Yuristning nutq


-§. Yuridik til va grammatik



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

6-§. Yuridik til va grammatik 
m e’yor
G ram m atik m e’yor deyilganda o ‘zbek tili grammatik 
qurilishi qonuniyatlari asosida belgilangan tartib-qoidalar, 
usullar, tamoyillar va shakllar mezoni tushuniladi. 0 ‘zbek 
tili grammatikasi tilshunoslikning nazariy jihatdan ancha 
takomiliga yetkazib ishlangan, so‘z shakllari, qo‘shimchalar, 
so‘z birikmalari va gap tuzilishi me’yorlashgan bo‘limidir.
Sheva va dialektlar bilan qiyoslangan holda adabiy til uchun 
turlovchi va tuslovchi hamda so‘z yasovchi qo‘shimchalaming 
eng maqbul variantlari tilshunoslar tomonidan tavsiya etilgan 
va grammatik me’yor sifatida belgilab berilgan. Shunga qaramay, 
nutqda bu m e’yorlarga hamma vaqt ham rioya qilinmayotir. 
Ayniqsa, 
-ning
o ‘mida 
-ni
shaklini noto‘g‘ri qo‘llash hollari 
uchrab turibdi: 
Dekanni xonasida ko ‘rdim. Dekanning xonasida
ko ‘rdim.
Birinchi gap mazmunidan dekanning o‘zini, ikkinchi 
gap mazmunidan esa boshqa bir kishini ko‘rganlik m a’nosi 
anglashiladi. Shu bois tushum va qaratqich kelishiklarining 
qo‘llanilish m e’yorlarini bilmaslik qo‘pol xatolarni yuzaga 
keltirib chiqarishi mumkin.
Q onunlar tilida ham bu kabi grammatik m e’yorlarga 
e’tiborsizlik hollari uchraydi. Grammatik me’yorlaiga qat’iyan 
amal qilish qonun tilida muhimdir. Biroq hozirda qonun 
ijodkorlarining fllologik tayyorgarligi yuqori darajada 
bo‘lmaganligi sababli yoki qonunshunoslaming e’tiborsizligi 
tufayli qonunlar moddalari tarkibida adabiy tilning grammatik 
me’yorlari buzilganligi ko‘zga tashlanadi. Bu holat esa o ‘z- 
o‘zidan qonunlarda ifodalanayotgan mazmunning yo‘qoluviga 
56


olib keladi. Natijada qonunlar xalqqa tushunarsiz bo‘lib qoladi 
va bunday qonunlaming ijrosi esa sust kechadi. Fikrimiz isboti 
uchun misollarga murojaat qilaylik:
Tergovchining ishni o ‘z qo ‘liga olganligi to ‘g ‘risidagi qaroming
kopiyasini 24 soat ichida prokurorga yuboradi
(JPK, 113- 
modda.).
Moddada qaratqich kelishigining qo‘shlmchasi noo‘rin 
qo‘llanilganligi uchun mantiqiy izchillik yo‘qolgan. Agar e’tibor 
berilsa gapning kesimi 
yuboradi,
egasi esa 
tergovchi,
lekin unga 
qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qo'shilganligi tufayli, uslubiy 
g‘alizlik yuzaga kelganligini sezish qiyin emas. Adabiy til 
m e’yorlariga muvofiq 
tergovchining
so‘zi bosh kelishikda 
qo‘llanganda edi fikr g‘alizligi yuzaga kelmagan bo‘lar edi.
Quyidagi moddada esa qonun ijodkorlarining e ’tiborsizligi 
tufayli tushum kelishigi qo‘shimchasi (ayblanuvchini) o'm ida 
q a ra tq ic h kelishigi (ay b lan u v ch in in g ) q o 'sh im c h a si 
qo'llanilgan. Bu esa adabiy til me’yorlariga muvofiq kelmaydi. 
Oqibatda modda mazmuni tugal bo‘lmay qolgan: 
Agar bir
ayblanuvchining himoya manfaati ikkinchisining himoya
manfaatiga zid kelsa, bitta shaxsning o ‘zi ikki yoki bir necha
ayblanuvchining himoya qilishi mumkin emas.
(JPK, 44- 
modda.). Ba’zan kelishik qo‘shimchalari o ‘rinsiz ravishda 
(ortiqcha) ishlatiladi:
Tasvir va ovoz yozuvlarini ish bilan birga saqlanadi va
dastlabki tergov tugagach, muhrlanadi.
(JPK, 117-modda.). 
Moddada 
tasvir va ovoz yozuvlarini
so'zidagi 
-ni
tushum 
kelishigi qo‘shimchasi ortiqchadir. M a’lumki, ega har doim 
bosh kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalanib, gapning nima yoki 
kim haqida ekanligini bildiradi. Shu sababdan ham mazkur 
moddani quyidagicha tuzish maqsadga muvofiqdir:
Tasvir va ovoz yozuvlari ish bilan biiga saqlanadi va dastlabki 
tergov tugagach muhrlanadi.
Quyidagi modda tarkibidagi 
hujjatlarida
so‘zida o ‘rm-payt 
kelishigi qo‘shimchasi ortiqcha va moddadagi 
ona tiliga
birikmasi 
ona tilisida
shaklida ifodalanishi lozim edi. Qiyoslang:
57


Tergov va sud hujjatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibga 
muvofiq ayblanuvchiga uning ona tilisida yoki u bilgan boshqa 
tilga taijima qilib topshiriladi. Kesimdan egaga nima? So‘rog‘i 
berilsa ega — tergov va hujjat so‘zlari ekanligi ayon bo‘ladi. 
Qonunshunoslarimiz oddiygina eganing bosh kelishikda 
kelishini ham bilmaganliklari achinarlidir.
Tergov va sudlov hujjatlarida ushbu Kodeksda belgilangan
tartibga muvofiq ayblanuvchiga uning ona tiliga yoki u bilgan
boshqa tilga taijima qilib topshiriladi.
(JPK,ll-m odda.). Ba’zi 
moddalarda qaratqich-qaralmish munosabatlari adabiy til 
me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi:
Jinoyatishni qo‘zg‘atish rad etilganligi to(g ‘risida arizayoki
xabar bergan manfaatdor shaxsga, muassasa va tashkilotga
m a ’lum qilinadi
(JPK, 54-modda.).
Sudya, xalq maslahatchisi,... ko‘rilayotgan ishdan bevosita 
va bavosita manfaatdor bo‘lsalar, ulaming 
jinoyat ish
ko‘rishda 
ishtirok etishlari mumkin emas (JPK, 15-modda.). Mazkur 
moddalarda uchinchi shaxs egalik qo‘shimchasi jinoyat ishi 
birikmasidan tushirilib, 
jinoyat ish
tarzida ishlatilgan, natijada 
qaratqich bilan qaralmish o ‘zaro moslashmaganligi tufayli 
uslubiy g‘alizlik yuzaga kelgan. Quyidagi moddalarda ham shu 
holatni ko'rish mumkin:
Er-xotindan biri o‘zining birgalikdagi 
umumiy mulk
bo‘lgan 
uy-joy va avtomashinasini boshqa shaxslarga o‘tkazganda, 
ikkinchisining bunga roziligi yozma formada ifodalanishi shart 
(Oila kodeksi, 26-modda.). 
Ichim lik suvdan
foydalanish 
qoidalarini boshqa tarzda buzish (MHK, 68-modda.). 26- 
moddadagi 
umumiy mulk,
68-moddadagi 
ichimlik suvdan
birikmalarida ham egalik qo‘shimchasi qo‘llanishi adabiy til 
talabidir. Qonun ijodkorlari fe’l nisbatlarini ishlatishda ham 
adabiy til m e’yorlariga rioya qilmayotirlar. Ya’ni aniq nisbat 
o‘miga majhullik nisbatini qo‘llash holatlari moddalar tarkibida 
ko‘p uchraydi:
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxSlar
o ‘z kompetensiyalari doirasida, qonunlarga aniq rioya qilgan

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish