydi, inson tasviri ko'proq gavdalanadi. Integratsiya jarayonini kuchaytirishga, insoniyat taj-ribasini tartiblashtiruvchi madaniyat toifalarini izlashga zaruriyat tug'iladi. Zamonaviy falsafa taqdim etgan integratsiyaning poy devor tarkibiy element!ariga dunyoqarash mukammalligi kiradi. Ular ma'noni anglash, tushunish va insonning dunyoni ko'rish usulini belgilaydi.
Yosh insonning ijtimoiylashuviga maorif tizimi yordamida ushbu madaniyat turiga kiritish unda dunyoqarash mukammal-liklarini o'zlashtirishga sharoit yaratilganda erishish mumkin. In-dividni madaniyatga kiritish, shaxsni shakllantirish uchun dunyo manzarasini to'liq o'zlashtirishni taqozo etadi. Mukammallikiar asosidagi matritsalar turli aniq faoliyat, bilim, ideal, shaklga asos bo'ladi.
Dunyoqarash mukammalliklar tizimi dunyoni umumiy ta'rif-lovchi toifalarni o'z ichiga oladi. Ular tabiat, ijtimoiy obyektlarga, jonli va jonsiz tabiatga, inson va uning jamiyatdagi hayotiga, ma'naviyatiga, ongiga kiradi. Universal toifalar universal qo'llanish imkoniga ega. Bu toifalar: kenglik, vaqt, harakat, miqdor, sifat, sabab, tasodif, shaxs, inson, jamiyat, men, boshqalar, ong, go'zallik, ishonch, adolat, erkinlik va h.k.
Bo'limlarga bo'lingan ta'lim mazmunidagi mukammalliklar uning barcha qonuniyatlarini qamrab olishi lozim. Mukammal-liklarning integratsion ahamiyati madaniyatning barcha yo'na-lishlarida namoyon bo'ladi. Ularning o'zlashtirilishi istalgan fanni o'rganishda o'zini ko'rsatadi. Ular yordamida madaniyat, ijtimoiy tajriba insondan insonga, bir avloddan ikkinchisiga o'tadi. Madaniyat mukammalligi ushbu modelda inson ongining tuzilishi element! shaklida aks etadi.
Madaniyat mukammalligi mazmuni individ tomonidan uning ta'lim olish jarayonida, shaxsiy shakllanishida, tarbiyasida va jamiyatdagi hayotida o'zlashtirilishi lozim. Ular uning ichki in-tellektual salohiyati va tashqi olamdagi xatti-harakatining quri-lish materiali bo'lib xizmat qiladi. Ong dunyosi va amaliy dunyo bog'liqligi falsafaning rivojlanish darajasiga qarab, unda metaforik fikrlashida aks etadi.
Madaniyat mukammalligini falsafiy o'zlashtirish bosh shak-lidagi yo'li turli ijtimoiy-madaniy yo'lanishlarda namoyon bo'ladi. Ta'lim falsafasi dunyoni ma'naviy o'zlashtiradi. Adabiyot, madaniyat faoliyat yo'nalishlari kabi ma'naviy ishlab chiqarish va mukammalliklarini aniqlab berishdek murakkab jarayonlar amalga oshirildi. Farq shundaki, ta'lim falsafasida bu hodisa professional darajada, metodologik jihozlangan tartibda ro'y beradi. Kundalik fikrlash, ma'naviy anglash falsafiy madaniyat mukammalliklarining birlamchi shaklida paydo qiladi. Tahliliy ishlar mobaynida universal toifalar mazmuni murakkablashadi. Bu asosda yetarli murakkab va o'ziga xos falsafiy g'oya komplekslari rivojlanadi.
Falsafa maydonida bo'la turib, toifalar anglash dunyosi obyek-liga aylanadi. Madaniyat mukammalligi falsafiy tahlil doirasida fikriy tajribalar o'tkazish mumkin bo'lgan o'ziga xos ideal ob-yektga aylanadi.
Tabiat, jamiyat, inson o'zining real dunyosi ma'naviy tahlili uchun ideal obyektlar bilan ishlash zaruriyati shunga olib kela-diki, bu obyekt fikrlash metodlariga bog'liq bo'ladi. Mukam-mallik anglash jarayonida moddiy ta'sirlanishga uchraydi. Nati-jada paydo bo'lgan toifa turi faqatgina ta'siri universal toifalarni aniqlashga olib kelgan haqiqatnigina aks etmay, balki fikrlashning ideal yo'nalishini ko'rsatadi.
Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog'lanish aso-sida ta'lim jarayoni integratsiya yo'llarida izlanishlar davom et-moqda. Olib borilayotgan ishning foydaliligini tan olgan holda uning xarakterini belgilab o'tamiz. Bunday tarbiyaviy ish katta samaraga ega. Mazmun va ta'lim maqsadi integratsiyasi bo'yicha masala faqat ta'lim falsafasi asosida yechish mumkin. Metodologik apparat asosidagi ta'lim falsafasi boshida fanning ideal shakl-lari, universal toifalari turishi kerak.
Integratsiya rusum ham, navbatdagi kompaniya ham emas. U shunday an'analar aksiki, ular bugun inson faoliyatining barcha sohalarini ta'riflab beradi. Bu faoliyat kengliklari o'zgardi, davr-ning dolzarb muammolari tug'ildi. Ular tabiat va inson yagona lizim va bog'liqlikda mavjudligini yodga solib, inson yashashi uchun ilmiy asoslangan foydalanishning tashkilini talab qiladilar.
Zamonaviy tabiatshunoslik va texjiikaning insonparvarligini, odamzod faoliyatining barcha turlarini o'z ichiga olgan bu fanlar metodologiyasidagi o'zgarishlar bilan bog'lash kerak.
Fanni anglash jarayonida ijtimoiy insonparvarlik, tabiiy-ilmiy, texnik bilim metodologiyalari o'zaro bog'lanishda ko'rinadi. Ay-nan integratsiya asosida tabiiy fanlar bioolam ko'rsatmalaridagi, inson faoliyatini o'rganishdagi, davrning dolzarb muammolarini yechishda ko'rinadi.
Xullas, bu tafovut munosabatlar o'zgarishida va barcha mak-lab talablarining umummadaniy bilimlarida namoyon bo'ladi. Integratsiya tabiiy-ilmiy ta'lim mazmuni insonparvarlashuvining
asosiy mexanizmi bo'lib chiqadi. Hozirgi kunda tabiiy-ilmiy ta'lim ahamiyatini baholab xulosalash mumkinki, u tabiiy-ilmiy haq-qoniylik va insonparvar ideallar birga bo'lishiga da'vat etadi. In-tegratsion yondashuv qo'llanishi tabiatshunoslik va tevarak-atrof bilan tanishuv kursida ko'rsatilgan.
Ilg'or g'oya, prinsip va vazifalar. Bu kursning konsepsiyasi ishlanmasida bizning zamonda ta-biat-inson tizimida o'quvchilar tushunchasi asoslangan bo'lishi kerak. Ma'naviy ekologik tushuncha bo'lmog'i lozim, faqatgina tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish inson kelajagi xavfsizligini ta'minlashini tushuntirmoq lozim. Bunday yon-dashuvning ilg'or g'oyalariga birdamlik, maqsadga yo'naltiril-ganlik, inson va tabiat uzviyligi, inson-tabiat tizimining samoviy belgilanganligini anglash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |