UMUMIY KO’ZDAN – KECHIRISH. - Kardiologik bemorni ko’zdan kechirish uning to’shakda yotgan vaziyatini, teri qoplami va shilliq qavatlar rangini, yuz ko’rinishini, og’iz bo’shligini ko’rishni ko’zdan kechirishni o’z ichiga oladi.
- Yurak sohasini ko’zdan kechirish – buni o’tkazishdan maqsad yurak ichi va yurak turtkisini aniqlash, patologik tomir urishini, ko’krak qafas deformasiyasini hamda yurak va undan chiquvchi tomirlar proeksiyasida barqaror bo’rtib chiqishlarni aniqlash hisoblanadi. Yurak uchi turtkisi – bu chegaralangan ritmik pulsasiya, u beshinchi qovurg’a ostida, o’mrov o’rta chizig’idan ichkarida yurak uchi sohasida kuzatiladi. Yurak uchi turtkisi odan sog’lom yoki kasal bo’lishdan qatiy nazar doim kuzatiladi.
- Yurak turtkisi – yurak uchi turtkisi bilan bir vaqtda bo’ladigan qo’virg’alar oralig’ini yoyilgan ritmik tebranishi. Me’yorida yurak turtkisi bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |