Yuridik ahamiyatga EGA hujjatlarning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi to‘G‘risida huquqiy xulosa



Download 10,47 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi10,47 Kb.
#885412
Bog'liq
3- OYLIK SINOV MUDDATI


YURIDIK AHAMIYATGA EGA HUJJATLARNING QONUN HUJJATLARIGA NOMUVOFIQLIGI TO‘G‘RISIDA HUQUQIY XULOSA
№ 1
1. Loyihaning turi
Buyruq.

2. Loyihaning nomi.


“Ishga qabul qilish to‘g‘risida”
3. Loyiha ishlab chiquvchisi va kiritilgan sana haqidagi ma’lumot.


O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’lim bo‘limi .21.10.2021
Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi huzuridagi Navbahor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga 2021 yilning 21 oktyabr kuni «E-Huquqshunos» elektron tizimi orqali Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’lim bo‘limi tomonidan “Ishga qabul qilish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berishlik uchun kelib tushgan. Buyruqni o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:
21-oktyabr 2021-yil Mamatov Zoir Faxriddinovich - Navbahor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga joriy yilning 20-oktabr sanasidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 85-moddasiga asosan 3 (uch) oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 84-moddasida ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilangan bo‘lib:
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:
xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;
xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.
Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 85-moddasida dastlabki sinov muddati berilgan bo‘lib:
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 87-moddasida dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgandagina bekor qilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddatini qisqartirishga faqat shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilab olingan ogohlantirish muddati mobaynida xodim mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risida berilgan arizani qaytarib olishga haqlidir.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi.
Yuqoridagi moddalarga asosan, ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan va sinov muddatlari haqida kelishuv ilova hujjatlarida keltirilmagan. MEHNAT KODEKSINING 84-MODDASIGA KO‘RA TOMONLAR DASTLABKI SINOV MUDDATINI SHARTNOMADA KO‘RSATMAGAN BO‘LSA SINOV MUDDATISIZ ISH QABUL QILINGAN BO‘LADI.
Yuqoridagilarni inobatga olib, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra:
XULOSA QILAMAN:
Navbahor tumani xalq ta’lim bo‘limi 2021 yil 21 oktyabr 433-kb-son “Ishga qabul qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i amaldagi qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilsin.
Download 10,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish