Yuridik xizmat- Huquqiy islohot samarasi!
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini ayniqsa o’rta va quyi bo’g’inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko’rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “yoshlarni qo’llab quvvatlsh va aholi salomatligini mustaxkamlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risidagi PF 6155 sonli farmoniga muovfiq davlat organlari va tashkilotlarida markazlashgan yuridik xizmat ko’rsatish tizimini joriy qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 29-iyun kunida “Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ 5168 sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan “yuridik xizmat ko’esatish markazi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu normative huquqiy hujjatga asosan Respublikaning barcha tumanlarida, jumladam bizning tumanimizda ham 2021-yil 1-oktabrdan boshlab viloyat Adliya boshqarmasi tizimida tuman yuridik xizmat ko’rsatish Markazi faoliyat boshladi.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratligi belgilab qo’yildi:
Davlat organi va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlari, loyihalarini, ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o’tkazish
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Davlat organlari va tashkilotlari hodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirirsh.
Davlat organlari va tashkilotlari mulkiy va boshqa manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taminlash.
Davlat organlari va tashkilotlarida o’tkaziladigan tekshirishlarda qatnashish.
Mazkur nizomning 7-bandiga muvofiq markazlar tomonidan yuridik xizmat ko’rsatadigan tashkilotlar o’rtasida o’zaro ishni tashkil qilish “E-Huquqshunos” electron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tuman yuridik hizmat ko’rsatish markazi hozirgi vaqtda tumandagi 11 ta byudjed tashkilotlariga: Moliya, qurilish, irrigatsiya, madaniyat bo’limlari, tibbiyot birlashmasi, obodonlashtirish boshqarmasi, xalq ta’limi bo’limi, maktabgacha ta’lim bo’limi, veterenariya bo’limi, tuman SEO va JSB bo’limlariga yuridik hizmat ko’rsatishi belgilangan.
Markazlarga o’zining asosiy faoliyatiga ta’sir ko’rsatmagan holda va manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymagan holda tumandagi boshqa yuridik shaxslarga pullik asosda yuridik hizmatlar ko’rsatish huquqi berilgan. Yuridik shaxslarga pullik asosda yuridik hizmatlar ko’rsatish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanib, pullik hizmatlardan kelib tushgan mablag’lar byudjeddan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga yo’naltiriladi.
Markazning asosiy vazifalaridan biri qilib belgilangan davlat organlari va tashkilotlari hodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida markazga biriktirilgan davlat tashkilotlari va organlari hodimlariga qonunchilikdagi yangiliklar va yangi normative huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati haqida muntazam huquqiy targ’ibot tadbirlarini ya’ni davra suhbatlari ni, ma’ruzalar, seminar treninglar va qabul marosimlarini o’tkazib boradi.
Oltinsoy tumani YuKXM direktori N.Xoliyarov
Tuman YuKXM bosh yuriskonsulti L.Xasanova
Do'stlaringiz bilan baham: |