58. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy soliqni to'lashning xususiyatlar YaTTlar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda – 270 000 so‘m;
2) YaTT bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida –135 000 so‘m;
faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:
YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda – 270 000 so‘m;
oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida – 135 000 so‘m;
59. Avtotransport yig'imlari va ularni to'lovchilar tarkibi 1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im
Avtotransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hamda norezidentlari avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti yig‘imi soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘imni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
60. Avtotransport yig'imlarining turlari, to'lovchilari, obyekti va bazasi Avtotransport yig‘imlari jumlasiga quyidagilar kiradi: avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im.
To’lovchilar Avtotransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hamda norezidentlari avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti yig‘imi soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘imni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.