Infarkt miokardda davolash jismoniy tarbiyasi
Kasalxonalarda davolash jismoniy tarbiyasi 3 davrga bo`lingan holatda
amalga oshiriladi. .
1 davrda ikki qismdan iborat-qattiq yotoq va yotoq davolash olib boriladi.
Qattiq yotoq kun tartibida kasalni xarakat tartibini tashqillash, periferik qon
aylanishni tezlashtirish to`g’ri diafragmal nafas olishni tashqillash turg’un
holatlarni oldini olish, miokardda oksidlanish-qaytarilish protsessini yaxshilash,
xuddi shuningdek butun organizmda ham kasalni yonboshga burilishiga
tayyorlash.
Davolash jismoniy tarbiyasi bosh ko`tarilgan elkada yotgan xolda davolash
gimnastikasi qo`llaniladi. Bunda qo`l va oyoqlarga oddiy boshqaruv mashqlari
qo`llaniladi. Mashqlar kichik amplitudada va sekin astalik bilan bajariladi. Bu
davrda kasal xarakat holatini qismlarini o`zlashtiradi va yonga ag’darilishini
o`zlashtiradi. YOtoq tartibida periferikva karonar qon aylanishni yaxshilashdan
iborat. Bundan tashqari to`g’ri nafas olish, modda almashishini aktivlashtirish,
organizmning umumiy holatini yaxshilash va organizmni yurak qon -tomir
sistemasini o`tirgan holatda moslashtirishdan iborat. Davolash jismoniy tarbiyasi
davolash gimnastakasi, ertalabki gimnastika va mustaqil mashg’ulotlardan iborat
bo`lishi kerak. Mashg’ulotlar elkada yotgan va cheklangan o`tirgan holatda
amalga oshiriladi. Hamma muskul guruxlariga mashq beriladi (gavdaga qarab
sodda mashqlar beriladi). Mashqlar kichik amplituda va sekin holatda (4-12 marta)
amalga oshiriladi. Bu mashqlarni asosiy maqsadi (mashg’ulotni o`rtasida) yotgan
holatda o`tirgan holata o`tishni o`zlashtirib olishdan iborat.
2 davr (yarim yotoq tartibi). Bu davrning vazifasi yurak qon - tomir
sistemasining to`rgan va yurgan holatiga moslashtirishdan iboratdir, yurganda
to`g’ri nafas olishga o`rgatish va qon aylanish mexanizmini yaxshilashdan iborat. Davolash gimnastikasi yotgan, o`tirgan va to`rgan (cheklangan) xolda amalga
ishiriladi. Hamma muskul guruxlariga katta bo`lmagan muskul zo`riqishi, to`liq
xarakat amplitudasida bajariladi. Davolash gimnastikasi mashg’ulotlariga nafas
olish mashqlari qo`llaniladi. Mashqlar miqdori 8 - 12 marta. Mashg’ulot 20-25
minut davomida olib boriladi.
3 davr (erkin tartib). Yurak qon-tomir sistemasi va butun organlarda o`sib
borayotgan og’irliklarga moslashtirish. Organizmni zinapoyada yurishga o`rgatish
va bunda to`g’ri nafas olishga o`rgatadi. Davolash mashqlari o`tirgan va to`rgan
holatda amalga oshiriladi. Mashqlar hamma muskullarga berilib ular oldingi
davrlardagi mashqlardan murakkablashtirilgandir. Davolash gimnastikasi asosiy
qismini o`rtasida zinapoyada yurish trenirovkasini amalga oshiriladi. Bu 1-2
zinapoyadan asta sekinlik bilan boshlanib uni 10-20 taga etkaziladi. Xar bir
zinapoyaga oyoq qo`yganda nafas chiqarish zinapoyaga chiqqanda esa dam olish
(nafas olish) amalga oshiriladi. Mashg’ulot davomiyligi 25-30 minut.
Do'stlaringiz bilan baham: |