Eliboylar bundan ko’chib boradi. Tagiga chizilgan soʻz ma᾽nosini toping.
A) tartibsiz B) javokash
C) teskari aylanuvchi D) zolim
106. Joy-hudud bilan bogʻliq soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) tabla B) javlik C) shobir D) muzofot
107. Necha vaqtlar ko‘rmasi shu maslahatni qilib yurdi. Tagiga chizilgan soʻz qaysi soʻz turkumi sanaladi?
A ) sifat B) ot C) ravish D) fe᾽l
108. “…xayoli qochib, nash’asi uchib, o‘ylanib” qolgan obraz kim?
A) Boysari B) Alpomish
C) Qaldirgʻoch D) Yortiboy
109. Barchinning muchali qaysi qatorda berilgan?
A) sichqon B) tovuq C) ot D) qoʻy
110. Soch tutami ma᾽nosidagi soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) shabgir tortish B) doʻgʻilib
C) burum D) bog‘onogʻi
111. “Bizda ko‘ngli bor ekan”, — debdi Ko‘kaldosh alp.
Tagiga chizilgan soʻzning asl oʻrnida qoʻllaniluvchi olmosh qaysi qatorda berilmagan?
A ) kamina B) bandai ojiz C) qulingiz D) alar
112. Kecha-kunduz shabgir tortish talab qilingan obrazlarga Barchinoy nima deb murojaat qiladi?
A ) boyvachchalar B) elchilar
C) xaloskorlar D) xizmatkor
113. Alpomishning qancha gʻayrati borligini sinamoqchi boʻlgan obraz kim?
A ) Barchin B) Qaldirgʻoch
C) Koʻkaldosh D) Qorajon
114. Shamiyon qaytarib birikmasining qanday ma᾽no anglatishini aniqlang.
A) yigʻilib B) fahm, ma᾽no
C) gerdayib, vahima qilib D) qaqqayib
115. Vallamat soʻzi necha doston qahramoniga nisbatan qoʻllangan?
A ) 4 B) 3 C) 1 D) 2
116. Dostonda “Koʻz kuyugi” jumlasi kimga nisbatan qoʻllangan?
A) Alpomish B) Koʻkaldosh
C) Qultoy D) Qaldirgʻoch
117. Dostonda “qaqqayib” ma᾽nosini beruvchi soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) bogʻonag’i B) dabgiridan adashish
C) tangqa taylab D) zinkiyib
118. Chalqaramon yiqitilgan obrazlarning koʻkragiga tizza qoʻyish holati necha oʻrinda mavjud?
A ) 4 B) 3 C) 2 D) 1
119. Hakimbeyning qoʻlida kimdan qolgan qoʻriq bor edi?
A ) Alpinbiydan B) Rustami dostondan
C) Dobonbiydan D) Qultoydan
120. Islom dinining asoslarini ishlab chiqqan 12 imomni kim oʻz nutqida ishlatgan?
A) Barchin B) Alpomish C) Qorajon D) Qaldirg‘och
121. Dostonda tush koʻrilmagan joyni aniqlang.
A ) chodir B) baxmal oʻtov
C) cho‘ponlarning qoʻshxonasi D) gʻor ichida
122. “G‘oz” ma᾽nosini beruvchi kanizak qaysi asarda bor?
A) «Ravshan» B) «Alpomish»
C) «Kuntug'mish»D) «Rustamxon»
123. Dostonda “kulli eranlar” nimaga oʻxshatiladi?
A ) yulduzga B) aydaharga C) oyga D) pirlarga
124. “Ot tort”, deb necha qalmoq ko‘lga ov uchun joʻnab ketadi?
A ) 89 B) 90 C) 88 D) –
125. Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, chovkar otli birov yonboshlab yotgan tepa qanday nomlangan?
A ) Murod B) Zil
C) Asqar D) Bobotogʻ
126. “Komilbachcha” ishorasi kimga qaratilgan?
A ) Barchinga B) Alpomishga
C) Qorajonga D) Koʻkaldoshga
127. “Yoʻgʻon tomir” ma᾽nosini bildiruvchi soʻz qaysi qatorda berilgan?
A ) moya B) gala C) chuyda D) suqsur
128. Alpomishning gapiga koʻra yozda qaysi daryo u uchun yaylov hisoblanadi?
A ) Amu B) Sir C) Zarafshon D) Orol
129. Qoʻngʻirot eli va Alpomish qayerda tangqa taylaydi?
A ) Olatovda B) Toʻqayistonda
C) Chilbirda D) Bobotogʻda
130. Boysinlik obrazni toping.
A) Toychixon B) Surxayl C)Alpomish D) Qorajon
131. “Qalaysan?” — deb, siqinqirab yubordi, mahramlarning panjasi bir-biriga yopishib, qapishib, yanchilib ketdi.
Belgilangan soʻzning koʻmakchi morfemasi qanday shakl ekanligini aniqlang.
A ) kelishik B) shaxs-son
C) egalik D) bogʻlama
132. “Alpomish” dostonidagi Barchin shartlariga koʻra sanalmagan shart bajaruvchisini toping.
1) yoyandoz; 2) qoʻriq tashlovchi; 3) chavandoz; 4) qirag‘ay mergan; 5) polvon
A ) 3 B) 2 C) 1 D) 5
133. Boychiborning qoʻltigʻida necha gaz qanot taklam-buklam boʻlib yotgan edi?
A) 4,5 B) 5 C) 6 D) 4
134. Boychiborga nisbatan ishlatilgan sinchining “juda zoʻr” degan soʻzi qanday soʻz orqali berilgan?
A ) shibanib B) anday
C) jodirim D) shumgʻut
135. “Jodirim boʻlish” soʻzi kimning tilidan olingan?
A) Koʻkaldosh B) Barchinoy
C) Alpomish D) Surxayl kampir
136. Qalmoqlar kallasi kapaday, tanasi tepaday, butlari selanglab kelar vaqtida Alpomish qayerda edi?
A ) g‘orda B) oʻtovda C) chodirda D) uyda
137. Tarkibida “Avliyo” soʻzi mavjud boʻla oladigan birlikni toping.
A ) qutbi zamon B) kulaband
C) shumgʻut D) dustaman
138. “Shumgʻut” soʻzi kimga qaratilgan?
A) Barchinga B) Alpomishga
C) Qorajonga D) Koʻkaldoshga
139. “Bul o‘zbakning oti o‘zib boradi,