Yuristning nutq


-§. Nutq madaniyati tushunchasi



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

2-§. Nutq madaniyati tushunchasi
N utq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismi 
bo‘lib, fikrni adabiy til m e’yorlariga muvofiq to ‘g‘ri, erkin, 
aniq, mantiqan izchil, yoqimli va ta’sirli bayon qilishdir. Nutq 
madaniyati deyilganda tü birliklaridan, jumladan, lug‘aviy, 
grammatik va uslubiy vositalardan nutq jarayonida to‘g‘ri va 
o'rinli foydalanish nazarda tutiladi. Nutq madaniyati kishidan 
til boyligini — lug‘aviy birliklar, grammatika, orfoepiya, 
orfograflya, nutq uslublari va ularning har biriga xos 
xususiyatlar hamda m e’yorlami yuqori darajada bilishni talab 
etadi. Bundan tashqari, nutq madaniyati kishining shaxsiy 
madaniy saviyasi bilan ham bog‘liqdir.
Shuni ta ’kidlash kerakki, til mustaqilligisiz mustaqil 
davlatni tasawur qilib bo‘lmaydi. Shu boisdan tilimiz jozibasi, 
tilimizning ijtimoiy hayotda tutgan o ‘mi, ahamiyati, nutq 
madaniyati, nutq nafosati to ‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga 
ega b o ‘lishning ah am iy ati b en ih o y a k a tta d ir. N u tq
madaniyatining yana bir jihati shuki, fikrni og‘zaki yoki yozma 
shaklda ifodalashda, albatta, mantiqiy izchilikka rioya qilish 
muhimdir. Lug‘aviy-grammatik, uslubiy m e’yorlar adabiy 
tilning hamma ko‘rinishlari uchun xos bo‘lsa, imlo va tinish 
belgilariga oid m e’yorlar adabiy tilning faqat yozma shakli 
uchun, to ‘g‘ri talafFuz m e’yorlari esa og'zaki shakli uchun 
xos bo‘ladi.
T o ‘g‘ri, aniq, ifodali va yoqimli so'zlash uchun til 
boyliklaridan mazmunga mos so‘zni tanlay olish qobiliyatini 
takom illashtirish zarur. Buning uchun so‘zni o ‘rinsiz 
takrorlamaslik, so‘z shaklini, gap turini to ‘g‘ri qo‘llash, har 
bir uslubning o'ziga xos belgi va mezonlarini ongli idrpk qilish
9


maqsadga muvofiqdir. Nutq madaniyati so‘zlovchining shaxsiy 
madaniy saviyasi mezoni bo‘lganligi uchun kishidan katta 
mehnat talab etiladi. Buning uchun nutqda xalq maqoUaridan, 
iboralardan unumli va o ‘rinli foydalana olish; hadis, hikmatli 
so‘zlardan nutq jarayonida iqtiboslar keltira olish va ulaming 
mohiyatini tahlil qila olish mahoratini takomillashtirish lozim. 
Yuristlar esa yuqorida qayd etilgan ko‘rsatmalarga to‘la amal 
qilishlari bilan birga yuridik tilning barcha m e’yorlari va 
m ezonlarini zarur darajada o ‘zlashtirishlari maqsadga 
muvofiqdir. Yuristlar qonunlar matnlaridagi yuridik terminlar 
mohiyatini to ‘g‘ri anglab yetishlari va ulam i o ‘z o ‘mida 
qo‘llashga rioya qilishlari zarur.
Yuristning nutq madaniyati tushunchasini yana quyidagicha 
izohlash o‘rinlidir:
1. Yuristning nutq madaniyati yuridik tilni, uning qonun- 
qoidalarini ongli idrok qilish asosida yurisprudensiya doirasida 
ifodali nutq tuza olish mahoratidir.
2. Yuristning nutq madaniyati faqat to ‘g‘ri nutq tuzish 
emas, balki uquvlilik hamda nutqiy chechanlikdir.
3. Yuristning nutq madaniyati til vositalaridan o ‘rinli 
foydalangan holda huquq sohasida maqsadga muvofiq so‘zlash 
va yoza olish san’atidir.
4.
Yuristning nutq m adaniyati bu, avvalo, ravon va 
mazmunli, oddiy va tushunarli fikrlash madaniyatidir.
Bo‘lajak yuristlarimiz nutq madaniyatining yuqorida eslab 
o‘tilgan talablariga har doim rioya qilishlari lozim. Zero, hoziigi 
zamon yuristlari nutqning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, djq- 
popisaga asoslangan “muomala madaniyati”dan emas, balki 
til madaniyatining milliy istiqlol g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan 
shakllaridan foydalanmoqlari zarur. Zo‘ravonlikka asoslangan 
sobiq sovet tuzumida huquqni muhofaza qilish organlarida 
faoliyat ko‘rsatgan aksariyat xodimlaming nutqida 
qamataman,
yo‘qotaman, urugt-aymogiingbilan quritvoraman
kabi ko‘plab 
qo‘pol so‘zlaming qo‘llanilishi huquqni muhofaza qilish 
organlarining faqat jazolovchi organ bo‘lganligidan dalolat
10


beradi. Mustaqillik esa zamonaviy yuristlaming muomala 
madaniyati, nutq madaniyatiga ham alohida e ’tibor berishni 
talab etmoqda. Lekin hozirgi kunda ham huquqni muhofaza 
qilish organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlaming nutqida 
yuqoridagi kabi so‘zlar uchrab turishini kuzatish mumkin. 
Buni oqlab bo‘lmaydi, albatta. Chunki huquqni muhofaza 
qilish organlari xodimlari davlatning ramzidir. Ularning 
m uom ala m adaniyati yuqori d arajada b o ‘lishi shart. 
Prezidentimiz tom onidan huquq madaniyatining davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi huquq madaniyati bilan uzviy 
b o g ‘liq b o 'lg a n n u tq m a d a n iy a tig a b o ‘lgan ijobiy 
munosabatning ham yaqqol ko‘rinishidir.
Odamiylikning muhim fazilatlaridan biri xushmuomalalik, 
muloyimlikdir. Bu fazilatlar bevosita tilga, so‘zga bo‘lgan 
munosabatda namoyon bo‘ladi. Zero, tilning ko‘rki, aql- 
zakovatning ziynati so‘zdir. So‘z muqaddas, u faqat ezgullik, 
yaxshilik uchun xizmat qilishi lozim. Yunon faylasuflarining 
ta’kidlashlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining 
kalitidir va har kishining bilimi, odobi uning so‘zlaridan 
yaqqol bilinib turadi.
Ayniqsa, yuristlar ijtim oiy hayotda ko‘pchilik bilan 
muloqotda bo‘ladilar, har xil toifadagi kishilar 
(guvohlar,
jabrlanuvchilar, aybdorlar, jinoyatchilar
va b.) bilan ro‘baro‘ 
keladilar. Tergov va sud jarayonida o‘ta ehtiyotkorlik ularning 
tilga bo‘lgan munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Qolaversa, 
yuristlar faoliyatini rasm iy hujjatlarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Tergov ishlari bilan bog‘liq turli bayonnomalami 
to ‘ldirish, sud hukmi, ayblov nutqini tayyorlash va boshqa 
rasmiy hujjatlami o‘ta savodxonlik bilan yozish ham ularning 
til vositalaridan foydalana olish qobiliyatiga bog'liqdir. Demak, 
bo‘lajak yuristning o ‘zi mohir notiq, nutqi esa mantiqli va 
t a ’sirli b o ‘lm o g ‘i davr talab i. L ekin hozirgi k unda 
yurisprudensiya tarmoqlariga oid rasmiy hujjatlami davlat tili 
qonun-qoidalariga muvofiq, adabiy til me’yorlariga asoslangan 
holda tayyorlash talab darajasida deb bo'lmaydi. Notarius


tomonidan tuzilgan oddiygina «Hadya shartnomasi», «Oldi- 
sotdi shartnomasi» kabi rasmiy hujjatlarda, sud hukmi 
matnlarida ham imloviy va uslubiy xatolar uchraydiki, hozirgi 
sharoitda bunga befarq qarab bo‘lmaydi.
Shu boisdan, bo‘lajak yuristlarning nutq madaniyatini 
yuqori darajaga ko‘tarish uchun turli mavzularda yozma ishlar, 
xususan, erkin mavzularda insholar yozdirish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki insho inson tafakkurini shakllantiruvchi 
asosiy vositalardan biri. Insho faqat adabiy qahramonlarga 
beriladigan tavsif emas. Balki insho talabaning mustaqillik, 
ma’naviyat, milliy mafkura, milliy istiqlol g‘oyasi to‘g‘nsidagi 
dunyoqarashini ham shakllantiruvchi vositadir. Yozma nutq 
bilan shug‘ullanmagan talabaning nutqi nochor, fikrlash 
qobiliyati past bo‘ladi. Yozma ish jarayonida talaba falsafiy 
mushohada qilishga, fikrlashga majbur bo‘ladi. Favqulodda 
noyob fikrlami ijod qilishga harakat qiladi, tug‘ilayotgan har 
bir fikr bilan so‘zlar uyg'unlashuvini hosil qilishga imkoniyat 
qidiradi. Masalan, 
oqlovchi
so‘ziga nisbatan 
advokat
terminini 
qo‘llash adabiy m e’yor ekanligini his etadi.
B o ‘lg ‘usi y u ristla rim iz n in g n u tq m a d a n iy a tin i 
takomillashtirish uchun, aw alo, siyosiy mavzularda erkin 
insholar yozdirish (
Masalan, «Mustaqillik — huquq demakdir»,
«Xavfsizlikka tahdid nima?», «Terroriim — o f at», «Inson
huquqlari — oliy qadriyat»
va h.k.), kichik matnlar mazmunini 
kengaytirib yozish, matnni islohlash kabi mashqlami qo‘llash 
maqsadga muvofiqdir. Bunday mashqlarbiiinchidan, talabaning 
fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam bersa, ikkinchidan, 
uning mantiqiy izchil jumlalar, matnlar tuza olish mahoratini 
takomillashtiradi, so‘z tanlash malakalarini rivojlantiradi.
Talabalikning dastlabki davrlarida aksariyat talabalarda 
mustaqil jumlalardan matn tuza olish, bir fikrni ikkinchi 
fikiga bog‘lay olish malakalari sust bo‘ladi. So‘z boyligi nochor, 
so‘z qo‘llash qobiliyati rivoj topmagan, tuzayotgan jumlalari 
g‘aliz va noravon bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yozma 
ishlar mashqlari bu kamchiliklami bartaraf etadi.
12


Bundan tashqari, Konstitutsiya, kodekslar, qonunlaming 
moddalari mazmunini kengaytirib yozish, har bir modda 
yuzasidan mulohazalar, izohlar, sharhlar tuzish mashqlari 
o'tkazish bo'lajak yuristlarning savodxon bo‘lib yetishuviga 
yordam beradi.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish