4. Motivasiya.
5. Fanlararo bogliqlik.
Vertikal integracia
Gorizontal integracia
Quyidagi fanlar bo'yicha integrallanadi:
Vertikal bo'yicha :
1. Normal anatomiya
2. Normal fiziologiya
3. Gistologiya
Yurak muskuldan tuzilgan a'zo bo'lib , ko'krak qafasida joylashgan .Chap bo'lmacha bilan chap qorincha yurakning chap yoki arterial bo'lagini, ong bo'lmacha bilan o'ng qorincha esa yurakning o'ng yoki vena bo'lagini tashkil etadi. Yurak bo'lmachalari bir-biriga nisbatan o'rtada joylashgan devor-septum irtteratriarum bilan, qorinchalar esa septum interventricularis bilan ajralib turadi. Lekin o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha va chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'zaro ostium atrioventriculare dextrum et sinistrum vositasida tutashgan bo'ladi. Normal anatomiya fani bo'yicha yurak ko'krak qafasida assemetrik joylashishga ega bolib, uning 2/3 qismi orta chiziqdan chapda joylashadi. Yurakka otkazilgan kondalang oq (yurak uchidan uning asosiga qarab) qiyshiq proyeksiyaga ega bo'lib, tepadan pastga qarab, chapdan onga, orqadan oldinga qarab notekis oringa egadir. Yurakning uchta yuzasi tafovut qilinadi: oldingi, pastki va orqa. Oldingi yuzasining katta qismini yurakning ong qorinchasi va kichik qismini chap qorincha soxasi, shuningdek bolmachalar tashkil etadi. Shu asnoda quyidagi konturlar tafovutlanadi:
Ong kontur - aorta va ong bolmachadan tashkil topgan.
Chap kontur - chap bolmacha quloqchasi va chap qorinchadan tashkil topgan.
Yuqorigi kontur- aorta, yuqorigi kovak vena, opka arteriasi va chap qorincha quloqchasidan tashkil topgan.
Yurak chap qorinchasi bo'shlig'i konus shaklida bolib ikki teshigi bor, biri chap bo'lmachani chap qorincha bilan qo'shib turadigan oval shakldagi ikki tavaqali klapan , ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo'shadigan uchta yarimoysimon klapanlidir. Atrioventrikular klapan (mitral) ikki tavaqalj bo’lib, chap tomonda orqaroqda ikkinchisi kattarog'i o'ng tomonda oldinda joylashgan. Sistola vaqtida 2 tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib o'tishiga to'sqinlik qiladi.
Tipik mushak tolalari ayrim qisqaruvchi mushak hujayralari shaklini silindrga o'xshatish mumkin. Uning uzunligi 50-100 mkm ; diametric 17-20 mkm ga yetadi. Kardiomiositlarning markaziy qismida oval shaklida yadro joylashadYurak mushagi sarkolemma bilan qoplangan. Elektron mikroskopda sarkolemma ichki -plazmolemma va tashqi bazal membranadan iboratligai aniqlangan. Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok etadi. Oraliq plastinkalar mushaktolasiga nisbatan ko'ndalangiga yo'nalib ,odatdagi preparatlarda to'q bo'yaluvchi chiziqlar tarzida ko'rinadi. Ular yurak mushagining eng xarakterli tuzilmalaridir.disklar yordamida kardiomiositlar bir-biri bilan bog'lanadi. Yuraktipik mushagi mitoxondriyalarga boy. Ular cho'ziq,oval shaklda bo'lib , miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Yurakda tipik mushak tolalaridan tashqari -atipik kardiomiositlarva ishchi kardiomiositlar mavjud.
To'qima bazofillari sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan donachalar o'zida biologik aktiv bo'lgan moddalar: geparin, gistamin, serotoninlar tutadi. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto'g'ri dumaloq shaklga ega bo’lib, fiziologik holatlarda miqdori o'zgarib turadi. To'qima bazofillariga tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykositlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykositlarning qizil suyak ko'migidagi o'zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo'lsa, to’qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko'rsatilmagan.
Joylashishiga qarab to'qima bazofillarni 3 turini ajratishadi:
1. Qon tomirlari atrofidagi to'qima bazofillari
2. Biriktiruvchi to'qimaning massivqavatlarida joylashgan to'qima bazofillari
3. Miositarya’ni alohida kardiomiositlarning oralig'ida joylashgan to'qima bazofillari
Bu topografik variantlar o'lchamlari va formasi bo'yicha ham farqlanadi.
1 tur to'qima bazofillari -14-24 mkm , oval shaklda
2 tur to'qima bazofillari -12-17 mkm, cho’zinchoq shaklda 3 tur to'qima bazofillari -6-10 mkm, yumaloq shaklda.
Do'stlaringiz bilan baham: |