Yuristning nutq



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

Sitseron 
— mashhur notiq
Mark Tulli Sitseron eramizdan awalgi 106-yilning 3- 
yanvarida Latsiya shahiiga qarashli Arpina qishlog'ida tavallud 
topadi. Yirik huquqshunos Kvint Mutsiy Sevola va mashhur 
notiq Lutsiy Litsiniy Krassdan ta’lim oladi. Notiqlik asoslarini 
Appoloniy Molondan, aktyorlik mahoratini Aksiydan, yunon 
falsafasini Filon Larisskiydan o‘rganadi.
Sitseron Afinaga borib, yirik notiqlardan bu san’at sirlarini 
mukammal o‘zlashtiradi. Bilimini chuqurlashtiradi. Uning 
mashhur notiq, so‘z san’atkori bo£lib shakllanishida grek 
notiqlik maktabi vakillarining ta’siri katta bo‘ldi. Rim notiqlari 
tajribasi, xususan, Katonning notiqlik faoliyati dasturilamal 
vazifasini o‘tadi. Sitseron nutqlarida fikr g‘oyat erkin 
shakllanishi bilan, shuningdek, falsafiy, siyosiy va axloqiy 
qarashlarga yo‘g‘rilganligi bilan ajralib turadi.
Sitseron, awalambor, tinglovchi qalbini so‘z jozibasi 
bilan rom etishga harakat qilgan. Buning uchun so‘zning 
badiiy tasviriy vositalaridan unumli foydalangan. Nutqning 
ta’sirchanligini oshirish maqsadida xalq maqollari, quyma 
fikrlar — iboralami o‘rinli qo‘llay bilgan. Sitseron ham 
mashhur notiqlar kabi nutqda mantiqqa, ifoda go‘zalligi va 
ohangdorlikka e’tibor qaratgan. U nasrda ilk bor vazn tizimini 
qo‘llab, muvafFaqiyatga erishgan. Sitseron har bir chiqishiga
103


katta tayyoigarlik ko‘rgan, nutqning pishiq va puxta bo‘lishiga 
harakat qilgan. Shundan so'nggina minbarga ko‘tarilgan.
Sitseronda tug‘ma notiqlik iste’todi tinimsiz mehnat bilan 
mukammallik kasb etgan. U mehnatni muvaffaqiyatlaming 
asosi deb bilgan. “Inson shoir bo‘lib tug‘ilishi mumkin, lekin 
notiq bo‘lib yetishadi”,— degan fikmi faoliyatida ko‘p 
islilatadi. Notiqlik mahorati, nafaqat, iste’tod, balki tinimsiz 
mehnat mahsuli ekanligini shogirdlariga uqtirib turgan.
Sitseron so‘z san’ati borasida nazariyotchi olim, notiqlik 
fazilatlarini amaliyotda isbotlay bilgan mashhur san’atkordir. 
Uning notiqlik san’atidagi faoliyati tahsinga sazovordir.
Sitseron bo‘lajak notiqning nimalarga e’tibor berishini 
quyidagi fikrlarida alohida ta’kidlaydi:
1. Notiq o‘z nutqi mavzusini chuqur bilishi va o‘ziga 
ishonchi mustahkam bo‘lishi ustuvor masaladir.
2. Nutq jarayonidagi fikr-mulohazalartinglovchida o‘iinsiz 
savol tug‘dirmaydigan holda dalillangan bo‘lishi lozim.
3. Nutqqa tayyorgarlikning boshi yetarli material to‘plashdir.
4. Nutqda fikr o‘rinli joylashishiga — kompozitsiyaga e’tibor 
muhim rol o‘ynaydi.
Sitseron fikricha, nutq matni talabga javob berarli darajada 
mantiqli tayyorlanishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishish 
mumkin. Nutq kompozitsiyasi qurilishida quyidagilar alohida 
o‘rin tutadi:
1. Kirish.
2. Mavzu mohiyatini to‘laqonli ifodalay olish.
3. Rejaning keyingi qismlarini ifodalash.
4. Dalillami o‘z o‘mida qo‘llay bilish.
5. Matnning asosiy mazmunini ocha bilish.
6. Xulosa.
Mashhur notiq Sitseron boshqa sohalarda ham o ‘z 
iste’todini namoyon eta olgan. Jumladan, advokat, filosof, 
yozuvchi va davlat arbobi sifatida ijtimoiy-siyosiy tuzumga 
munosabat bildirib turgan. Uning qarashlarida demokratik ruh 
ustuvor bo‘lgan. Senatda demokratiyani quwatlab, otashin
104


nutqlar so‘zlagan. Sezar vafotidan so‘ng, Rim hukmdori 
bo‘lib faoliyat yuritgan. 43-yili Sezar tarafdorlari tomonidan 
o‘ldirilgan.
Sitseron notiqlik san’ati nazariyasi va tarixiga doir ko‘plab 
asarlar yaratdi. Uning “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut 
yoki taniqli notiqlar haqida” kabi mashhur asarlari fanda 
hamon o‘z qadr-qimmatiga ega. Notiqlik san’ati nazariyasiga 
\ doir traktatlari notiqlik san’ati taraqqiyotida muhim roi o‘ynab 
,kelmoqda.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish