5-§. Imloviy (orfografik) me’yorlar
Imloviy me’yorlar ham nutq madaniyatining asosiy mezoni
hisoblanadi. Imloviy m e’yorlar tilshunoslar tomonidan ishlab
chiqiladi va ijtimoiy hayotga tavsiya etiladi. Mutaxassislar
yaratgan va jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan amaldagi imlo
me’yorlari 0 ‘zbekiston Respbulikasi Oliy Soveti Prezidiumi
tomonidan 1956-yil 4-aprelda tasdiqlangan.
« 0 ‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» qabul
qilinganligiga ham 45-yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Bu qoidalar
hozirgi kunga qadar o‘zbek xalqining savodxonligi uchun
xizmat qilib kelmoqda. Lekin davrlar o ‘tishi, ijtimoiy
hayotdagi o ‘zgarishlar, aniqrog‘i yangi tarixiy sharoitda
mustaqillik siyosati yangi o‘zbek alifbosini yaratish vazifasini
kun tartibiga q o ‘ydi. U zoq davom etgan um um xalq
muhokamasi natijasida lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga
o‘tish ma’qul topildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o ‘zbek
alifbosini joriy etish to ‘g‘risida” qonun qabul qildi.
Ushbu qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929—
1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng
jamoatchilik vakillari bildiigan istak-xohishlami inobatga olgan
holda Respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon
kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay
sharoit yaratishga xizmat qilishni nazarda tutadi.
Lotin yozuviga asoslangan o ‘zbek alifbosiga o'tilishi o‘zbek
tili im losini ham isloh qilishni taqozo etdi. Shu bois
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 24-
52
avgustda « 0 ‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ni tasdiqladi.
Lotin yozuviga 2010-yilda to‘liq o‘tiladi va shundan keyin eski
qoidalar o‘z kuchini yo‘qotadi.
Tilda so‘zlar va qo‘shimchalarning m a’lum qoidalar asosida
yozilishi ana shu « 0 ‘zbek imlosining asosiy qoidalari»ga
bo‘ysunadi.
0 ‘zbek imlo quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Fonetik yozuv qoidasi
0 ‘zbek imlosining asosiy qoidalaridan biri fonetik yozuv
b o ‘lib , s o ‘z va u n in g ta rk ib iy q is m la ri ( o ‘zak va
qo‘shimchalar)ni og'zaki nutqqa, ya’ni talaffuzga mos ravishda
yozish tam oyilidir. M asalan, jo ‘nalish kelishigi —
ga
qo‘shimchasi bilan yoziladi:
uyga, shaharga;
lekin
k,q,g‘
tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda talaffuzga
muvofiq yoziladi:
eshikka, qishloqqa, toqqa.
Boshqa tillardan
o‘zlashgan so‘zlaiga qo‘shilganda: pedagogga, mitingga shaklida
o‘qiladi va yoziladi.
Bundan tashqari, so‘z va uning tarkibiy qismlari asosan
quyidagi holatlarda fonetik yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi:
a)
og‘iz, shahar, k o ‘ngil, singil, bag‘ir, burun, o ‘g ‘il
kabi
so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda
i,a,u
tovushlari
tushirib talaffuz etiladi va shunga mos ravishda yoziladi:
og'zim,
shahrim, k o ‘nglim, singlim, bag‘rim, bumim, o ‘g ‘lim
kabi;
b)
ot, son, ong, yosh
kabi so ‘zlarga fe ’l yasovchi
qo‘shimchalar qo‘shilsa
o
tovushi
a
tovushiga aylanadi va shunday
yoziladi:
ata, sana, angla, yasha;
c)
ikki, yetti, olti
sonlariga jamlovchi son hosil qiluvchi
-ov
yoki
-ovlon
qo‘shimchasi qo‘shilganda bir
i
tovushi tushirib
talaSiiz etiladi va talaffuzga muvofiq yoziladi:
ikkov, yettov, oltov;
d
) — a
bilan tugagan so‘zlarga ot yasovchi qo‘shimchalar
qo'shilsa, o'zakdagi
a
tovushi
o
tovushiga aylanadi va shunday
yoziladi;
so ‘ra+q=so‘roq, bo‘ya+q=bo‘yoq, sayla+v=saylov,
tanla+v= tanlov, sana+q=sanoq.
2. Morfologik yozuv qoidasi
Morfologik yozuv so‘z va uning tarkibiy qismlarini og‘zaki
53
nutqqa, ya’ni talaffuzga mos ravishda emas, balki asliga muvofiq
yozishdir. Masalan, o ‘tgan zamon fe’li qo‘shimchasi
-di
qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar, har doim
-di
yozilishi
imloviy m e’yordir:
ket+di=ketti
talaffuz etiladi va
ketdi
yoziladi;
o ‘tdi, qaytdi, unutdi, aytdi
so‘zlari ham yuqorigidek
yoziladi.
-dan, -da
qo‘shimchalari qanday talaffuz etilishidan
qat’i nazar asliga muvofiq yoziladi:
Otdan baland, itdan past
( Ottan baland ittan pasttarzida talaffuz qilinadi
);
ishta-ishda,
Toshkentta-Toshkentda, pasta-pastda
va h.k.
Ba’zi so‘zlar tarkibida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi
-ka
taizida
talaffuz qilinsa-da, morfologik yozuv qoidasi asosida, ya’ni asliga
muvofiq yoziladi:
ishka-ishga, maktapka-maktabga
va h.k.
3. Shakliy yozuv qoidasi
M a’lumki, sof o'zbekcha so‘zlaming boshi va oxirida
undoshlar yonma-yon qo‘llanmaydi. Lekin o‘zbek tiliga boshqa
tillardan o ‘tgan so‘zlarning boshida ham, oxirida ham
undoshlar yonm a-yon qo‘llanilishi mumkin:
prokuror,
trolleybus, stol, stul, drama, spirt, fikr, zikr, zavq, shavq.
Demak, o‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlami
o‘sha tillarda qanday shaklda yozilsa, o‘zbek tilida ham xuddi
shunday shaklda yozish qoidasi shakliy yozuvdir:
zoologiya,
institut, universitet, Nyu- York, biologiya, konstitutsiya.
Shakliy
yozuv fanda grafik yozuv ham deb yuritiladi. Ana shu shakliy
yozuv qoidasini yaxshi bilm aganliklari sababli, b a ’zi
yuristlarimiz “afv” so‘zini va “afv” so‘zi ishtirok etgan qo‘shma
fe’llami “avf ’ tarzida talaffuz etadilar va talaffuzlariga muvofiq
“avf” shaklida yozadilar. 0 £zbek tilining izohli lugatida “afv”
so‘ziga quyidagicha izoh berilgan: Afv — arab tilidan
o ‘zlashgan so‘z bo‘lib, kechirim, uzr m a’nolarini blldiradi.
Masalan: Sizdan bu ulug‘ gunohim uchun
ajv s o ‘rab,
haydalgan o‘g‘lingiz — Otabek Yusufbek Hoji o ‘g‘li. AQodiriy,
O'tgan kunlar. AfV etmoq (yoki qilmoq) — kechirmoq,uzmi
q ab u l q ilm o q , g u n o h id a n o 'tm o q . M asalan : Bu
lapashangligimiz uchun rahnomalarimiz bizni
afv eturlarmi?
H .G ‘ulom, Mash’al.
54
Hozirgi kunda “afv” , “afV etilsin” so‘zlari huquqqa oid
terminga aylangan b o iib , jazoga hukm qilinganlarning
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan
qisman yoki butunlay ozod qilinishi m a’nolarini anglatadi.
Imlo qoidalarini o‘rganish savodxonlikning asosi hisoblanadi.
Ayniqsa bosh harflar va qisqartmalaming imloviy me’yorlarini
o'rganish ham nutq madaniyatining mezonlaridan biridir.
Bosh harflar imlosi
Bosh harflar quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
1. Gap boshidagi birinchi so‘zning birinchi harfi bosh
harf bilan yoziladi.
2. She’rlarda har bir misra bosh harf bilan boshlanadi:
Yaxshidir achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg‘on yomon,
Ul shirin yolg‘onga mendek
Aldanib qolgan yomon.
(E.Vohidov).
3. Atoqli otlaming birinchi harflari bosh harf bilan yoziladi:
Fafur Fulom, Samarqand, «Zarafshon», Pomir, « 0 ‘tgan
kunlar», «Yoshlik» (jumal)...
4. Rasmiy ish qog‘ozlarida qo‘llaniluvchi Siz va 0 ‘zingiz
olmoshlarining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.
5. Birinchi harflardan tuzilgan qisqartma otlar: BMT,
AQSH, M DH, IIV, FK, JK, FPK, JPK.
6. Oliy tashkilotlar va faxriy unvonlaming har bir so‘zining
birinchi harfi bosh harflar bilan yoziladi: 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi, 0 ‘zbekiston Qahramoni.
Qisqartma so‘zlar imlosi
Bosh harflardangina iborat bo‘lgan qisqartma so‘zlar bosh
harflar bilan yoziladi: BMT, MDH, TDYI va b.
Ism-familiyalar qisqartirib olinsa, harflar orasiga nuqta
qo‘yiladi, lekin og‘zaki nutqda to ‘liq o ‘qiladi: D.Z.Mirzayev,
H.B.Berdiyorov, 0 ‘.T.Hoshimova.
Qisqartma so‘zlar bo‘g‘in yoki qismlardan tuzilgan bo‘lsa,
birinchi harf bosh harf bilan yoziladi:
55
Toshunivermagi, Toshavtomash. Agar birinchi so‘z turdosh
ot b o ‘lsa, barcha h arflar kichik yoziladi: m edkollej,
akademlitsey.
Birinchi so‘zning bosh qismi, keyingi so‘zlarning birinchi
harflaridan tuzilgan qisqartm alarda birinchi so ‘z bosh
qismining birinchi harfi va keyingi so'zlaming birinchi harflari
bosh harf bilan yoziladi: SamDU, ToshMI...
Do'stlaringiz bilan baham: |