Yuristning nutq


3-B O B . NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

36


3-B O B . NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL
M E ’YORLARI
l- § . Nutqning kommunikativ tavsifi
Nutq faqatgina lingvistik hodisa bo‘lmasdan, balki ruhiy 
(psixologik), nafosat (estetik) hodisasi hamdir. Shu bois 
yuqori darajadagi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo‘lgan 
fikming tinglovchiga to ‘laqonli yetib borishi, ularga ma’lum 
ta’sirini o ‘tkazishi nazarda tutiladi.
N utqning kom m unikativ (aloqaviy) sifati quyidagi 
lingvistik va ekstralingvistik mezonlarga bevosita bog'liqdir: 
nutqning to ‘g ‘riligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi,
nutqning tozaligi, nutqning tä ’sirchanligi
(obrazliligi).
Nutqning to‘g‘riligi. 
Nutqning bosh kommunikativ sifati 
nutqning to ‘g‘ri bo‘lishidir. Adabiy tilning fonetik, orfoepik, 
leksik va grammatik me’yorlari talablariga to ‘la mos keladigan 
nutq to‘geri nutq sanaladi. Til birliklarini to‘g‘ri, ifodali talaffuz 
qilish, ya’ni so‘z va mantiqiy urg‘u, ohang, pauzaga asosiy 
e’tibor qilish orqali nutq to ‘g‘riligi yuzaga keladi. Nutqning 
to ‘g‘ri bo‘lishi, asosan, so‘z va mantiqiy urg‘uning to ‘g‘ri 
qo£yilishiga ham bog‘liq. Rus tilida urg‘u erkin bo‘lsa, o ‘zbek 
tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Agar 
so‘zning o‘zagiga qo‘shimchalar qo‘shilsa, urg‘u o‘z o‘mini 
o'zgartirib, oxirgi bo‘g‘inga ko‘chadi: 
jinoyat, jinoyatchi,
jinoyatchilar.
Bu holat adabiy me’yor hisoblanadi. Lekin o‘zbek 
tilida ham ba’zi o ‘rinlarda urg‘u oldingi bo‘g‘inlarga 
(lekin,
afsuski, albatta)
tushishi va hatto so‘zning m a’nosini 
o‘zgartirib yuborishi mumkin: 
yangi kitob, yangi keldi; Yaxshi
bola yaxshi o ‘qiydi.
Bunday so‘zlar o ‘zbek tilida anchagina: 
tugma-tugma, suzma -suz/na, olma -olma, qaynatma-qaynatma.
Ulaming m a’nolari faqat urg‘u yordamida oydinlashadi.
Gap tarkibidagi boiaklardan birining ta ’kidlab aytilishi 
mantiqiy urg‘u bo‘lib, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak alohida 
ohang bilan talaffuz etiladi va mazmunni o‘zgartirishga xizmat 
qiladi. Masalan: 
Jinoyatchi bugun qishloqda qo ‘Iga olindi
gapi
37


mantiqiy urg‘usiga ko‘ra to ‘rt xil fikmi anglatadi. Bunda qaysi 
m a’noga alohida e’tibor berilsa, shu ma’noni ifoda etayotgan 
so‘z alohida urg‘u bilan talafFuz etiladi: 
Jinoyatchi bugun
qishloqda qo‘lga olindi
(Boshqa yerda emas, qishloqda). 
Bugun
qishloqda jinoyatchi qo Iga olindi.
(gumonlanuvchi emas, aynan 
jinoyatchi). 
Jinoyatchi qishloqda bugun qo‘lga olindi
(kecha 
emas, ya’ni bugun). 
Jinoyatchi bugun qishloqda qoHga olindi
(qo‘lga olinmagan edi).
Ba’zan mantiqiy urg‘u noto‘g‘ri qo‘yilsa, fikr mavhum bo‘lib 
qoladi va tinglovchiga yetib bormaydi. Masalan, 
Onasiz bola
o ‘ynamas
gapida onasi yonida bo‘lmagan bola o‘ynamaydi 
deyilyaptimi, yoki onasi bo‘lmagan bola o‘ynamaydi degan 
fikr anglashilyaptimi, buni faqat urg‘u olgan bo‘lak orqali 
aniqlash mumkin. Agar urg‘u 
onasiz
so‘ziga tushsa birinchi 
ma’no, 
bola
so‘ziga tushsa ikkinchi ma’no anglashiladi. Demak, 
nutqning to‘g‘riligini ta’minlash uchun so‘z (leksik) va mantiqiy 
(logik) urg‘uni to ‘g‘ri qo‘llash maqsadga muvofiqdir, aks holda 
yuqoridagidek mavhum holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Ohang (intonatsiya) tufayli so‘zlar va gaplar mazmuni 
turlicha jilolanadi. Masalan, 
ko ‘rinmaysiz
so‘zi turli ohang 
orqali 
sog‘inganlik, samimiyat, kesatiq
va 
norozilik
kabi ko‘plab 
ma’nolami hosil qilishi mumkin. To‘g‘ri nutq tuzishda pauza 
(to‘xtam) ham alohida o ‘rin tutadi. Nutqda pauzani noto‘g‘ri 
qo‘llash tufayli aytilayotgan fikr mazmuni o ‘zgarib ketadi. 
M asalan, 
Akbar, o ‘qidi.
Bu gap mazm unidan Akbarga 
kimningdir o‘qiganligi m a’nosi anglashilmoqda (Akbar — 
undalma vazifasida). Agar bu gapda pauza bo‘lmasa 
Akbar o ‘qidi,
ya’ni Akbaming o ‘zi haqida gap ketayotganligi anglashiladi.
Bundan tashqari, nutqning to ‘g‘riligiga erishish uchun 
fikm i h ar jihatdan mazm unli, ifodali qiluvchi so‘z va 
terminlami, birikmalami topa olish va ulami o‘z o‘mida qo‘llay 
olish san’atini egallash lozim. Ya’ni bamisoli ummon bo‘lgan 
tilimizda mavjud bo‘lgan leksik qatlamdan so‘zlaming o ‘z va 
ko'chm a m a’nolari; sinonim, omonim, antonim, paronim, 
terminlaming m a’no qirralarini to ‘la anglab ulardan o ‘rinli
38


foydalana olish nutqning to ‘g‘riligini ta’minlovchi vositalardir. 
Bunday lug‘aviy birliklami o ‘z o‘mida qo‘llay olmaslik esa 
nutqning to‘g‘riligiga putur yetkazadi, natijada so‘zlovchining 
maqsadi to ‘liq amalga oshmay qoladi. Yuristlarimiz ham o ‘z 
faoliyatlarida bunga amal qilishlari zarur. Bir so‘zni noto‘g‘ri 
qo‘llash butun bir gapning mazmunini o ‘zgartirib yuboradi. 
Masalan, 
bosqinchilikv

talonchilik, tovlamachilik va. firibgarlik
kabi yuridik tushunchalami bildiruvchi terminlar umumiy 
m a’nosi bir xil, lekin m a’no qirralari jihatidan bir-biridan 
farq qiladigan so‘zlardir. Ulaming o ‘mi-ni almashtirib qo‘llash 
qonun tilida uslubiy xatolami keltirib chiqaradi. Yuqorida 
keltirilgan sinonimlarning har biii Jinoyat Kodeksida termin 
sifatida bir m a’noli bo‘lib, har qaysisi alohida-alohida 
jinoyatning nomini bildiradi. Qonunda 
Bosqinchilik —
o‘zganing 
mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki 
sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday 
zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan jinoyatdir (JK, 
146-modda).
Talonchilik —
o‘zgalar mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj 
qilishdir (JK, 166-modda).
Tovlamachilik —
jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim 
bo‘lgan ma’lumotlami oshkor qilish bilan qo‘rqitib mulkni yoki 
muMyhuquqnitopshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud 
mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud 
jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga 
majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish. (JK, 165-modda).
Firibgarlik —
aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li 
bilan o ‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqini qo‘lga kiritish 
(JK, 168-modda).
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, sinonimlarning 
m a’no qirralarini to ‘g‘ri anglamaslik, nafaqat nutqning 
to ‘g‘riligiga putur yetkazadi, balki jazo belgilashda ham 
noto‘g‘ri holatlarni keltirib chiqaradi.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish