Yuristning nutq


sudlanuvchi xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy. Og‘zaki yuridik nutq xususiyatlari quyidagi m e’yorlarga  asoslanadi: 22



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

sudlanuvchi
xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy.
Og‘zaki yuridik nutq xususiyatlari quyidagi m e’yorlarga 
asoslanadi:
22


1. Og‘zaki yuiidik nutq kommunikativ jarayon bilan bevosita 
bog'liq bo‘ladi. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi, 
shuning uchun har qanday yurist ifodalayotgan fikriga mos 
so‘zni, gapni tanlay olish qobiliyatini shakllantirib borishi 
maqsadlidir.
Ba’zan sud jarayonida prokuror, sud yoki advokat 
voqeiylikka, aytilishi lozim bo‘lgan fikrga, hodisalarni 
dalillashga mos, muvofiq so‘z topa olmay qoladi. Og‘zaki nutq 
tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun 
kishi o‘z nutqida voqeiylikdan uzoqroq so‘zni ishlatib yuborishi 
ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, 
ko‘zlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Og‘zaki nutq 
jarayonida odam bir vaqtning o ‘zida fikrlaydi hamda so‘zlaydi, 
shuning uchun voqelikka mos so‘zlam i tanlashga deyarli 
imkoniyat bo‘lmay qoladi.
2. Og'zaki nutqda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi. 
Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust bo‘lsa, og‘zaki 
nutqda gap tuzilishi, so‘z birikmalari o ‘zaro mantiqan va 
grammatik jihatdan bog‘lanmay qoladi.
3. Og‘zaki yuridik nutq, asosan, tahrir imkoniyatidan 
mahrum bo‘ladi. U qanday shaklda namoyon bo‘lgan bo‘lsa, 
shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
4. Og‘zaki yuridik nutqda takrorlar, qaytariqlar ko‘p 
uchraydi.
5. Og‘zaki yuridik nutqning lug‘aviy tarkibi yozma nutqqa 
nisbatan kam bo‘ladi. Olmoshlar, yuklamalar, modal so‘zlar, 
bosh va tushum kelishigidagi otlar ko‘proq ishlatiladi. Og‘zaki 
nutqda ellipsisga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni nutqning tejamkor 
bo‘lishi uchun ba’zi gap bo‘laklari tushiriladi. To'liqsiz gaplar 
ko‘p qo‘llanadi.
6. Og£zaki yuridik nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati 
pauza (to‘xtam), ohang, urg‘u, unlilaming cho‘zib talaffuz 
etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning 
o ‘zgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
23


7. 
Og‘zaki nutqda talaffuzning ahamiyati katta. Gapga 
ustaükni talafïuz ravonligidan ayricha tasawur etib bo‘lmaydi. 
N o‘noq talafïuz tergov jarayonida, sud jarayonida, ayniqsa, 
sud hukmi o ‘qilishida noxush vaziyatni keltirib chiqarishi 
mumkin. Sud hukmi o ‘qilayotganda har bir so‘z, har bir 
termin yoki har bir gap ravon talafïuz etilishi shart. Toki 
o ‘qilayotgan hukm davlat nomidan ifodalanayotgani aniq 
bilinib tursin.
Og‘zaki nutqni shakllantirish va takomillashtirisji ko‘proq 
yozma nutqning takomiliga bogMiq. 
Yozma nutq
yuqori 
d arajada b o ‘lm as ekan, og‘zaki n u tq k o ‘ngildagidek 
bo‘lmaydi.
Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo‘llashga to‘liq 
imkoniyat bo‘ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish 
mumkin. Yozma nutqda og‘zaki nutqdagi kabi hayajon 
bo‘lmaydi, notiq shoshilmasdan, o ‘ylab nutq tuzadi. Shu 
sababdan ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ko‘ra ravon, aniq 
va izchilroq bo‘ladi.
Har qanday nutqni xoh u badiiy,xoh u ilmiy yoxud rasmiy 
bo‘lsin yozma ravishda ifodalash insho deyiladi.”Insho notiqlik 
san’atining bir qirrasi, san’at ichra san’atdir”1. Afsuski, so‘nggi 
yillarda oliy maktab tizimida, hatto o ‘rta maktablarda ham 
inshoga e’tibor susaydi.Yuristlaming yozma ishlari haqida hech 
kim o‘ylab ham ko‘rmadi. Yozma nutqi ravon bo‘lmagan 
yuristning faoliyatini tasawur qilish qiyin. Yozma yuridik nutq 
barqaror va qat’iy bo‘ladi, u har doim aw aldan o ‘ylanadi 
hamda matnga tushiriladi. Taniqli yuristlaming hech biii yozma 
nutqini takomillashtirmasdan yuqori martabaga erishmaganlar. 
Yozma yuridik nutq og‘zaki yuridik nutqning rivojiga bevosita 
ta ’sir etadi, asosan, og‘zaki yuridik nutq yozma yuridik nutq 
asosidarivojlanadi.
Yozma mashqlar — bamisoli tafakkur mashqlaridir. Biror

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish