Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bo’linadi. Tashqi nafas olish deb, o’pka bilan qon o’rtasidagi gazlar almashinuviga aytiladi. Ichki nafas olish, ya’ni to’qimalararo nafas olish deb, hujayralarda moddalar almashinuvini ta’minlovchi to’qimalar bilan qon o’rtasidagi gazlar almashinuviga aytiladi. Tashqi muhitdan olinayotgan havoda 20, 95% kislorod, 0,03—0,04% karbonat angidrid, 79,02% azot, 0,47% suv bug’i bo’ladi. Havoda kislorod miqdori asosan bir me’yorda saqlanadi, balandlikda bir oz o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |