22 savolga javob
Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxslar to‘lanishi lozim bo‘lgan yer solig‘ining hisob-kitoblarini 1-fevraldan kechiktirmay yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq idorasiga taqdim etadilar.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer solig‘ini, to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning yillik hisob-kitobini qilib, yilning har choragida teng ulushlarda 15-fevral, 15-may, 15-avgust va 15-noyabrda, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari hamda tashkilotlari – 15-sentabr va 15-dekabrda to‘laydilar
Yuridik shaxslar yil davomida yer uchastkasiga mulkdorlik qilish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lib qolgan, shuningdek ular foydalanadigan yer maydonini ko‘paygan yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqlari to‘xtatilgan taqdirda, ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar huquqlari to‘xtatilgan kundan boshlab ko‘pi bilan bir oylik muddatda soliq idoralariga yer solig‘iga doir hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart
23 savolga javob
. Quyidagi yerlar, chunonchi:
a) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, ariq tarmoqlari va hokazo);
b) bog‘dorchilik-dehqonchilik shirkatlari, jamoat garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
v) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatidagi yerlar (qo‘riqxonalar, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar (ov qilishga mo‘ljallanganlaridan tashqari) va tabiat yodgorliklari, ihota daraxtzorlari;
g) sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazish ahamiyatidagi (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash uchun maqbul tabiiy omillarga ega bo‘lgan) yerlar;
d) istirohatgoh yerlar (o‘rmonzorlar, bog‘lar, hiyobonlar, sayrgohlar, cho‘milish joylari va shunga o‘xshash aholining ommaviy dam olishi va sayyohlikni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar;
e) tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlar (tarixiy madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, qabristonlar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari va hokazo);
j) suv fondi yerlari (daryolar, qo‘llar, suv omborlari, kanallar, ichki dengizlar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xo‘jaligining ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari tegrasidagi yerlar va boshqalar);
z) zaxira yerlari;
i) elektr uzatish tarmoqlari, kabel liniyalari va podstansiyalar uchun ajratilgan yerlar, issiqlik trassalari, gaz quvurlari va neft quvurlari umumdavlat aloqa liniyalari o‘tgan yerlar hamda ularning inshootlari joylashgan yerlar;
k) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnika turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish-sog‘lomlashtirish joylari, o‘quv-mashq bazalari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari egallagan yerlar
l) avtomobil va temir yo‘llar himoya ostidagi tegrasi va ulardagi inshootlari bilan, (xizmat bilan bog‘liq chek yer sifatida berilgan yerlardan tashqari) uchish-qo‘nish maydonlari, shu jumladan samolyotlarni yerda boshqarish yo‘lkalari va samolyotlarni saqlash joylari, aeroportlarning radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan hamda umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) uchun ajratilgan yerlar;
m) gidrometrologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari, mol haydab o‘tish uchun ajratilgan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalariga kiradi.
n) yirik suv quvurlari, suv olish, tozalash, kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari va kommunal xo‘jalik obyektlari egallagan boshqa yerlar.
o) yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holati yaxshilanishi jarayonidagi sug‘oriladigan yerlar loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko‘pi bilan besh yilga;
p) ilmiy tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlari tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlarida foydalaniladigan qishloq xo‘jalik ahamiyatidagi va o‘rmon fondidagi yerlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |