1 – SINF
“Sehrli boqqa sayohat” mavzusida musobaqa darsi.
Bu musobaqa darsida o‘quvchilar uchta guruhga bo‘linadi va guruh
boshliqlari tayinlanadi.
Ifodalar tuzish va yechish.
1. Bu o‘yinda uchala guruhdagi hamma o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Ularning har biri 10 ichida qo‘shish va ayirishga doir ifodalar yuzib
yechishadi.
Masalan:
3-1=4 6-1=5 4-2=6
8-2=10 10-3=7 5-2=7 va hokazo.
Ifoda tuzib, ishlab bo‘lgan o‘quvchilar ikkitalab to‘g‘ri va teskari sanashadi.
O‘quvchilar tuzgan ifodalarning yechimi tekshirilib, yutuq va kamchiliklari
ko‘rsatiladi. Ifodalarni to‘g‘ri hisoblagan guruhga qizil yulduzcha, bitta xatto
qilgan guruhga ko‘k yulduzcha, bitta guruhga ko‘k yulduzcha, ikki va undan ortiq
xato qilgan guruhga sariq yulduzcha beriladi.
2. O‘quvchilarga ―Tun‖ so‘zi aytilishi bilan bolalar boshlarini parta ustiga
qo‘yadilar. O‘qituvchi ertak aytadi:
- Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir sehrli bog‘bo‘lgan ekan.
Bog‘da daraxtlar qishin – yozin ko‘m – ko‘k bo‘lib, mevalari pishib yotarkan.
Qo‘llarida oltin baliqlar suzib yurarkan, - deb sinf taxtasiga uzum, nok va olmalari
pishib turgan daraxtlar hamda uning yoniga qo‘l qo‘yadi.
Bolalarga ―Kun‖ deyilishi bilan ular uyg‘onishadi.
O‘quvchi sinfdagi ayrim ―Bilmasvoy‖ o‘quvchilarga ishora qilib:
- Bolalar, ularga yordam beramiz?
- Ha, yordam beramiz!
Endi har bir guruh uchun sehrli boqqa bittadan uycha qurib olamiz.
O‘qituvchi uychaga misollarni yozib qo‘ygan bo‘ladi. O‘quvchilar
misollarning javobini qalam bilan yozadilar.
Uychadagi misollarning tez va to‘g‘ri yechilganligiga qarab, guruhlarga
yulduzchalar beriladi.
3. Daraxt bargi uzilib, uning orqasiga yozilgan topshiriqlarni og‘zaki
bajarish.
Topshiriqlarni to‘g‘ri bajargan o‘quvchi daraxtdagi olma va nokdan olib
o‘tiradi. Barg orqasida noma‘lum sonni topishga doir misollar yozilgan bo‘lishi
ham mumkin.
Bunda navbati bilan har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqadi. Qaysi guruh
o‘quvchilari olma va noklardan ko‘p olgan bo‘lsa, o‘sha guruh qizil yulduzcha,
qolganlari ko‘k va sariq yulduzcha olishadi.
3-2= 4-2=
6-2= 8-2=
5-2= 3-2=
6-2= 4-2=
3-2= 4-2=
6-2= 8-2=
5-2= 3-2=
6-2= 4-2=
3-2= 4-2=
6-2= 8-2=
5-2= 3-2=
6-2= 4-2=
70
4. Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
Ikki bizga do‘st emas,
Uchni yomon ko‘ramiz,
―4‖ bo‘lsa ham mayliga,
―5‖ dir bizning do‘stimiz.
5. Guruh boshliqlarining musobaqasi.
Bunda guruh boshliqlari rasmli varaqlardan tanlab olib, rasmdagi sonlar
ishtirokida 5 tadan misol tuzib yechishadi.
6+3=9 4+3=7 4+2=6
3+6=9 3+4=7 2+4=6
9-3=6 7-3=4 6-2=4
9-6=3 7-4=3 6-4=2
6-3=3 4-3=1 4-2=2
Misollar tekshirilib baholanadi.
Dars so‘ngida guruhning olgan yulduzchalari va mevalariga qarab yutuq va
kamchiliklari aytilib, egallagan o‘rinlari e‘lon qilinadi.
Dars faol qatnashgan har bir guruh o‘quvchilariga ―5‖ ball beriladi.
Vazifa: 2 ni qo‘shish va ayirish jadvalini yod olish. Bunday darslar
o‘quvchilarning faolligini oshiradi. O‘quvchilar o‘z guruhlarining g‘olib
bo‘lishi uchun harakat va navbatdagi darslarni orziqib kutadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |