2-§. Attika davri yoki Afina notiqligi
Eramizdan oldingi 499 — 449-yillarda qariyb 50-yil
davomida Eron va Yunon davlatlari o‘rtasida urush davom
etgan. Urushda yunonlar davlati g‘alaba qozonib, tez orada
taraqqiyot pog'onalariga ko‘tariladi, ijtimoiy-siyosiy hayotda
o‘z mavqeini tiklay boshlaydi. Ilm-fan rivojlanadi, madaniyat
yuksaladi.
Manbalarda Yunonistonda bu davrda madaniyat va san’at
markazi, ilm-fan taraqqiy etgan shahar sifatida Attika qayd
etiladi. Attika hududi katta viloyat hisoblanib, Afina shahri
poytaxti edi. Shu bois, manbalarda Attika davlati yoki Afina
davlati deb qaraladi. Eramizdan oldingi X—IX asrlarda bu
hudud madaniyati Attika madaniyati yoki Afina madaniyati
deb qayd etilgan. Muhimi, bu davrda Afinada notiqlik san’ati
taraqqiy etdi. Fan sifatida shakllana boshladi. Bu davr Yunon
notiqligining Attika davri yoki Afina notiqlik maktabi kabi
terminlar bilan atala boshlagan.
Eramizdan oldingi V asrda Yunoniston ikki mingga yaqin
katta-kichik davlatlardan tashkil topgan yirik markazlashgan
mamlakat edi. Ayrim davlatlar shahar hududi miqyosida tarkib
topib
polislar
deb yuritilar va har bir
polls
mustaqil davlat
sifatida o‘z hududiy maq'omiga, ish yuritish huquqiga va
konstitutsiyasiga ega bo‘lgan.
Afina yoki Attika polisi esa nisbatan ham hududiy, ham
siyosiy mavqei jihatidan yirik bo‘lib, e’tiborli va o‘z nufuziga
87
ega bo‘lgan. Afina davlati ijtimoiy—siyosiy va madaniy taraqqiyot
bosqichlarida polislararo demokratik jamiyatning ko‘zga
ko'ringan yetuk markazi hisoblangan.
Demokratiyaga asoslangan boshqa yunon polislaridagi kabi
Afina davlatida ham ikki yirik organ — Xalq majlisi va Besh
yuzlar ittifoqi asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo'lgan. Sud
tizimi ham katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo‘lib, davlatni
boshqarishda muhim va strategik yumushlami hal qilishda
ishtirok etgan. Bu uch asosiy organ yunon demokratiyasining
yadrosini tashkil qilgan deyish mumkin. Bulardan Besh yuzlar
ittifoqi davlat ahamiyatiga molik polis masalalari bo‘yicha o‘z
taklif-mulohazalarini bildirish, qonun, qarorlar loyihasini
ishlab chiqish va muhokama qilishdan iborat bo‘lgan yirik
siyosiy arboblar birlashmasi hisoblangan. Ittifoq yig‘inlarida
shu loyiha yoki ayrim masalalar muhokamasi yuzasidan o‘z
fikr— mulohazalarini bildiruvchi a’zo erkin nutq so‘zlashi
lozim edi. Shu bois yig‘inlarda o‘rtaga tashlangan masala
muhokamasida kimki o‘z mulohazasini yoki taklifini asosli
isbotlay olsa va ko‘pchilik uning chiqishini ma’qullasa, loyiha
matni qabul qilingan. Aksincha, muhokamadagi fikrlar yetarli
isbotlanmasa, a’zolar tomonidan ma’qullanmasa, loyiha va
takliflar bir ovozdan qabul qilinmas edi.
Besh yuzlar ittifoqi yig‘inlaridagi shunday muhokamalar
va bu muhokamalardagi so‘z erkinligi mashhur notiqlaming
dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun, Ittifoq
yig‘inlarida har bir a’zo imkoni boricha o‘z notiqlik mahoratini
namoyish qilishga harakat qilardi. Fikr— mulohazalar
ta’sirchan, dalillar bilan isbotlangan bo‘lardi. Shunday so‘z
erkinligi Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti uchun
muhim rol o‘ynaydi, mohir notiqlar yetishib chiqishi uchun
qulay zamin hozirlaydi. Ittifoq yig‘inlaridagi muhokamalardan
notiqlik san’atiga xos murakkab uslub va yo‘nalishlar paydo
bo‘ladi. Bu keyinchalik kengash notiqligi nomi bilan fanda
muayyan o‘rin egalladi.
Asosiy qonun chiqaruvchi organ — Xalq majlisi bo‘lib
88
hozirgi pariament maqomiga ega bo'lgan. Xalq majlisi Besh
yuzlar ittifoqi yig‘inlarida muhokamadan o'tgan loyiha
matnlarini ko‘rib chiqib, umumxalq muhokamasiga qo‘ygan.
Muhokamadan o‘tgan Ioyihalar bo‘yicha qonunlar chiqarish
huquqiga ega bo‘lgan. Umumxalq muhokamalarida raiyatning
erkin qatnashishi va muhokamada erkin chiqish huquqi qonun
asosida belgilab qo‘yilgan. Shu bois, xalq majlislari Ba’zan
bir necha kunlab davom etar, yig‘ilishga qatnashgan a’zo va
qiziquvchi shaxslaming qizg‘in muzokaralariga sabab bo‘lardi.
Bunday muhokama va mulohazalar demokratik ruhda bo‘lib
fuqarolar orasidan zabardast kengash notiqlarining yetishib
chiqayotganligi ko‘zga tashlanardi. Ular o ‘z navbatida
yurtdoshlarining manfaatlarini va davlat manfaatlarini himoya
qilib hamda davlat manfaatlari yuzasidan nutq so‘zlardilar.
Bu notiqlik san’atining taraqqiyoti uchun muayyan sharoit
va zamin hozirlanganligidan dalolat berardi.
Besh yuzlar ittifoqi yoki Xalq majlisida muhokama qilingan
loyiha yuzasidan qabul qilingan qarorlar demokratik asosda
erkin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilar edi. Shu bois,
yig'inda ko‘p ovoz to‘plash yoki muvaffaqiyat qozonishning
asosiy va qulay yo‘li majlis qatnashchilarini ishontirish edi.
Buning uchun so‘zga chiqqan notiq maqsadi o‘z fikrini nafaqat
erkin bildira olishi, balki ko‘tarilgan masala mohiyatini ocha
bilish va o'ziga xayrixoh etishdan iborat edi. Ular xalq majlisi
yig‘inlarida o‘z mahoratini namoyish etish uchun notiqlik
san’ati mo'jizalaridan xabardor bo‘lishlari lozim edi.
Shundagina, ulaiga kishilaming ishonchi yanada ortar, notiqlik
mahoratiga tan berar edilar.
Yunon davlatlari tuzilishiga xos demokratiyaga asoslangan
notiqlik san’ati taraqqiy topdi. Demokratiya notiqlik rivojida,
nafaqat imkoniyat, balki yagona omil bo‘ldi. Demokratiya xalq
majlisi yig‘ini qatnashchilari, ittifoq a’zolari, davlat arboblari
va keng fuqarolar ommasi uchun barcha imkoniyat eshiklarini
ochdi. Jumladan, notiqlik san’ati sir-asrorlarini mukammal
o‘rganish uchun maxsus ustoz o‘qituvchilarga ehtiyoj tug‘ildi.
89
Natijada, maxsus notiqlik maktablari vujudga kela boshladi.
Badavlat oila farzandlari yoshligidan notiqlik san’atini
o'rganishga intila boshladilar. Albatta, bunda ota-onalaming
o‘mi va roli katta edi. Ular farzandlarini notiqlik san’ati
maktablarida o‘qitishni obro‘ deb bilar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |