38-modda. Vasiylik va homiylik organining ruxsatini olmay turib
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan shartnoma tuzish oqibatlari
Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylik va homiylik organining ruxsatisiz
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan shartnoma tuzilganligi fakti
aniqlanganda, vasiylik va homiylik organi vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxsning manfaatlarini ko‘zlab zudlik bilan sudga murojaat qilishi shart.
Vasiylik va homiylik organining ruxsatisiz vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxs nomidan tuzilgan shartnoma haqiqiy emas d b topilganda, vasiylikdagi yoki
homiylikdagi shaxsga t gishli bo‘lgan mol-mulk qaytarilishi, shartnoma taraflariga
yetkazilgan zararning o‘rni esa, qonun hujjatlarida b lgilangan miqdorda va
tartibda vasiy yoki homiy tomonidan qoplanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |