Doimiy isitma (febris continua) — ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi. Bunday isitma qorin tifi, toshmali tif, o‘lat, qizamiq kasalliklarining avj olish davrida kuzatiladi. Remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitma (febris remittens) — ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq ko‘pincha 2—2,5°C ga yetadi (normaga tushmagan holda). Bu isitma sepsis holatlarida, A- paratif, Ku-isitma, kanadan yuqadigan qaytalama tifda uchraydi. Subfebril isitma — haroratning sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |