Yuristning nutq



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

r
tovushini aniq jarangli talaffuz eta olmagan. Bu nuqsonni 
bartaraf etish uchun og‘ziga mayda toshlar solgan holda she’r, 
nutq matnlari o ‘qishni mashq qilgan. Ovoz tiniqligini 
yaxshilash, talaffuzni tiniqlashtirish uchun past-baland 
tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini rostlab 
she’r o‘qish bilan shug‘ullangan. Bu mashqlar besamar 
ketmaydi. Demosfenning nutqi ravonlashadi, talaffuzi 
tiniqlashadi, nutqi jarangdorlik kasb etadi.
Demosfenning notiq qaddi-qomatini tutish mashqi ham 
e’tibordan chetda qolmagan. Bu borada u katta toshoynadan 
foydalanadi. Toshoyna yonida turli monologlar, she’r 
parchalari, nutq matnlarini ifodali o‘qiydi. Deklomatsiya 
jarayonida Demosfenning qo‘l harakati, qiyofasi, ko‘z 
qarashlari matnga muvoflqlashar edi. Bunday amaliy 
harakatlar Demosfenning notiqlik faoliyatida ijobiy samaralar 
berishi tabiiy edi.
Demosfenning yana bir jismoniy nuqsoni — nutq qiroat 
qilganda, yelkasi qaltirardi. Bu holat notiqqa qanchalik 
noqulaylik tug‘dirsa tinglovchi tomoshabinlaming ham g‘ashini
95


keltirishi tabiiy edi. Bu nutqning saviyasiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatgan. Demosfen nuqsonni bartaraf qilish uchun 
laboratoriyasi-yerto'ladan unumli foydalanadi. Yerto‘la shiftiga 
uchi o‘tkir xanjar osib qo‘yib o‘rinsiz ko‘tariluvchi yelkasini 
xanjar vositasida tuzatishga harakat qilgan. Uzoq davom etgan 
bu mashq turi nuqsonni bartaraf etadi.
Ma’lumki, katta yig‘inlarda nutq so‘zlash, kisMar e’tiborini 
jalb qilish uchun notiqdan tug‘ma iste’tod bilan bir qatorda 
katta mahorat va bilim hamda tajriba talab qilinadi. Notiq nutqi 
tinglovchilar qalbini zabt etmas ekan, zalda shovqin 
ko‘tarilishi va kishilaming e’tiborsiz bo‘lishi tabiiy edi. Bu 
holat Demosfenning diqqat markazida turgan. U Falera 
ko‘rfaziga borib, sohilda she’rlar o‘qib, nutq parchalarini 
takrorlar ekan, shu darajada diqqatini bir nuqtaga jamlardiki, 
natijada deklomatsiya holati dengiz shovqinini bosib 
turgandek, go‘yo ustun kelgandek tuyulardi notiqqa.
Demosfen notiqlik va aktyorlik san’atlari o‘rtasidagi o‘zaro 
uzviy bogMiqlik borligini juda erta anglagan. Shu bois, u 
mashhur aktyorlar bilan doimiy suhbatda bo'lgan, do‘stlik 
aloqalarini bog‘lagan. Hatto notiqlik san’ati texnikasini 
mashhur aktyor Neoptolemga 10 ming dirham to‘lab o‘rganib 
olgan. Va bu mohir san’atkor bilan doimiy hamkorlik qilgan. 
Ba’zan maslahatlar so‘rab turgan.
Tajribali va donishmand notiq Demosfendan notiqlik 
san’atida birlamchi darajada turuvchi narsani so‘raganlarida 
«mimika bilan so‘zlay olish» deb javob bergan. Ikkinchisi- 
chi? degan savolga ham «mimika bilan so‘zlay olish», nihoyat, 
uchinchi savolga ham «mimika bilan so‘zlay olishdir» deb 
javob qaytargan. Bu javobdan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, mimika ham notiqlik mahoratining asosiy 
belgilaridan biri hisoblanar ekan.
Demosfenning «Filippgaqarshi» deb nomlangan turkum 
nutqlari ham o ‘z davrida mashhur bo‘lgan. Bu nutqlar 
tayyorlanishining o‘ziga xos obyektiv sabablari bor edi.
Ma’lumki, eramizdan awalgi 360—359-yillarda Aleksandr
96


Makedonskiyning otasi Filipp II Makedoniyani idoraqila 
boshlaydi. Kuchli sarkarda sifatida armiya tuzib, qo‘shni 
davlatlami birin-ketin bosib ola boshlaydi. Jumladan, Afina 
davlati ham bu xavfdan xoli qolmaydi.
Demosfenning xalqqa qaratilgan turkum nutqlari shu 
maqsadda tayyorlangan edi. U Filippning asl maqsad.i, 
bosqinchilik rejalarini, harbiy taktikasi sirlarini mohirlik bilan 
ochib tashlaydi. Demosfen Afina davlatining rahbari, dohiysi 
bo‘lib qoldi. Harbiy notiq, tajribali davlat arbobi sifatida 
Fili ppgaqarshi jangdag‘alabani qo‘lgakiritadi. Kuchli armiyani 
boshqarib, Filippni Yunoniston hududidan quvib chiqaradi. 
Ona yurti Afina mamlakatining milliy xavfsizligini saqlaydi. 
Ko‘rinadiki, kuchli notiqdan, kuchli davlat arbobi darajasiga 
ko‘tarilishda Demosfenning faoliyati saboq bo‘larli darajada 
notiqlik tarixida zarrin harflar bilan bitilishi tabiiy edi.
Nazarimizda, Demosfen notiqlik faoliyatining e’tiborli 
jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi:

— Demosfen o‘z nutqlarida arxaik so‘zlar va jargonlardan 
f foydalanmaslikka harakat qilgan;

Tushunarsiz so‘z, iboralardan foydalanmaslik barobarida, 

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish