Yurak va tomirlar sistemasi (systema cardio angiologae) reja: qon Tomirlar taraqqiyoti



Download 2,63 Mb.
bet6/12
Sana09.07.2022
Hajmi2,63 Mb.
#760230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
YURAK VA TOMIRLAR SISTEMASI

Mushaksiz yoki tolali tipdagi venalar (venae fibrotypicae). Bularga qattiq va yumshoq miya pardalari, ko’zning to’r pardasi, suyak, taloq va yo’ldosh venalari kiradi. Miya pardalari va ko’zning to’r pardasi venalari qon bosimiga mos ravishda o’zgaruvchan bo’ladi. Ular juda ham kengayishi mumkin, lekin ularda to’plangan qon o’z og’irlik kuchi bilan yirikroq venalarga osongina oqib ketadi. Suyak, taloq va yo’ldosh venalarining devori esa uni o’rab turuvchi to’qimalar bilan zich birikib ketgan va shu sababli ular puchaymaydi, qon ulardan ham oson oqib ketadi. Bu venalarning devori bazal membrana ustida yotgan bir qavat endoteliy hujayralari bilan qoplangan. Bazal membranadan tashqarida yupqa biriktiruvchi to’qimali qavat bo’lib, u o’zini o’rab turgan to’qimalar bilan qo’shilib ketadi.
Mushak tipidagi venalar (venae myotypicae) dan mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan venalarga tananing yuqori qismida joylashgan kichik va o’rta kalibrli (1–2 mm) venalar hamda yuqori kavak vena kiradi. Bu venalar devori ham uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat endoteliy va yaxshi rivojlanmagan subendoteliydan iborat. O’rta qavatda aylanasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari joylashgan. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda ayrim silliq mushak hujayralari yotadi.
Mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan venalar qatoriga yuqori kovak vena kiradi. Uning devori uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat endoteliy va biriktiruvchi to’qimadan iborat. Endoteliy osti qavatidan so’ng aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining tutamlari yotadi. Mushak tutamlari orasida biriktiruvchi to’qima qatlamlari joylashib, ular aniq chegarasiz tomirning tashqi qavatiga qo`shiladi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat eng kuchli taraqqiy etgan tashqi qavatida esa uzunasiga yo’nalgan elastik tolalar va sirkulyar hamda qiyshiq joylashgan kollagen tolalar mavjud.
Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan venalar (masalan, yelka venasi) devorida ham 3 ta qavat farq qilinadi (130-rasm). Ichki qavat endoteliydan iborat bo’lib, uning hujayralari arteriyalardagiga nisbatan kaltaroq. Biriktiruvchi to`qimadan iborat endoteliy osti qavati sust rivojlangan bo’lib, u yerda uzunasiga yo’nalgan ayrim mushak hujayralari kuzatiladi. Vena ichki elastik membranasi sust rivojlangan bo’lib, u o’rta va tashqi qavatlarning elastik elementlari bilan tutashib ketgan elastik tolalar to’ridan iborat. O’rta qavat sust rivojlangan va unda kollagen tolalar ko`proq bo’ladi. Mushak hujayralari bu yerda aylanasiga yo’nalib, ayrim tutamlar hosil qiladi. Elastik elementlar oz miqdorda bo’ladi. Tashqi qavat bu venalarda eng kuchli taraqqiy etgan. Unda uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar ko’proq bo`ladi. Elastik tolalar esa ozroq. Tashqi qavatda, shuningdek, uzunasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari ham uchraydi.



130 - rasm. Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan vena. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 0b. 20.ok. 10.
I – ichki qavat; a – endoteliy; b – endoteliy osti qatlami; 2 – o`rta qavat; d – mushak hujayralari; 3 – tashqi qavat.

Mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalarga tananing pastki qismidagi yirik venalar kiradi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi, qon oqish tezligining keskin susayishi, tomirda qon bosimining pasayishi qonning o’z og’irlik kuchini yengishi uchun kerak bo’ladigan qo’shimcha zaruriyatlar bilan bog’liq. Tomir devorining har uchala qavatida mushak ele-mentlarining kuchli rivojlanganligi va ichki qavatda klapanlarning borligi ana shu bilan izohlanadi.


Son venasi mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venaga misol bo’ladi. Uning devori ham uch qavatdan iborat. Ichki qavat endoteliy va subendoteliydan tuzilgan. Ichki qavat tomir ichiga turtib chiqqan klapanlarni hosil qiladi. Klapanlarning negizi biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, uning ustini endoteliy hujayralari qoplaydi. Klapanlar tomirdagi qonning teskari oqishiga to’sqinlik qiluvchi tuzilma hisoblanadi. O’rta qavat aylanasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari va ular orasidagi biriktiruvchi to`qima qatlamlaridan iborat. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari tutamlari joylashadi.
Pastki kovak vena tashqi qavati eng kuchli taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Ichki qavati endoteliy va uning ostida yotgan yupqagina endoteliy osti qatlamlaridan iborat. Endoteliy osti qatlamida uzunasiga yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari uchraydi. Urta qavat ham sust taraqqiy etgan va undagi ayrim silliq mushak tutamlari aylanasiga joylashgan. Adventitsiya qavati juda qalin bo’lib, u ichki va o’rta qavatlarining qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta qalin. Tashqi qavatda uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining yo’g’o.n tutamlari yotadi. Bu yerda biriktiruvchi to’qima tolalari mushak tutamlari orasida yupqa qatlamlar hosil qiladi. Venalarning tashqi va o’rta qavatlarida qon tomirlarning tomirchalari va nerv tolalari kuzatiladi.
Ba’zi a’zolar qon tomirlarining o’ziga xos tuzilishi. Qon tomirlarning ba’zi bo’limlari a’zolarga xos tuzilishga ega. Masalan, kalla suyagi arteriyalari devorining o’rta va tashqi qavatlarida elastik elementlarining sust rivojlanganligi bilan ajralib turadi; tashqi elastik memb-rana esa umuman bo’lmaydi. Ichki elastik membrana esa, aksincha, yaqqol ko’rinib turadi. Bosh miya arteriyalari ham xuddi shunday xususiyatlarga ega. Kindik arteriyasida ichki elastik membrana bo’lmaydi. Ensa arteriyasi devorining ichki pardasida silliq mushak hujayralari tutamlari kuchli taraqqiy qilgan. Buyrak, ichak tutqich, taloq va toj arteriyalari devorining tashqi pardasida bo’ylama yo’nalgan silliq mushak hujayralari tutamlari yaxshi rivojlangan. Bachadon, jinsiy olat, yurakning so’rg’ichsimon mushagi va kindik tizimchasi arteriyalarida, ayniqsa uning yo’ldoshga o’tish joyida, silliq mushak hujayralari tutamlari ham ichki hamda tashqi qavatlarda uchraydi.
Ba’zi bir venalar ham qaysi a’zoda joy1ashishiga ko’ra o’ziga xos tomonlari bilan farqlanib turadi. Masalan, o’pka va kindik venalarida o’rta pardasidagi sirkulyar yo’nalgan silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan bo’ladi va arteriolalarni eslatadi. Yurak venalari esa o’rta qavatida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarini tutadi.
Darvoza venasining o’rta pardasi ikki: ichki aylana va tashqi bo’ylama mushak qavatlaridan iborat. Ba’zi venalar, masalan, yurak venalari o’z tarangligini oshiruvchi elastik membrana tutadi. Bu esa doimo qisqarib turadigan a’zoda venalar ichki bo’shlig’ining muntazam ochiq bo’lishini ta’minlab turadi. Yurak qorinchalarining chuqur venalari sinusoid kapillyarlarisimon tuzilgan bo’lib, devorida mushak hujayralari va elastik membranalar tutmaydi. Yurakning epikard qavatida joylashgan venalarida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari uchraydi. Buyrak usti bezi venalarining ichki qavatida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari yostiqchasimon bo’rtib joylashadi. Jigar venasi, ichak shilliq osti pardasidagi venalari, burun shilliq qavatining venasi, jinsiy olat venasi va boshqa venalar qon oqishini boshqarib turuvchi mushakli sfinkterlar bilan ta’minlangan.



Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish