2 Saidov A., Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi. T.: Adolat,
1994; Ko‘chimov SH.N. 0 ‘zbekiston Respublikasida qonunchilik texnikasi.
T.: 1996; Saidlov A.X., Ko‘chimov SH.N. Qonunchilik mtexnikasi
asoslari. T.: Adolat, 2001; Mualliflar jamoasi. Qonun va til. T.: 1997.
3 Saidov A., Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi. T.: Adolat,
1994, 8-bet.
4
madaniyati” kitobiga kiritilmadi. D.Usmonov tomonidan
yozilgan asosiy qism qayta ishlandi, to ‘ldirildi. Jumladan,
“Kirish” qisqa va lo‘nda tarzda yozildi. “Yuridik til va uning
o £ziga xos xususiyatlari” , “Og‘zaki va yozma yuridik nutq”,
“Yuridik term inlar tizimining o ‘ziga xos xususiyatlari”
masalalari alohida bob sifatida darslikka kiritildi. “Prokuroming
ayblov nutqi”, “Advokatning himoya nutqi” bo‘limlari bilan
boyitildi.
Talabalar hukmiga havola etilayotgan bu darslik muallifning
ko£p yillik pedagogik tajribasining mahsuli sifatida dunyo yuzini
ko‘rmoqda. Shuning uchun mazkur darslikning yaratilishi
nutq madaniyati tushunchasi turli qirralarini tizimga solish
va yuristlarning kelgusidagi faoliyati bilan bog‘lash sari
qilingan dastlabki va birinchi harakat sifatida baholanishi lozim.
Zero, yuristning faoliyat ko‘lami keng, shuning uchun
darslikda huquq va til, til va nutq, nutq madaniyati, nutq
madaniyati va adabiy til me’yorlari, yuridik terminlar tizimi,
notiqlik san’ati kabi hodisalar bevosita yurist faoliyati bilan
bog‘langan holda yoritildi.
Darslikning maqsadi bo‘lajak yuristlarning m a’muriy-
huquqiy sohada kasbiy va shaxslararo muomala madaniyati
ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, m a’lum huquqiy
vaziyatlarga muvofiq kasb nutqidan ongli foydalanish
malakalarini takomillashtirishdan iborat. Bundan tashqari,
bu darslik yuristlar faoliyati bilan bogiiq, rasmiy hujjatlar
(so ‘roq qilish, sud ja ra y o n i b ilan b o g ‘liq hu jjatlar,
shuningdek, tergov jarayoni bilan bog‘liq protsessual
hujjatlar) tuzish malakasini shakllantirishga ham yordam
beradi. Shu sababdan kitobga protsessual hujjatlar namunalari,
yuridik til hamda yuridik terminologiya bilan bog‘liq testlar
ilova qilindi.
M azkur darslikning dunyo yuzini ko‘rishida xolisona
yordam berganliklari, ishning qo£lyozmasini o‘qib, o‘zlarining
fikr-mulohazalarini bildirganliklari uchun yuridik fanlari
doktori, professor A.X.Saidovga, filologiya fanlari doktorlari,
5
professorial: N.A. Jumaxo‘ja va AE.Mamatovga muallif o‘zining
samimiy minnatdorchiligini bildiradi.
«Yuristning nutq madaniyati» darsligi o‘zbek tilidabu
boradagi dastlabki kitob bo‘lganligi tufayli unda muallif
diqqatidan chetda qolgan o'rinlar bo‘lishi mumkin. Kitob
yuzasidan bildirilgan flkr-mulohazalar, taklif va istaklar
muallif tom onidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi va
ishning kelgusi nashrlarini yanada takomillashtirishda inobatga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |