” YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR” MAVZUSINI OʻQITISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Ko‘plab boshqa fanlar qatori kimyo fanini o‘qitishda ham pedagogning asosiy maqsadi o‘z mahoratini uzluksiz oshirib borishdan va fanni o‘qitishdan tashqari har bir talabaning mustaqil fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bois ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosatida ustivor vazifa darajasiga ko‘tarilgan.
Organik kimyo fanini oʻqitishda boshqa fanlar qatori zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va shu orqali oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlatirish ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan insongina har qanday muammolarga yechim topadi va jamiyatda oʻz oʻrnini egallaydi. Oʻquvchilarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qoʻllashga oʻrgatilgandagina uning natijasi samarali boʻladi.
Ma’lumki innovatsion ta’lim texnologiyalari qatoriga kiradigan metodlar juda koʻp boʻlib, har bir metodning oʻziga xos afzalliklari bor. Ular ichida Grafik organayzerlar usuli alohida ahmiyatga ega. Organik kimyo kursida “Yuqori molekulyar birikmalar” mavzusini oʻqitishda qoʻllash eng qulay boʻlgan metodlardan biri ham Grafik organayzerlar metodi hisoblanadi. Grafik organayzerlar metodi ta’lim oluvchilarda berilgan muammolar boʻyicha erkin, ochiq oʻylash, shaxsiy fikrlarni bemalol bildirish va turli javoblar oʻrtasida oʻziga xos bogʻliqlik oʻrnatish hamda guruhlarga ajratish imkoniyatini yaratuvchi metoddir.
Ushbu mеtоdning boshqa metodlardan yana bir ustunlik jihati shundan iboratki, metod yordamida muаyyan mаvzuni oʻquvchilar tоmоnidаn atroflicha mukammal hаmdа puхtа oʻzlаshtirilgunigа qаdаr boʻlgan fikrlаsh fаоliyatining bir mаrоmdа boʻlishini tа’minlаnadi. Bir soʻz bilan aytganda ushbu metod oʻquvchilarni nazariy bilimlariga tayangan holda mustaqil fikrlashiga, oʻylashiga, mantiqiy izchillikda fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam berib, mavzu boʻyicha oʻquv materiallarining asosiy gʻoyasini ifodalovchi tushunchalarni mantiqiy tarmoqlash orqali oʻrganiladi hamda tahlil qilinadi.
Grafik organayzerlar metodini koʻproq oʻquvchilarni “anglash”, “tushunish” bosqichlarida qoʻllagan ma’qul. Bunga sabab ushbu bosqichda tа’lim оluvchilаrga oʻquv materiallarini kuzatib borish nafaqat mustaqil va faol oʻzlashtirishga shuningdek, oʻz bilimlarini ham boyitib boorish imkoniyatini beradi.
Grafik organayzerlar ichida “Klаstеr” mеtоdi alohida o’rin tutadi. U puxta oʻylangan strаtеgiya boʻlib, undan oʻquvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashgʻulotlar jarayonida foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek, Grafik organayzerlar juda moslashuvchan metoddir. Uni barcha fanlarni oʻrganishda individual yoki guruhli tarzda hamda boshqa metodlar bilan birgalikda qoʻllash juda yaxshi samara beradi. Jumladan, “Yuqori molekulyar birikmalar” mavzusini oʻqitishda “Aqliy hujum” metodini qoʻllab oʻtkazilayotgan mashgʻulotda mavzudan kelib chiqqan holda Grafik organayzerlar metodini qoʻllash yaxshi samara beradi. “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda dars mashgʻulotini olib borish jarayonida Grafik organayzerlar orqali polimerlarlarning nomlanishi, olinish usullari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi boʻyicha berilgan javoblarni umumlashtirish va turkumlarga ajratish amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizmada batafsil koʻrib chiqishimiz mumkin.
1-rasm.“Yuqori molekulyar birikmalar” mavzusini oʻqitishda “Grafik organayzerlar” dan Klasner metodini qoʻllanilishi
Shuningdek, mavzuni tushuntirish jarayonida “Venn diagrammasi” tadbiq qilish orqali polimer olish usullari va ularning bir biriga o’xshashligi va farqi haqida
Yuqori molekulyar birikma hosil bo’ladi
2-rasm.“Yuqori molekulyar birikmalar” mavzusini oʻqitishda “Grafik organayzerlar” dan Venn diagrammasining qoʻllanilishi
Xulosa qilib aytganda, “Yuqori molekulyar birikmalar” mavzusini oʻqitishda Grafik organayzerlar usulining afzalligi shundan iboratki, bu usul yordamida oʻquvchining ushbu mavzu doirasida koʻrish hamda fikrlash xotiralari shakllanadi va mustahkamlanadi. Natijada polimerlarning tuzilishi, nomlanishi, olinish usullari , kimyoviy xossalari, qo’llanilishi boʻyicha ma’lumotlar yuqoridagi sxemalar orqali oʻquvchining koʻz oʻngida gavdalanadi, ularning organik kimyo darslaridagi mavzularda yozma savodxonligi yanada oshirish bilan birga oquvchilarni mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Adabiyotlar
Сайидаxмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар.-Тошкент: Молия, 2003.-172 б.
2. Ishmuxamedov R.J. "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari" -T.2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |