45-modda. Tuman, shahar hokimining, vasiylik va homiylik
organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish
Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni b lgilash va tugatish,
vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud
ch tlashtirish to‘g‘risidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda
vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar
tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
46-modda. Vasiy va homiyning g‘ayriqonuniy harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Vasiy va homiyning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar
tomonidan t gishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |