YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG‘INI PROGNOZ QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Foyda solig‘ini prognoz qilishda zarur bo‘lgan asosiy ko‘r satkichlar jamlanadi.
Bunda, foyda solig‘i prognozni amalga oshirishda o‘rganiluvchi quyidagi ko‘rsatkichlar jamlanadi:
– foyda solig‘ini prognozlashtirishda foyda solig‘ini to‘laydigan soliq to‘lovchilar ro‘yxati;
– foyda solig‘idan berilgan imtiyozlar summasi;
– soliq to‘lovchi subyektlarning ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– soliq stavkalari; xo‘jalik subyektlarini joriy davrda olgan foyda to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– debitorlik, kreditorlik qarzlar va boqimanda to‘g‘risidagi ma’- lumotlar;
– korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik natijalari.
Foyda solig‘i tushumini prognoz ko‘rsatkichiga yuqorida keltirilgan barcha iqtisodiy faktorlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Dastlab, foyda solig‘ini hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq bazasini hisoblash talab qilinadi. Soliq bazasi qanchalik to‘g‘ri hisoblangan bo‘lsa, budjetga tushadigan tushumning miqdori ham ko‘p bo‘ladi. Prognozlashtirilayotgan yil uchun foyda solig‘ini rejalashtirishda jami daromad tarkibi, jami daromaddan chegirmalar, umidsiz qarzlar bo‘yicha ma’lumotlar, molyaviy jazo va penya summalari, asosiy vositalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni sotishdan olgan foyda (zararlari), amortizatsiya chegirmalari, soliq imtiyozlari va amaldagi soliq stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Demak jamlangan statistik ma’lumotlar, soliq organlarida jamlanadigan budjetga undirilgan tushumlari, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarni moliyaviy faoliyati haqidagi hisobotlar asosida foyda solig‘ini prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
Birinchi usulda statistika organlari tomonidan chop etilgan hisobotlardan foydalanilsa, ikkinchi usulda budjetga haqiqatda tush gan tushumlarning o‘sish sur’atlaridan foydalangan holda amal ga oshiriladi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqishda korxona faoliyati moliyaviy natijalarini to‘g‘ri shakllantirish hamda shu faoliyat bilan bog‘liq xarajatlarni hisoblash muhim ahamiyatga ega.
Rejalashtirilayotgan yil uchun soliq obyekti aniqlangandan so‘ng soliqni prognoz qilishda belgilangan soliq stavkalaridan foyda lanadilar.
Foyda solig‘ining prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblashda imtiyozlar summasi ham to‘g‘ridan to‘g‘ri prognozlashtirilgan tushum summasiga ta’sir qiladi. Foyda solig‘ining prognoz ko‘rsatkichlari asosan uchta usulda amalga oshirilishi mumkin:
– yirik soliq manbalari;
– haqiqatda tushgan soliq va to‘lovlar tushumini tahlili asosida;
– korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati to‘g‘- risidagi ma’lumotlarga ko‘ra.
Makromanbalar bo‘yicha prognoz qilishda asosiy soliq turlari bo‘yicha, QQS, foyda solig‘i; jismoniy shaxslarning daromad so lig‘i; aksiz solig‘i; yer solig‘i; mulk solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqlar hisoblanadi, chunki jami soliq tushumlari ichida ushbu soliq turlaridan tushgan tushum asosiy o‘rinni egallaydi.
Birinchi variant bo‘yicha prognoz qilishda Makroiqtisodiy va statistika idoralari tomonidan tayyorlangan korxonalarning moliyaviy natijalari hisobotlari, korxonalarni ishlab chiqarish hajmi, mehnat va mehnatga haq to‘lash haqidagi hisobotlar, mahsulotning tannarxi, tayyor mahsulotni realizatsiyasi to‘g‘risidagi hisobotlari, kor xonalarni debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliq stavkalari, soliq turlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi.
Yuridik shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ini prognozlash hisob-kitobida kamida oldingi besh yil tahlil uchun olinadi.
Foyda solig‘iga ta’sir qiluvchi barcha omillar
– mahsulot, ish va xizmatlar(jami daromad) summasi, tannarx miq dori, chegirilmaydigan xarajatlar qiymati, soliq imtiyozlari summalarining oldingi besh yil davomida ega bo‘lgan o‘zgarish tendensiyalari statistik usullar yordamida o‘rganiladi. Bunda, foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiluvchi barcha omillarning oldingi besh yil mobaynida bo‘lgan o‘rtacha kattaligi, o‘rtacha kattalikdan chetlanishi, dispersiyasi tadqiq qilingan holda prognoz davri uchun belgilanuvchi soliq prognozi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Bizning shartli misolimizda mahsulot, ish va xizmat sotuvidan tushum(jami daromadning dispersiyasi 108,18 mln so‘mni tashkil qilgan. Topilgan dispersiya miqdoriga o‘rtacha kattalik miqdorini qo‘shgan holda prognoz ko‘rsatkichi hisoblandi (2506,38 mln so‘m.).
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bazasini asosini tashkil qiluvchi, oldingi besh yil mobaynida amalda yig‘ilgan jami daromadlarning ikki varianti o‘rtasidagi variatsiya miqdori 323 mln so‘mni tashkil qiladi. Ammo, soliq prognozi ko‘rsatkichini hisoblashda ikki maksimal va minimal variantlar o‘rtasidagi farqni olish maqsadga muvofi q emas. Chunki maksimal va minimal variantlar o‘rtasidagi farq tanlab olingan yillar davomida, jami daro madlar summalari o‘rtasidagi tafovutga aniq xulosa bermaydi. Prog noz ko‘rsatkichini hisob–kitobi uchun jami daromadning dispersiyasi uning haqqoniyligini ta’minlashga imkon beradi
. Hisob-kitob natijasida jami daromadning oldingi besh yil davomidagi farqlanish dispersiyasi 108,18 mln so‘mni tashkil qilgan.
Soliq prognozi uchun tanlab olingan besh yil muddatida tannarx miqdori turlicha o‘zgargan. Uning o‘rtacha miqdori 1604,6 mln so‘mni tashkil qilgan.
Kuzatish natijalarining ikki maksimal va minimal qiymati o‘rtasidagi farq 156 mln so‘mni tashkil qilgan. Besh yil davomida shakllangan tannarx summalari o‘rtasidagi tafovut dispersiyasi 50,15 mln so‘mni tashkil qilgan. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini prognoz qilishda tannarx qiymatlari o‘rtasidagi dispersiya miqdori va o‘rtacha kattalik miqdor hisobga olingan holda kutilayotgan soliq bazasi miqdoridan ayirib tashlandi.
Chegrilmaydigan xarajatlar yillik miqdori ham tadqiqot uchun olingan besh yil davomida o‘zgarib turgan. Birinchi yilda jami bo‘lib 236 mln so‘mlik chegirilmaydigan xarajatlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, beshinchi yilda ushbu ko‘rsatkich 300 mln so‘mni tashkil qilgan.
Tanlangan besh yil davomida chegirilmaydigan xarajatlarning o‘rtacha miqdori 261.2 mln so‘mni tashkil qilgan. Foyda solig‘ini prognoz hisob-kitobi uchun foydalanilgan, chegirilmaydigan xarajatlar summalari o‘rtasidagi dispersiya summasi – 21.31 mln so‘mni tashkil qilgan.
Tadqiqot uchun olingan yillar bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblashda qo‘llanilgan jami soliq imtiyozlari summasi ham yillar kesimida jamlanadi. Tanlangan yillar bo‘yicha soliq imtyozining o‘rtacha miqdori aniqlanib, ular o‘rtasidagi dispersiya miqdori aniq lanadi. Bizning shartli misolimizda, yillar orasida jami soliq im tiyozi summasining dispersiyasi 3,37 mln so‘mni tashkil qilgan.
Foyda solig‘ining soliq bazasi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash jami daromad, tannarx, chegirilmaydigan xarajatlar, soliq imtiyozlarining prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. Hi sob-kitob natijasida kutilayotgan soliq bazasi miqdori 976,56 mln so‘m bo‘lish ehtimoli aniqlandi (2506,38-1654,75+282,5-157,57). Prognoz yilida kutilayotgan foyda solig‘ining soliq solish bazasiga kutilayotgan foyda solig‘i stavkasini ko‘paytirib, foyda solig‘i ning prognoz tushumi miqdorini aniqlaymiz.
Kutilayotgan foyda solig‘i tushumi miqdori 78,12 mln so‘mni tashkil qildi (976,56 mln so‘m X 8%). Ammo, foyda solig‘ining bazasini oldingi yillardagi haqiqatdagi summasini o‘rtacha kattaligi, o‘rtacha kvadratik cheklanishi va dispersiyasi asosida ham hisoblab topish mumkin. Foyda solig‘ining soliqqa tortish bazasini va uning o‘zini bevosita, ta’sir qiluvchi omillar ta’sirisiz hisoblaganda kutilayotgan miqdor birinchi usul natijasidan farq qilishini ko‘ramiz.
Bizning hisob-kitobimizda tahlil uchun olingan besh yil mobay nida soliq bazasining o‘rtacha miqdori 900,6 mln so‘mni, uning dispersiyasi 77,37 mln so‘mni tashkil qilgan
Foyda solig‘ining bazasi kabi foyda solig‘ini prognoz yilida kutilayotgan miqdorini uning o‘zini oldingi yillar ma’lumotlaridan foydalanib, ehtimolli o‘zgarish miqdorini aniqlash mumkin.
Oldingi besh yil davomida foyda solig‘ining summasi 92,7 mln so‘mdan 105,17 mln so‘mgacha – maksimal va minimal darajada tebrangan
Tahlil uchun olingan davrda foy da solig‘ining o‘rtacha miqdori 98,1240 mln so‘mga, o‘rtacha kvadratik cheklanishi 227,63 mln so‘mga. Dispersiyasi 15,09 mln so‘mga tenglashgan. Yuqorida amalga oshirilgan prognoz hisob-kitoblari oldingi yillarda foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiliuvchi omillarning haqiqat da gi natijasi asosida tashkil qilindi. Shuni esda tutish kerakki, har bir yangi yil uchun prognoz ko‘rsatkichini belgilashda prognoz yilida kutilayotgan mamlakat makroiqtisodiy ko‘rstakichlarini, e’tiborga molik bo‘lgan yangi soliq bazalarini, infl atsiya darajalarini inobatga olish tavsiya qilinadi.
Yalpi foyda miqdorining prognoz qiymatini aniqlashda yalpi ichki mahsulotning, sanoat mahsulotlarning, to var aylanmasining umumiy hajmini, baho indeksini, infl atsiya dara jasini o‘zgarish tendensiyalarini inobatga olish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |