Yurgizib yuborish tizimi Reja


Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi



Download 84 Kb.
bet3/5
Sana08.07.2022
Hajmi84 Kb.
#756574
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yurgizib yuborish tizimi Reja

Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi. Dvigatellarni yurgizib yuborishda turli mexanizm va tizimlarning ishqalanishi qarshiliklarini engish, aylanuvchi qismlarida kinetik energiya hosil etish va silindrlarda yonuvchi aralashma yoki havoni siqish uchun tirsakli valni ma’lum kuch bilan va ma’lum tezlikda aylantirish zarur. Bu aylanish tezligi yurgizib yuborishdagi aylanishlar soni deyiladi. Havo qancha sovuq bo‘lsa, silindrlar qancha ko‘p va katta bo‘lsa, shuningdek dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, tirsakli valni aylantirish uchun shuncha ko‘p kuch talab etiladi.
Dvigatellar qo‘l kuchi bilan, elektr startyor yoki yordamchi dvigatel bilan yurgizib yuborilishi mumkin.
Dvigatel qo‘l kuchi bilan yurgizib yuborilganda yurgizish dastasining uchidagi shtiftni tirsakli val uchidagi xrapovikning o‘yig‘iga ilintirib tirsakli val aylantiriladi. Karbyuratorli dvigatellarda qo‘l kuchi bilin aylantirib yurgizib yuborish mumkin.
Dvigatel startyor bilan yurgizib yuborilganda startyorning harakat uzatuvchi shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashib tirsakli valni aylantiradi. Bu eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib barcha o‘zi yurar QXM yuritmalarilarda qo‘llaniladi.
Yordamchi benzin dvigateli bilan yurgizib yuborish tizimi yurgizib yuborish dvigateli, kuch uzatish qismi, dekompressiya mexanizmi va dizelni isitish moslamalaridan iborat.
Yurgizib yuborish dvigateli dizel tirsakli valini aylantiradigan kuch manbaidir. Kuch uzatish qismi yurgizib yuborish dvigateli tirsakli valni aylanma harakatini dizelning valiga uzatadi. Dekompressiya mexanizmi dizel silindrlaridagi kompressiyani yo‘qotadi, yani tirsakli valni aylantirishni osonlashtiradi.
Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun tirsakli valni minutiga 40-50 marta tezlikda aylantirish kifoya.
Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun quyuq aralashma va kuchli uchqun hosil etish zarur. Yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun taminlash tizimiga aralashmani quyuqlashtiruvchi moslamalar: qalqovuchni cho‘ktirgich, benzin nasosi va havo to‘sma qopqog‘i o‘rnatilgan. Dizellarni yurgizib yuborish uchun silindrlarda havoni purkalgan yonilg‘i alangalanadigan temperaturaga qadar qizdirish va yonilg‘ini mayda to‘zitib, havoga aralashtirish zarur.
Dizelni yurgizib yuborishda tirsakli val etarli tezlikda aylantirilmasa, siqish takti cho‘zilib, issiqlik silindr devorlariga tarqaladi, siqish takti oxirida temperatura past bo‘ladi va yonilg‘ining to‘zitilishi, shuningdek aralashma hosil etish jarayoni yomonlashadi. Shuning uchun dizellarni yurgiziyu yuborishda tirsakli valni minutiga 200-300marta tezlikda aylantirish zarur.
Dizellarni yurgizib yuborishda sovutish tizimidagi suvni va suriladigan havoni isitish, shuningdek yonilg‘ining alangalanishini yaxshilash maqsadga muvofiqdir.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish