Yurak qon-tomirlar kasalliklari profilaktikasida
jismoniy faollik muammolari
Yurak qon-tomirlar kasalliklari, xususan, ateroskleroz va yurak ishemik
kasalligi (YuIK) xozirgi zamon tibbiyotining eng dolzarb muammosidir. Chunki
ushbu kasalliklardan o`lim iqtisodiy rivojlangan davlatlarda umumiy o`limning 2/3
qismini tashkil etadi.
Yurak qon-tomirlar kasalliklari va ular profilaktikasida jismoniy
faollikni ta`minlash, ya`ni amalga oshirish juda ham qiyin masalalardan biri
hisoblanadi. Bunday kasalliklarni dori-darmonlar bilan davolash xar doim ham
kutiladigan natijani beravermaydi. SHuning uchun ham jismoniy faollik bunday
kasalliklarni oldini olish va davolashda hozirgi zamon tibbiyotining eng dolzarb
muammosidir.
Adabiyotlar ma`lumotlari bo`yicha me`yordagi gomeostazni bir maromda
ushlanib turilishida yosh organizmning, xususan, yurak, o`pka, buyrak kabi
organlarning funktsional imkoniyatlari kattalarnikiga qaraganda 4-10 marotaba
yuqoridir. Organizmning bunday imkoniyatlari 30-35 yoshlardan keyin susaya
boradi. 30 dan 80 yoshgacha bo`lgan insonlarda ko`pchilik hujayralarning
fermentativ faolligi va nerv impul’slarining o`tkazilish tezligi 15%, tinchlikda
yurak faoliyati indeksi 30%, o`pkaning tiriklik sig’imi va buyrakda qon aylanishi
50%, o`pkaning maksimal nafas olish kengligi 60%, hujayralarni kislorodga
maksimal to`yinishi 70% pasayishi kuzatiladi.
Qarish jarayoni bilan bog’liq bo`lgan bunday o`zgarishlarni, ya`ni
organizmning jismoniy rezervlarini pasayishini, jismoniy xolat, xususan, organizm
xarakat faolligini oshirish yo`li bilan bartaraf etish mumkin. Buni YAponiyada
o`tkazilgan tekshirishlar, ya`ni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’illangan
bir gurux erkaklarning, shug’ullanmaganlariga qaraganda yosh ko`rinishlari ham
tasdiqlaydi. SHuningdek, bunday fiziologik jarayonlar, o`z-o`zidan organizmda
qarish jarayonini ham birmuncha kechiktirishi mumkin.
Kompleks mashqlar (velosipedda yurish, cho`milish, yugurish, piyoda
yurish, musiqaga o`ynash va boshqalar) organizmning jismoniy va fiziologikimkoniyatlarini yaxshilab, eritrotsitlar, mushak-kapillyar tolalar nisbatini,
muskullarda qon aylanishini, muskul hujayralaridagi mioglobin va mitoxondriylar,
hamda fermentlar miqdorini ortishiga sabab bo`ladi. Natijada tana muskullari
uchun ATF ishlanib chiqishi ortib, to`qimalarni kislorod bilan ta`minlanishi
kuchayadi. Shuningdek kompleks mashqlarning metabolik ta`siri tufayli yurak
qon-tomirlar kasalliklari, xususan, ateroskleroz va YUIKning risk omillari ham
bartaraf etilishi mumkin. Bundan tashqari jismoniy faollik bilan muntazam
shug’ullanish o`pka funktsiyasi va suyak-muskul tizimi faoliyatini kuchaytiradi.
Shuningdek suyaklar kortikal qavati qattiqligini oshirib, qarish jarayonida
suyaklarning o`z minerallarini yo`qotishidan asraydi. Xullas organizm immun
tizimi faoliyatini kuchaytirishi ham mumkin.
Jismoniy faollik, ya`ni kompleks mashqlar bilan muntazam shug’ullanish
insonlar ruhiga ham yaxshi ta`sir qilishi aniqlangan. Jismoniy mashqlar, xususan
yugirish, musiqa ostida o`ynash insonlardagi depressiya xolatiga ijobiy ta`sir etib,
uyquni yaxshilanishiga sabab bo`ladi. YAna shuni ham takidlash kerakki, sport
kishining jinsiy imkoniyatlarini ham oshiradi. Katta yoshdagi kishilarning jismoniy
faollikka intilishi ijobiy belgi hisoblanadi.
XXI – asrning ikkinchi yarmida kam xarakatlilik hayot tarzi ommaviy xolat
bo`lib qolishi mumkin. Chunki xozirda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda og’ir
jismoniy kuchlanishna talab qiluvchi ish turlari kamaydi, ya`ni mashinalar,
avtobuslar, tramvaylar va metro insonni ko`p yurish imkoniyatlaridan xalos etdi.
ekskalator va liftlar insonlarni zinapoyadan ko`tarilishdan ozod etgan bo`lsa,
televideniya dam olish vaqtida ularni kresloga mahkamlab qo`ymoqda. Natijada
kam xarakat hayot tarzi ommaviy tus olib, noinfektsion kasalliklar rivojlanishiga
sharoit tug’ilmoqda. Xuddi shu tufayli iqtisodiy jixatdan rivojlangan
mamlakatlarda surunkali kasalliklarni ommaviy tarqalganligi tushintiriladi, ularni
olidini olishda esa jismoniy faollik muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari kam xarakat hayot tarzi insonning energetik sarf
xarojatlarini kamaytirib, ularni semirishiga sabab bo`ladi. Semirish esa o`z
navbatida arterial gipertoniya, qandli diabet, qondagi xolesterin miqdorining ortishi
kabi YUIK va aterosklerozning xavf omillarini yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |