55-modda. Yuridik shaxsni tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida yuridik shaxsning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon beradi. Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxs tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat tamom bo‘lganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
(55-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tugatuvchi yuridik shaxsning mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxs kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi tomonidan ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilab qo‘yilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(55-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa — pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, kreditorlar o‘z talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa mulkdori hisobidan qondirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan muassislariga (ishtirokchilariga), agar qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yo‘qligida tugatish taomili va xususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(55-modda o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli Qonuni bilan to‘ldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qo‘yilganidan so‘ng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |