Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadiagan soliq. Yuridik va jismoniy shxslardan olinadigan yer solig`i. Reja


Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar



Download 29,61 Kb.
bet2/4
Sana08.07.2022
Hajmi29,61 Kb.
#758865
1   2   3   4
Bog'liq
Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadiagan soliq. Yuridik va jismoniy shxslardan olinadigan yer solig`i.

3. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar
Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:
1) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, madaniy-maishiy ehtiyojlarni qondirish va aholining dam olishi uchun foydalanadigan yerlar; ariq tarmoqlari, qabristonlar va boshqalar);
2) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari; Ularga borish yo‘llari, ariqlar, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar kiradi;
3) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar, ov qilishga mo‘ljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar);
5) suv fondi yerlari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar);
6) elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar;
Yangi elektr uzatish havo va kabel liniyalarini qurish uchun yerlar vaqtincha foydalanish uchun qurilish davriga ajratiladi, elektr uzatish liniyalaridan doimiy ishlatish uchun foydalanishga esa faqat kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr uzatish liniyalarining tayanchlari, elektr uzatish kabel liniyalarining yer ustidagi inshootlari, kuchlanishni pasaytiruvchi podstansiyalar, taqsimlash va seksiyalashtirish punktlari egallagan yer uchastkasigina ajratiladi. Elektr uzatish uchun tayanchlar va ulardagi inshootlarga yer maydoni yer ajratish materiallari bo‘yicha qabul qilinadi. Shu munosabat bilan yer solig‘ini to‘lashdan qurilish davrida butun ajratilgan yer uchastkasi, foydalanish davrida esa - faqat kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr uzatish liniyalari tayanchlari, ulardagi inshootlar va podstansiyalar egallagan yerlargina ozod etiladi. Umumdavlat aloqa liniyalari va ulardagi inshootlarga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo‘yilgan simlar va aloqa kabellari, ustunli aloqa va radiofikatsiya liniyalari, ularni belgilaydigan signal va o‘lchov ustunlari (qoziqlari), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyasi, yer usti va yer ostidagi xizmat qilinmaydigan kuchaytirish (regeneratsiya qilish) punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, yerga ulangan sim konturlari va boshqa aloqa inshootlari kiradi.
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, temir yo‘llarning umumiy tarmog‘i, umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) va ularning inshootlari egallagan yerlar.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda ularning indekslari va tartib raqamlarini ko‘rsatgan holda tegishli ro‘yxatlarga kiritilgan avtomobil yo‘llari taalluqlidir.
Avtomobil yo‘llarining inshootlariga ko‘priklar, yo‘l chetidagi ariqlar, yon tomondagi zaxira yerlar, ko‘tarma ortidagi ariqlar va ko‘tarmalar, tog‘dagi suv ajratish kanallari, ariq ortidagi bermalar va qiyaliklarning mustahkamligini ta'minlash bermalari, avtobus bekatlari, tushishlar, traktor yo‘llari, piyodalar va velosiped yo‘lkalari, o‘pirilish, sel, ko‘chkiga qarshi va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan yerlarda joylashtirilgan boshqa himoya inshootlari kiradi. Soliq to‘lashdan ozod etiladigan yer uchastkalariga temir yo‘l stansiyalari hududida bosh, stansiya va saralash temir yo‘l liniyalari egallagan yerlar ham kiradi.
Sanoat va boshqa korxonalarga o‘tkazilgan temir yo‘llar egallagan yerlar uchun soliq belgilangan tartibda to‘lanadi. Temir yo‘llarning inshootlari tarkibiga zaxiralar, tuproqtepalar, yo‘ldagi suv ajratish, mustahkamlash va tutib turish inshootlari, yo‘llar bo‘ylab qordan himoyalash va qumni mustahkamlash polosalari, tortish podstansiyalari, tonnellar va shu singari sun'iy inshootlar va yo‘l qurilmalari kiradi. Soliq imtiyozi tramvay yo‘llari va trolleybus liniyalari, metropoliten liniyalari, tramvay va trolleybus bekatlari, shu jumladan dispetcherlik punktlari, metropoliten bekatlari va shahar elektr transporti yo‘llaridagi boshqa inshootlar egallagan yerlarga tatbiq etiladi. Ma'muriy va boshqa yordamchi binolar, depolar (depo hududida joylashgan elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari egallagan yerlardan tashqari), qurilish va ta'mirlash ob'ektlari egallagan yerlar uchun soliq belgilangan tartibda to‘lanadi;
8) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik turlari ob'ektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
9) magistral suv quvurlari, neft va gaz quvurlari, issiqlik trassalari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv ta'minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa ob'ektlar egallagan yerlar;
Suv ta'minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa ob'ektlar tarkibiga aholi punktlarida suv quvuri va kanalizatsiya tarmog‘idagi nasos stansiyalari, kuzatish quduqlari va dyukerlar, suv minoralari va shu singari inshootlar kiradi. Magistral gaz va neft quvurlari va ularning inshootlari egallagan yerlar. Inshootlar tarkibiga yong‘in va avariyalardan saqlash inshootlari, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari, ulanish tugunlari bilan birga nasos va kompressor stansiyalari, quvurlarni tozalash qurilmalari va hokazolar kiradi. Magistral issiqlik trassalari va ularning inshootlari egallagan yerlar. Issiqlik trassalarining inshootlariga nasos stansiyalari (kuchaytiruvchi, pasaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj), issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlar, issiq suv ta'minotining sirkulyasiya nasoslari kiradi;
10) samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, shu jumladan ularni yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar;
11) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob'ektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar - qurilishning normativ muddati davriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yilgan ob'ektlar egallagan yerlar;
Investitsiya dasturiga kiritilgan ob'ektlar qurilishining me'yoriy muddati tugagach, shuningdek to‘xtatib qo‘yilgan ob'ektlarni qurish davom etilgan yoki ular faoliyat ko‘rsata boshlagan hollarda yer solig‘i qurilishning me'yoriy muddati tugashidan yoki ob'ekt qurilishi yoxud undan foydalanish boshlanganidan keyingi oydan boshlab to‘lana boshlaydi. Investitsiya dasturiga kiritilgan ob'ektlar qurilishiga ajratilgan yer uchastkalariga soliq solinmaydi. Agar Investitsiya dasturiga ko‘ra korxona, uning alohida sexlarini ta'mirlash yoki qayta jihozlash nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday hollarda soliq imtiyoz qo‘llanmaydi;
12) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
13) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari;
Ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlar seleksiyasini amalga oshirish hamda Bob doirasi tasdiqlangan boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar va ko‘chatlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod etiladi;
14) yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug‘oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e'tiboran ko‘pi bilan besh yilga;
yer solig‘ini to‘lashdan yangi o‘zlashtirilayotgan va sug‘oriladigan yerlar, shuningdek kapital tekislash, sug‘orish tarmog‘ini ta'mirlash va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yoxud sug‘orilayotgan yerlarni kompleks ta'mirlash bo‘yicha meliorativ ishlar amalga oshiriladigan sug‘orilayotgan qishloq xo‘jalik yerlari ozod qilinadi. Agar loyihada yerlarni o‘zlashtirish va meliorativ ishlarni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki yer uchastkasi boshqa muddatlarda ishga tushirilgan bo‘lsa, bunday holda meliorativ ishlar va yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari bajarilgan yillar uchun, lekin 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda, yer uchastkasiga soliq to‘lanmaydi;
15) zaxiradagi yerlar;
16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: o‘rmon bog‘lari, bog‘lar, xiyobonlar, plyajlar va boshqalar). Bunda muassasa deganda mulkdor tomonidan boshqarish, ijtimoiy-madaniy yoki notijorat tusidagi boshqa funksiyalarni bajarish uchun tashkil etilgan holda u tomonidan to‘liq yoki qisman moliyalanadigan tashkilot tan olinadi;
17) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo‘lgan yerlar);
18) yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yerlar - yer uchastkalari berilgan paytdan e'tiboran ikki yil muddatga;
19) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob'ektlar egallagan yerlar. Fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob'ektlar egallagan yerlar maydoni haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib qabul qilinadi.
yerlardan o‘z o‘rnida foydalanilmagan taqdirda ushbu belgilangan imtiyozlar qo‘llanilmaydi.
Quyidagi yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:
a) tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar, yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yo‘lida foydalanayotganlaridan tashqari;
Agar yer uchastkalaridan notijorat tashkilotlar bevosita tadbirkorlik faoliyati yo‘lida foydalansalar (ijaraga berilsa, qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirilsa va hokazo), bunday yer uchastkalari uchun soliq belgilangan tartibda to‘lanadi.
Soliq solish maqsadida notijorat tashkilotlar deganda quyidagi yuridik shaxslar tushuniladi: faqat davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan, xarajatlarni qoplashga byudjetdan tasdiqlangan smetalar doirasida dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar; xayriya birlashmalari, uyushmalari va jamg‘armalari, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar:
Ijtimoiy-xayriya yoki ta'sis hujjatlarida qayd etilganidek, tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni nazarda tutmaydigan boshqa maqsadlar uchun barpo etilgan yuridik shaxslar;
Moliyaviy va boshqa mablag‘larni mazkur tashkilot xodimlari, muassislari yoki a'zolarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydigan yuridik shaxslar (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat uchun haqlardan tashqari);
b) madaniyat, maorif, sog‘liqni saqlash va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, bo‘ysunuvidan qat'i nazar, o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun;
Ularga quyidagilar kiradi:
madaniyat va san'at muassasalari (kutubxonalar, filmoteka va fonotekalar, muzeylar, ko‘rgazmalar, klub muassasalari, maktabgacha tarbiya muassasalari, xalq universitetlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, botanika bog‘lari va hayvonot bog‘lari, televidenie va radioeshittirish tahririyatlari, kitob palatalari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert tashkilotlari va jamoalari, sirklar, tasviriy san'at studiyalari va badiiy bezatish tashkilotlari, kinostudiyalar va ovoz yozish studiyalari, aholining buyurtmasiga ko‘ra ish va xizmatlarsiz kinofilmlar tayyorlash, ovoz yozish, havaskorlik kinofilmlarini tayyorlash, ovoz yozish xizmatlari, kinofilmlar ijarasi, madaniyat va san'at xo‘jaligini boshqarish);
maorif muassasalari (oliy va o‘rta maxsus ma'lumotli kadrlar tayyorlash, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash, o‘rta maxsus ma'lumotli kadrlar tayyorlash, ishchilar va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, umumiy ta'lim bolalar maktablari, ishchi yoshlar uchun umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash muassasalari);
sog‘liqni saqlash muassasalari (kasalxona muassasalari, moxovxonalar, dispanserlar, ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam hamda qon quyish muassasalari, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, sanatoriy-kurort muassasalari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya muassasalari, sanitariya maorifi muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari);
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari (vrachlik-mehnat ekspertiza komissiyalari, qariyalar va nogironlar uchun internat uylar).
yer uchastkalari (xonalar)dan ularning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun (ijaraga berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va hokazo) foydalanadigan madaniyat, maorif, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari yer solig‘ining tegishli hissasini to‘laydilar;
v) dehqon (fermer) xo‘jaliklari - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil muddatga;
Yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o‘tguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to‘liq miqdorda undiriladi.
g) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno)
Xodimlarning umumiy soniga korxona shtatida bo‘lgan, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek korxona shtatida bo‘lmagan (pudrat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy tusdagi boshqa shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajaradigan) xodimlar kiritiladi;



Download 29,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish