Ichakning yallig’lanish kasalliklari
Ingichka ichakning yallig’lanishi- enterit va yo’g’on ichakning yallig’lanishi-
kolit deyiladi. Biroq ko’pincha ingichka ichak bilan yo’g’on ichak baravar
yallig’lanadi, buni enterokolit deb yuritiladi. Butun ichak yoki uning bir qismi
yallig’lanishi mumkin. Kasallikning kechishiga qarab, o’tkir va xronik yallig’lanish
ajratiladi. O’tkir yallig’lanishda kasallik to’satdan boshlanib, tezroq tugaydi. Xronik
yallig’lanish esa oylab, hatto yillab davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |