Qo'shilgan qiymat solig'i
Soliq to'lovchilar
Oʼzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Soliq solish obyektlari
1) realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi boʼlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʼyicha aylanma;
2) O'zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
(Soliq kodeksining 238-moddasi)
Soliq bazasi
Аktsiz soligʼini (aksiz toʼlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʼllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
(Soliq kodeksining 248-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka - 15% (Soliq kodeksining 258-moddasi); .
2) Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar boʼyicha aylanmalar nolь darajali stavka boʼyicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 36-bobi).
Soliq davri
Soliq (hisobot) davri - bir oy.
Elektron shakldagi elektron xizmatlar koʼrsatuvchi chet el yuridik shaxslari uchun soliq davri - bir chorak.
(Soliq kodeksining 259-moddalari)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har oyida, soliq davridan keyingi oyning
20-kunidan kechiktirmay,
(Soliq kodeksining 273-moddalari)
To'lov muddati
Har oyda keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
Aksiz solig'i
Soliq to'lovchilar
Аksiz solig'i solinadigan tovarlarni (aksiz toʼlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar, aksiz soligʼi solinadigan (aksiz toʼlanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini koʼrsatuvchilar, benzin, dizel yoqilgʼisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar
(Soliq kodeksining 283-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) aksiz soligʼi solinadigan tovarni sotish; .
2) aksiz toʼlanadigan tovarlarni Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish;
3) aksiz toʼlanadigan xizmatlar koʼrsatish.
(Soliq kodeksining 284-moddasi)
Soliq bazasi
1) aksiz toʼlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi;
2) mobil aloqa xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxslar aksiz toʼlangan holda koʼrsatilgan xizmatlarning qiymati.
(Soliq kodeksining 285-moddasi)
Soliq stavkasi
Аksiz toʼlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) boʼyicha soliq stavkalari Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
(Soliq kodeksining 289-moddasi)
Soliq davri
Hisobot davri bir oy
(Soliq kodeksining 291-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 292-moddasi)
To'lov muddati
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 293-moddasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |