Yuqori kuchlanishli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlar. Reja



Download 265,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.07.2022
Hajmi265,63 Kb.
#737837
1   2   3
Bog'liq
2.1 Yuqori kuchlanishli uzgichlar

Moyli bakli Uzgichlar 
Moyli bakli Uzgichlardagi moy yoyni so‘ndirish 
va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyasiyalash uchun 
xizmat qiladi. 
10 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV 
gacha bo‘lgan ayrim Uzgichlarning turlarida) Uzgich 
bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma 
kontaktlari bo‘ladi, kuch-lanish katta bo‘lganda har 
qaysi faza uchun o‘zining baki bo‘ladi. 
47-rasmda yoyni so‘ndirish uchun maxsus 
qurilmaga ega bo‘lmagan bakli Uzgich sxemasi 
ko‘rsatilgan. Uzgichning po‘lat baki 1 boltlar 
yordamida quyma cho‘yan qopqoq 3 ga mahkamlab 
osib qo‘yilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4 
o‘tgan bo‘lib, ularning tok o‘tkazuvchi sterjenlarining uchiga qo‘zg‘almas 
kontaktlar 7 mahkamlangan. Qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 8 kontakt ko‘prik yoki 
traversada turadi. Ularga harakat Uzgich qopqog‘i ostiga joylashgan yuritma 
mexanizmidan izolyasiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversa 
ko‘tarilgan bo‘ladi va kontakt ko‘prik qo‘zg‘almas kontaktlar orasidagi zanjirni 
tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo‘ladi. Uzgich ulangan holatda 
yuritmaning ilmoki yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog‘langan bo‘ladi 
Avtomatik ravishda yoki qulda uzganda ilmok bo‘shaydi va prujina ta’sirida 
traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga etadi). Bunda Uzgichning 
har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil bo‘lgan yoylar moy 2 ni 
parchalab, uni bug‘lantiradi, 70% gacha vodorodi bo‘lgan gaz-bug‘li pufak hosil 
bo‘ladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga etadi, bu gazlarning ionsizlash 
qobiliyatini oshiradi. YOy 0,08-0,1 s vaqt o‘tgach so‘nadi. Bakning devorlarida 
muhofazalovchi izolyasion qoplamlar 9 bor. 
47-rasmda ko‘rsatilganidek, Uzgichning bakiga moy to‘la quyilmay, balki 
qopqoq tagida havo yostig‘i qoldiriladi. Bu yoyni so‘ndirish jarayonida hosil 
bo‘ladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan Uzgich qopqog‘iga beriladigan 
kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak. 
47-rasm. Moyli-bakli Uzgichning 
kesimi: 1-po‘lat bak; 2-moy; 3-
qopqoq; 4-o‘tuvchi prujina; 5- 
uzuvchi prujina; 6-¢chirgich vali; 
7-qo‘zg‘almas 
kontakt; 
8-
qo‘zg‘aluvchi 
kontaktlar 
(traversa); 9-bak devorlarining 
izolyasiyasi. 


Agar moy sathi keragidan ancha past bo‘lsa, u holda gazlar qopqoq tagiga 
kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga 
olib keladi. 
Ko‘rib chiqilgan Uzgichda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma 
bo‘lmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi 
Uzgichlar 6-10 kV li (VMB-10, VME-6, VME-10, VS-10) qurilmalarda 
qo‘llaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli Uzgichlar tomonidan siqib 
chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli 
moyli Uzgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham etarli 
darajada keng qo‘llanilmoqda. Ko‘rib chiqilgan oddiy Uzgichlarga nisbatan ular 
maxsus qurilmalar o‘chirish kameralariga ega. 
Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish 
mumkin: 
avtopuflagichli
, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi 
va yuqori bosim hosil bo‘lishiga yoyda ajraladigan energiya sabab bo‘ladi; 
moyni majburiy puflash yo‘li bilan
— bularda ajrash joyiga moy maxsus 
gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi; 
magnit yordamida moyda so‘ndirish
, bularda yoy magnit maydon ta’sirida 
tor kanal va tirqishlarga yo‘naltiriladi. 
Avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy 
hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha 
katta bo‘lsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning 
bosimi uncha katta bo‘lmasligi mumkin, shu sababli puflash etarli bo‘lmay, yoyni 
so‘ndirish cho‘ziladi. SHunga ko‘ra avtopuflashli ba’zi so‘ndiruvchi qurilmalar 
kichik toklarning so‘nishini ta’minlaydigan qo‘shimcha moyni majburiy puflash 
bilan to‘ldirilgan. 
Qattiq kameralar ko‘rinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori 
kuchlanish kirishining tok o‘tkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi. 
Ayrim Uzgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga 
mahkamlanadi. Kamerada Uzgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir 
nechta uzilishlar bo‘lishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, uzilish 
shuncha ko‘p talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil 
taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy 
uzilishlarda yoy so‘ngandan so‘ng, shuntlovchi qarshiliklardan o‘tayottan tok, 
odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda so‘ndiriladi. 
Yoy so‘ndiruvchi qurilmalarda izolyasiyalovchi plastinkalar va chiqish 
teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar 
harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar ko‘ndalang, 
bo‘ylama va qarama-qarshi ko‘ndalang puflovchi kameralarga bo‘linadi. 
Bakli Uzgichlarda qizdiruvchi qurilma xam ko‘zda tutilgan bo‘lib, u havo 
haroratlari past bo‘lganda (-15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi 
ortganda Uzgichning qo‘zg‘aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik 
maqsadida shunday qilinadi. 


Bakli Uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta bo‘lishidir. 
Bakli 
Uzgichlarning 
ulash 
vaqtini 
kamaytirish 
uchun 
pnevmatik 
va 
pnevmogidravlik yuritmalar qo‘llaniladi. 

Download 265,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish