Yuqumli kasalikkalrning aholiorasida tarqalishi. Epidimologiyasi. O’ta xavfli yuqumli kasalikklar haqida tushuncha. Reja



Download 30,05 Kb.
bet3/7
Sana18.02.2022
Hajmi30,05 Kb.
#453389
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yuqumli kasalikkalrning aholiorasida tarqalishi. Epidimologiyasi. O’ta xavfli yuqumli kasalikklar haqida tushuncha.

Immunitet
Organizmning ichki muhitini turli mikroblar va begona agentlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan vositalar majmuasi immunitet deb ataladi. Immunitetni immunologiya fani o’rganadi. Himoya vositalarini ta’sir mexanizmi turlicha. Ulardan ba’zilari mikroblarning o’sishi va ko’payishiga mone’lik qilsa, boshqalari mikrob ishlab chiqargan toksin (zaharli moddalarni) neytrallaydi. Immunitet shakllanishiga turli to’qima va organlar ishtirok etadi. Hozir qo’llanadigan klassifikatsiya muvofiq immunitet 2 xil bo’ladi.
1. Tabiiy-tug’ma yoki turga mansub immunitet.
2. Orttirilgan spisefik immunitet.
Ta’sir mexanizmiga ko’ra, mikroblarga qarshi va toksinga qarshi immunitet bo’ladi. Biror tirik mavjudotga xos biologik xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan va evalyutsiya protsessida orttirilgan kasalliklar yuqtirmaslik holati tabiiy, ya’ni tug’ma immunitet deyiladi. Boshqa morfologik va fiziologik xususiyatlarga o’xshab, bu xususiyat ham nasldan- naslga o’tadi. Ma’lum turdagi organizmlarda kasallik qo’zg’atadigan mikroblarga nisbatan boshqa turdagi organizmlarning turg’unligi, tug’ma immunitet bilan bog’liq. Masalan odamga it va qoramol o’lati yuqmaydi. O’z navbatida hayvonlarga meningit, qizamiq, ich terlama yuqmaydi.
Tabiiy immunitet spisifik emas. Vitaminlar yetishmasligi, sovqotish, toliqish ta’sirida u susayadi. Organizmning individual rivojlanishi bilan birga uning butun hayoti mobaynida shakllanadigan immunitet orttirildan immunitet deyiladi. Orttirilgan immunitet doim spesifik bo’ladi. Masalan bo’g’ma bilan og’rib tuzalgan bemorning qon zardobi faqat bo’g’ma mikrobi toksinlarni netrallaydi, boshqa mikrob toksinlarga ega ta’sir qilmaydi. Yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgandan so’ng hosil bo’ladigan immunitet ta’biy orttirilgan, ya’ni infeksiyadan keyingi immunitet deb ataladi. Organizmga tirik yoki o’ldirilgan mikrob (vaksina) lar yoki ularning mahsulotlarini yuborish yo’li bilan hosil qilinadigan immunitet suniy orttirilgan yoki emlashda so’ngi immunitet deyiladi. Tabiiy orttirilgan immunitet uzoq muddat, ba’zan o’n yillab, hatto umr bo’yi saqlanishi mumkin. (masalan qizamiq, chin chechakdan so’ng). Suniy orttirilgan immunitet qisqaroq muddatda saqlanadi. Chin chechak va bo’g’maga qarshi emlashdan so’ng 1-2 yilgacha saqlanadi.
Suniy orttirilgan immunitet o’z navbatida aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Organizmga vaksina (anatoksin) yuborib hosil qilinadigan immunitet aktiv immunitet hisoblanadi. Bunda yuborilgan antigen (vaksina yoki anatoksin) ta’sirida organizmning himoya sistemalarida aktiv o’zgarishlar ro’y berib, antigenga qarshi moddalar- antitelo yoki antitoksinlar hosil bo’ladi. Natijada ma’lum kasallikka qarshi emlangan odamga shu kasallik yuqmaydi. Agar emlangan odamlarning yoki hayvonlarning qon zardobini olib, boshqa odamga yuborilsa unda ham shu kasallikka nisbatan yuqtirmaslik paydo bo’ladi. Bunda odam organizmi tayyor himoya moddalarini oladi. Shu sababli bunday yo’l bilan orttirilgan immunitet passiv immunitet deb ataladi. U qisqa bo’ladi va 3-4 haftaga yetadi. Onadan bolaga o’tadigan immunitet ham passiv bo’ladi.Odatda vaksina va antitoksinlar aktiv immunitet hosil qilish uchun profelaktika maqsadida emlash uchun qo’llaniladi.Qon zardoblari asosan davolash maqsadida ishlatiladi. Immunitetning mexanizmi va omillari turlicha. Ularga quyidagilar:

  1. teri va shiliq qavatlarning himoya xususiyatlari.

  2. Organizm normal mikroflorasining himoyaxususiyatlari.

  3. Yallig’lanish va fagositoz.

  4. Limfa to’qimasining baryer funksiyasi.

5.Immunitetning gumoral faktorlari (antitelolar, kompliment, qonning bakterisidlik xususiyati va boshqalar.
6. Hujayra va to’qimalarning reaktivligi kiradi.
Yuqorida aytib o’tilgan faktorlarning o’zaro mutanosib bo’lishi natijasida immunitet shakllanadi. Yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yishda immunitet reaksiyalaridan keyin foydalaniladi. Antigen va antitelolarning spesifikligi va o’zaro ta’sir reaksiyalari hisoblanadi. Immunitet reaksiyalariga asoslanib, yuqumli kasallik protsessida organizmning himoya kuchlari qanday o’zgarib borishini kuzatish mumkin. Agglyutinatsiya, presipitasiya, toksin, neytralizasiya, kompliment bog’lash reaksiyasi va boshqalar immunitet reaksiya hisoblanadi.



Download 30,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish