Yuristning nutq


 Saidov A., Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi. T.: Adolat



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

1 Saidov A., Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi. T.: Adolat,
1994, 5-bet.
2 Saidov A., Yuridik til xususiyatlari. / / Qonun va til. T.: 1997, 64-bet.
3 Qarang: Saidov A.Sarkisyans G. Yuiiilili lil i'i 1ii»jijjjjJjJ]lljii^~|iiiiliji
T.rAdolat, 1994, 5-bet. 
jN A M A N f
17


biroq yuridik til rasmiy xususiyatga ega boMganligi uchun unda 
bunday til vositalarini qo‘llashga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Chunki 
yuridik tilning birlamchi belgisi uning rasmiy bo‘yoqqa 
egaligidir. Q at’iylik, mantiqiylik, qisqalik, aniqlik kabi 
xususiyatlar yuridik tilning nufuzini belgilovchi m e’yorlardir.
Yuridik til har xil beo‘rin qaytariqlar, so‘z takrorlari, 
tushunilishi qiyin ifodalar hamda ortiqcha sifatlashlar, ko‘chma 
ma’noli so‘zlardan xoli bo‘lishi lozim.
Ayniqsa, yuridik tilning tarkibiy qismi bo‘lgan qonun tili 
gap qurilishi jihatdan tushunilishi yengil bo‘lishi va oddiy 
fuqaro ham tez tushunib oladigan talablarga javob beradigan 
bo‘lishi shart.
Ma’lumki, qonun — jamiyatni tartibga solib turuvchi vosita, 
u inson manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi. Qonunning 
mazmuni, mohiyati, sifati, nufuzi til qoidalariga nechog'liq 
rioya etilishiga ham bog'liqdir. Qonunning ustuvorligi ham 
uning adabiy til me’yorlari asosida tuzilishi bilan belgilanadi. 
Adabiy til m e’yorlariga to ‘liq javob bermaydigan qonun 
mazmunan va mantiqan tushunarsiz bo‘ladi. Qonun tili 
davlatning rasmiy yuridik tili bo‘lib, davlat bilan fuqarolar 
o'rtasidagi “muomala” , “muloqot” vositasidir.
Qonun faqat yuristlar yoki huquq sohasidagi mutaxassislar 
uchun qabul qilinmaydi, balki u davlatning barcha fuqarolari 
u ch u n tegishli b o ‘ladi. Shu bois qabul qilinayotgan 
qonunlarning tuzilishi imkon qadar sodda, iloji boricha 
g‘alizliklardan, noaniqliklardan xoli bo‘lishi lozim.
Qonun mantiqan izchil bo‘lmas ekan, uning amaliyotga 
tatbiq etilishi ham qiyin kechadi. Qonunlar mantiqan izchil 
bo‘lishi uchun adabiy til me’yorlari asosida tuzilishi shart. Biz 
har kuni qonun qabul qilmaymiz. Sifatli ishlangan va 
tayyorlangan qonunlar pariament tasdig‘idan o ‘tgach, bir 
necha yillaiga xizmat qiladi. Qonunning ustuvorlik darajasi ham 
uning sifatidadir. Sifat esa yuridik tilga qat’iy rioya qilish 
mahsulidir.
Yuridik tilda o ‘zlashmagan xorijiy so‘zlar va terminlar
18


qo‘lanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 0 ‘zlashgan terminlar 
bundan mustasnodir. 0 ‘zbek tilida muqobili bo‘la turib xorijiy 
term inlam i qo‘llash ham o ‘zini oqlamaydi. Agar yuridik 
tushunchalami ifodalash uchun o ‘zbek tilida unga muqobil 
so‘z yoki termin topilmasa, taijimada ortiqcha sun’iylikka 
bormasdan xorijiy terminlami qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Bu qoida jahon fanida qabul qilingan til qonuniyati hisoblanadi. 
Biroq ilmiy-yurisprudensiya tilida umumxalqqa tushunarli 
bo‘lmagan, faqat yuristlar, huquqshunos olimlarga tushunarli 
bo‘lgan so‘zlar va terminlar qo‘llanilishi mumkin. Bu ilmiy 
uslubning talabidir.
M asalan, 
alibi —
jinoyat qilingan paytda (lahzada) 
jinoyatchining boshqa joyda bo‘lishi; 
ratifikatsiya —
xalqaro 
shartnomani imzolash; 
simulyatsiya —
o‘zini yolg‘ondan kasallikka 
solish; 
yurisdiksiya —
sudlov ishlarini olib borish huquqi va h.k.
Yuridik tilda shevaga oid so‘zlar, jargonlar, o ‘zlashmagan 
so‘zlar, o ‘ta obrazli iboralami qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qonun tili yuridik tilning o‘zagi, tub “mag‘zi” hisoblanadi1. 
Qonun tilining asosiy belgilari quyidagilardan iboratdir:
a) 
aniqlik; b) qisqalik; c) shaxssizlik; d) rasm iy 
buyoqdorlik; e) xolislik; f) mantiqiy izchillik; j) barqarorlik.
Qonun tilining eng muhim m e’yorlaridan biri 
aniqlik
bo‘lib, tushunchaning mohiyati qonun moddalarida to‘laqonli 
ifodalanishi va mamlakatning har bir fuqarosi kimligidan, 
qaysi kasb egasi bo‘lishidan, m a’lumotidan qat’iy nazar tezda 
anglab yetishi zarur.
Q onunlar tuzilishi sodda, aniq, ravon va hammabop 
bo‘lishi shart. Aniqlikka erishish uchun qonun ijodkorlari 
adabiy til me’yorlariga amal qilmoqlari lozim. Buning uchun, 
awalo, gapda so‘zlaming odatdagi tartibiga rioya qilinishi 
talab etiladi, ya’ni qonun tilida inversiya (gapda so‘zlar 
tartibining o 
Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish