Yurakka ishlatiladigan dorilar
Yurakka ishlatiladigan dorilarni to'la-to'kis qilib oddiy dorilar lavhalarining "Nafas a'zolari" lavhasidan terib olish kerak.
Oddiy dorilarning mo'tadiliikka yaqinlari yoqut, qora marjon va feruza, oltin, kumush va gavzabondir. Ularning issiqlari esa dorunak, parpi, mushk, anbar, yovvoyi zanjabil, ipak va za'farondir; ikkala xil baxman tez foyda qiladi, karanful esa juda ajoyib dori.
Bunday dorilardan yana Iimon, rayhon va uning urug'i hamda tog'rayhoni va uning urug'i, shohi isfaram rayhoni va uning urug'i, xil, kelindona, tuklik rayhon va uning urug'i, sitron yaprog'i, hind sodajini ko'rsatish mumkin. Qora andiz ham ajoyib dorilardandir.
Sovuq dorilar esa marvarid, qahrabo, marjon, kofur, sandal, qizilgul, tjaboshir, muhr loyi, olma, quruq va ho'l kashnichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |