Yuristning nutq



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

3-§. Huquq va til
H ar qanday ijtim oiy aloqa, flkrlashuv va m uloqot, 
jumladan, barcha huquqiy munosabatlar ham til orqali 
n a m o y o n b o ‘la d i. T ilsiz fik rn i ifo d a la sh m u m k in
bo‘lmaganidek, til ham o ‘z ifodasini flkrsiz shakllantira 
olmaydi. Binobarin, huquq insonlaming asosiy ehtiyojlari va 
manfaatlarini ta’minlaydigan, kafolatlaydigan vosita bo'lsa, 
til ana shu huquqning voqe bo‘lishida, reallashuvida asosiy 
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqqa oid har qanday fikr, tushuncha, belgi, harakat- 
hodisa va munosabat so'zlarda o ‘z ifodasini topadi, ya’ni 
so‘zlardan, iboralardan, atama va terminlardan tarkib topgan 
ifoda qolipiga, ifoda shakliga tushm aguncha m unosabat, 
ijtimoiy aloqa, muomala (flkrlashuv) yuzaga chiqmaydi. 
Fikrning, xususan yuridik fikming voqeligi ham, mavjudligi 
ham tilda namoyon bo‘ladi. Tilsiz, so‘zsiz hech qanday aniq 
va tayyor holdagi yuridik fikr bo‘lmaydi. Yuridik tilda fikr 
so'zlar, terminlar va bular ishtirokida tuzilgan muayyan 
sintaktik qurilmalar - gap modellari orqaligina shakllanadi 
va nutqda o‘z ifodasini topadi: til huquqning «yashash» shartidir. 
Shuning uchun ham til va huquq jamiyatga xizmat qiluvchi 
ijtimoiy, m a’naviy-ma’rifîy va ruhiy hodisalar hisoblanadi, 
til huquqqa ruh baxsh etadi.
Darhaqiqat, til yuristning tafakkur yuritish quroli bo‘libgina 
qolmasdan, balki huquqqa oid o ‘tmish bilimlami hozirgi 
avlodga yetkazish, huquqiy 
m e ’y o r la r
bilan fuqarolarni 
tanishtirish quroli hamdir. Bugungi boy m a’naviy merosimiz 
bo‘lgan huquqqa oid barcha bilim va ta’limotlaming mavjudligi 
va «tirikligi» ham til tufaylidir.
13


Demak, huquq tarmoqlariga oid kashfiyotlaming sifati, 
qonunlaming ustuvorligi bevosita bamisoli umm on bo‘lgan 
til vositalaridan mohirona foydalanishga ham bog‘liqdir. 
Huquqiy demokratik jamiyatni shakllantirish sari amaliy 
qadamlar qo‘yilayotgan hozirgi jarayonda inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash, qonunlaming ustuvorligiga erishish, 
davlat boshqaruvining izchil va mukammal tizimini joriy etish 
bilan bog‘liq islohotlar ketayotgan bir paytda qonunlar tili 
va uslubi, yuridik terminologiya, yurisprudensiya tarmoqlariga 
oid darslik va qo‘llanmalarning «yangi avlodi»ni yaratish eng 
dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi.
M u sta q il d a v la tc h ilig im iz y a n a d a ta k o m illa s h a
borayotganligi tufayli inson huquqlari bilan bog‘liq xilma- 
xil qonunlaming qabul qilinishi, o ‘z navbatida, huquqqa oid 
minglab yangi terminlaming yuzaga kelishiga ham sabab 
bo‘lmoqda, chunki ijtimoiy hayotda har qanday tushuncha 
yoki hodisaning tug‘ilishi uning in’ikosi sifatida terminlaming 
boyishiga sabab bo‘ladi. Biroq yuzaga kelayotgan huquqqa oid 
tushunchalar, tilda so‘z yoki termin sifatida o‘z in’ikosini topar 
ekan, u la r m illiy tiln in g o ‘z q o n u n iy a tla ri asosida 
ifodalanmog‘i va shakllanmog‘i shart. Aytaylik, tanlanayotgan 
va kundalik muloqotga kirib borayotgan yuridik terminlar 
v o q e a -h o d isa va b e lg i-tu sh u n c h a n in g an iq n o m in i 
ifodalayaptimi, boshqa tillardan o'zlashayotgan terminlaming 
o ‘zbek tilidagi muqobili adabiy til m e’yorlariga muvofiq 
kelayaptimi yoki yo‘qmi? Bu masalalar yuristlar bilan 
filologlar hamkorligida o ‘zining aniq yechim ini topsa, 
maqsadga muvofiq b o ia d i. Bo‘lajak yuristlarim izning 
davlatchilik, qonunchilik hamda yurisprudensiya tarmöqlariga 
oid bilimlami davlat tili zaminida, shu tilning o ‘ziga xos 
qonuniyatlari, uslubiyati va terminologiyasi bilan uzviy bog‘liq 
holda o‘rganmoqlari hayot taqozosidir.
Davlatimizda huquqiy islohotlar o‘tkazilayotgan hozirgi 
sharoitda qonunlar tili va uslubi, huquq terminologiyasi 
muammolari hamda zamonaviy yuristning nutq madaniyati
14


masalalari muhim ahamiyatga ega. Har qanday islohotlar 
qonunlami o‘zgartirmasdan amalga oshirilmaydi, bu esa o‘z- 
o‘zidan, yangi-yangi til birliklari (so‘z va terminlarning) va 
shakllaming rivoj topishi uchun zamin hozirlaydi.
Q onun tilida n o to ‘g ‘ri q o ‘llanilgan birgina tovush, 
qo‘shimcha va so‘z, hatto, birgina tinish belgisi qo‘pol 
mazmuniy va uslubiy xatolami, nuqsonlami, g‘alizliklami 
keltirib chiqaradi.
Masalan, Bu voqealaming barchasi menga 
yod.
Bu voqealaming barchasi menga 
yot.
Misolda keltirilgan 
yod va yot
so‘zlari paronim, ya’ni 
talafïuzi va shakli bir-biriga yaqin so‘zlar bo‘lsa-da, ma’nolari 
har xildir. Ulaming o ‘m ini almashtirib q a ‘llash gapning 
mazmunini tubdan o'zgartirib yuboradi.
Yoki quyidagi misolga e’tibomi qarataylik:
1. 0 ‘lim yo‘q, shafqat.
2. 0 ‘lim, yo‘q shafqat.
Ko‘rinib turibdiki birgina vergulning o ‘m ini almashtirish 
nafaqat uslubiy xato hisoblanadi, balki jinoyatni yuridik 
baholashda ham kechirib bo‘lmaydigan xatolarni keltirib 
chiqaradi. Shuning uchun ham yuristlarimiz tergov hujjatlarini 
yozishda, qonun loyihalarini tayyorlashda, sud hukmi 
matnlarini tuzishda o‘ta ziyrak va zukko, bilimdon va ehtiyotkor 
bo£lmoqlari lozim. Chunki tergov, sud jarayoni bilan bog‘liq 
hujjatlar yoxud qonunlar moddalarining har birida inson 
taqdiri yotadi. Shunday qilib, huquq va til bir jarayonning 
ikki to m o n i b o ‘lib, huquq m azm un b o ‘lsa, til o ‘sha 
mazmunning voqe bo‘lishidagi vositadir. Mazmun bilan 
shaklning uyg‘unlashuvi esa aql sohibining qobiliyatiga bog‘liq 
bo‘ladi.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish